O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birja
- Birlamchi hisob
- Birlamchi xujjatlar
Bank emitent - muomalaga pul belgilari, qimmatbaho qog’ozlar,
to’lov hisob-kitob xujjatlarini chiqaruvchi bank. Barter - pul emas, balki tovar ko’rinishida bo’lgan o’zaro xo’jalik munosabatlari. Baho - tovar qiymatining puldagi ko’rinishi. Baho zamirida tovar qiymati ya’ni uni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy xarajat yotadi. Ammo bu, xar bir alohida tovarning bahosi uning qiymatiga teng bo’ladi degani emas. Bahosi qiymatdan farq qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho tovar uchun talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi. Birja - bozorning tashqiliy shakli bo’lib, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta va ishchilarning erkin savdosi amalga oshiriladi. Birja bahosi - birja savdosi orkali sotilayotgan tovarlar bahosi bo’lib, tegishli tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai hisoblanadi. Birlamchi hisob - hisob jarayonining boshlang’ich bosqichi, xo’jalik jarayonining (ma’lumotlari) qo’rsatkichlari o’lchanadi, aniqlanadi va xujjatlarda aks ettiriladi. Birlamchi hisob sintetik va analitik schetning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham birlamchi hisobning o’z vaqtida va aniq bo’lishi hisob qo’rsatkichlari sifatiga va ularning korxona xo’jalik- moliyaviy faoliyatini boshqarish va nazoratidagi ahamiyatiga ta’sir etadi. Birlamchi xujjatlar - buxgalteriya xujjatlari bo’lib, xo’jalik jarayoni sodir bo’lgan vaqtda to’ziladi va ular sodir etilganligi haqida birlamchi guvoxnoma hisoblanadi. 436 Blanka (fr. Blanc-varakalar) - zaruriy belgilari mavjud bo’lgan bosma ko’rinishidagi xujjat shakli. Blankalardan buxgalteriya xujjatlarini tuldirishda foydalaniladi. Bunda bosma ko’rinishidagi namunada yoki kul yozuvida xujjatlar tuldiriladi. Blankalardan foydalanish xujjatlarni tuldirishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, ularni yagona ko’rinishiga olib keladi. Ma’lum bir blankalar isrof qilinishining, oldini olish maqsadida kat’iy hisobga olinadi va xar biriga tartib raqamlari quyib chiqiladi. Masalan, kassa kitobi, bosh kitob shunday blankalardan hisoblanadi. Brutto (ital. brutto-ko’pol) - tovarlarning idishi yoki urovi bilan birgalikdagi og’irligi. Tovarlarning bunday og’irligi ba’zi xollarda zarur bo’lsada, lekin tovarning sof og’irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. Buning uchun tovarning sof og’irligi (netto)ni aniqlash lozim. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling