O bobojonov k. Jumaniyozov
O’stirishda va boquvdagi xayvonlar hisobi tashkil qilish xusuiyati
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
3.6. O’stirishda va boquvdagi xayvonlar hisobi tashkil qilish xusuiyati
Qishloq xo’jaligida xozirgi davrdagi agrosanoat kompleksining asosiy tarmoqlaridan biri chorvachilik hisoblanib u aholini oziq-ovqat mahsulotlari – sut, go’sht, tuxum va hokazo bilan va sanoatni xom ashyo – go’sht, go’sht mahsulotlarini tayyorlash uchun, sut, pishloq, suzma, qaymoq, yog’ tayyorlash uchun jun, teri va boshqa xom-ashyolarning turlari bilan ta’minlaydi. Demak, ushbu tarmoqning ravnaqi va rivojlanishi agrosanoat kompleksining rivojlanishiga, yangi tarmoqlar va oziq-ovqat sanoatining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi. Ushbu tarmoqning asosiy bo’linmalaridan biri o’stirishga va boquvga quyilgan hayvonlar guruhidir. Ushbu faoliyatda yosh hayvonlar o’stiriladi va mahsuldor hayvonlar, buqalar darajasiga etkaziladi. Ushbu faoliyat natijasi asosiy podani ta’mirlash (qarigan sigir va buqalarni almashtirish) va podaning bosh sonini ko’paytirish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, yosh xayvonlar voyaga etkazilgandan keyin ularning bir qismi sub’ektning o’zida go’sht uchun suyladi, chetga sotiladi va tuzilgan shartnomaga asosan go’sht kombinatiga kelishilgan bahoda sotiladi. Faoliyatning ikkinchi qismida esa asosiy podadan chiqarilgan (vibrakovka) mahsulot berishdan to’xtagan (qarigan) hayvonlar boquvga kuyilib semirtiriladi va keyinchalik so’yiladi, sotiladi va tuzilgan shartnomaga asosan kelishilgan bahoda go’sht kombinatlariga topshiriladi. Кeyingi vaqtlarda, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pchilik korporasiya, xolding kompaniyalari va yirik firmalar o’zlarining xodimlarini imkoniyati boricha ijtimoiy himoya qilish maqsadida firmalarning qoshida yordamchi xo’jaliklar tashkil qiladilar. Ularning 117 asosiy faoliyatlari dexkonchilik, chorvachilik va ushbu tarmoqlarning mahsulotlarini qayta ishlashga mo’ljallangan kichik-kichik oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil qilayaptilar. Ular o’z faoliyatini asosan xodimlarni arzon bahoda zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari- meva, sabzavot, poliz, go’sht, sut, tuxum, konserva va hokazo mahsulotlar bilan ta’minlashga bag’ishlaydilar. Natijada ushbu tarmoqdagi buzoqlar, katta yoshdagi hayvonlar, asosiy podadan olingan hayvonlarni boqishga qo’yish, sotib berish uchun aholidan olingan parrandalar, quyonlar, asalari oilalari va hayvonlarning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish uchun 1110- «o’stirishda va boquvdagi xayvonlar» schyoti qo’llaniladi. Ushbu hayvonlarni asrash va boqish sarflari esa qishloq xo’jaligida 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» (xayvonlarning guruhi bo’yicha), boshqa tarmoqlarda esa (sanoat, savdo, transport) 2310- "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu tarmoqlarda o’stirishga va boquvga quyilgan hayvonlarning guruhi quyidagi yo’llar bilan ko’payadi: asosiy podadan buzoqlar, qulunlar va hokazolarni olish natijasida tuzilgan qabul qilish dalolatnomasiga asosan debet 1110 schyot va kredit 2010 (2310) schyotlari. asosiy podadagi maxsuldor xayvonlarni hisobdan chiqarish natijasida. Brakka chiqarish dalolatnomasiga asosan debet 1110 kredit 9210 schyotlari. yosh hayvonlar va katta yoshdagi xayvonlarni o’stirish va boquvga qo’yish uchun sotib olish natijasida. Schyot-faktura yoki yuk xatiga asosan debet 1110 kredit 6010 yoki debet 1110 kredit 1510 (agarda hisob- siyosatiga muvofiq 1510 schyot qo’llanilsa) schyotlari. har oyning oxirida boquvga qo’yilgan katta yoshdagi xayvonlarning va o’stirishga qo’yilgan yosh hayvonlarning o’sgan yoki ortgan vaznining qiymati rejada belgilangan tannarxda, tegishli 1110 schyotning debetiga, tegishli bog’lanuvchi schyotlar, 2010 schyotining kreditidan o’tkaziladi. Yilning oxirida ushbu qabul qilingan hayvonlarning o’sgan vaznining rejadagi tannarxi haqiqiy tannarxga etkaziladi. Agarda xaqiqiy tannarx reja tannarxidan ko’p bo’lsa ushbu schyotlarga qo’shimcha yozuvlar qilinadi, agarda haqiqiy tannarx reja tannarxidan kam bo’lsa (tejalgan) ushbu summa tegishli schyotlardan chegiriladi (oddiy o’tkazish «-» belgisi bilan). Yosh hayvonlar, g’unajinlardan buzoq olingan vaqtidan boshlab «Xayvonlarni guruhdan guruhga o’tkazish dalolatnomasi»ga asosan asosiy podaga o’tkaziladi. Ushbu muomala 0840-«Asosiy podani tashkil qilish» 118 schyotining debeti va 1110 schyotining kreditida, bir vaqtning o’zida 0170- «Ishchi xayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor hayvonlar» schyotining debetida va 0840- «Asosiy podani tashkil qilish» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu guruhdagi xayvonlarning sotilishi, so’yilishi yoki ehson qilinishi natijasida hisobdan chiqarilishi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqibi ketishi» schyotining debeti va 1110-schyotining kreditida shartnomada kelishilgan summada aks ettiriladi. Agarda mahsuldor hayvonlar tegishli dalolatnomaga asosan brakka chiqarilib, lekin boquvga qo’yilmay sotilsa ushbu muomala shartnomada belgilangan summada 9210- «Asosiy vositalarning chiqibi ketishi » schyotining debetiga va 0170- «Ishchi hayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor hayvonlar» schyotlarining kreditidan qabul qilinadi. Mabodo o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar xarom o’lsa yoki majburiy so’yilsa ularning qiymati 9220 schyotning debetida va 1110 schyotning kreditida qayd qilinib, olingan mahsulotlar yoki yordamchi mahsulotlar tegishli 2800-«Tayyor mahsulotlar» schyotlarining debetida iste’mol qilish yoki sotish bahosida qayd qilinadi. Ushbu xayvonlar tabiiy ofatlar- yoki epizootiya natijasida nobud bo’lsa ularning qiymati sub’ektning zarariga olib boriladi, debet 9720- «Favqulodda zararalar» schyotining debetiga 1110 schyotning kreditidan. 1110- «О’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» schyoti bo’yicha analitik hisob hayvonlarning manzili, turlari, guruhlari bo’yicha yuritiladi. O’stirishdagi va boquvdagi xayvonlarning harakati bilan bog’liq muomalalarni schyotlarda qayd qilishning chizmasi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling