topadigan korxonadir. Aksiyalarni chiqarish
va sotish orkali individual
(yakka) kapitallar birlashadi. AJ foydasi uni qatnashchilari o’rtasida olgan
aksiyalarining summalariga mos ravishda taksimlanadi. AJ nizom asosida
tashqil topadi va faoliyat yuritadi, davlat ro’yxatidan o’tganidan boshlab
esa, yuridik shaxs xuquqiga ega bo’ladi.
Analitik hisob - ma’lum bir qo’rsatkich, mablag’, jarayon natijasida
sodir bo’lgan xodisalarni maydalab, aloxida pul, kerak bo’lgan xollarda
esa, boshqa o’lchov birliklari ko’rinishida hisobga olib borish.
Arbitraj (fr. arbitrage) - tomonlarning arbitrga murojaati bilan
kelishmovchilikni xal qilish yo’li. Arbitraj xo’jalik hisobidagi shartnoma
va reja, intizom va koidalarni mustaxkamlash imkonini beradi. Arbitraj
davlat, xususiy,
jamoa va aksiyador, qushma korxonalar,
tashkilot va
muassasalar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni xal etib beradi.
Asosiy vositalar - ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga taalluqli
mehnat vositalari (binolar, imoratlar, mashinalar, dastgoxlar va x.k.)
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati - asosiy vositaning
xo’jalikka qabul qilingandagi qiymati. Bu qiymat
asosiy vositani sotib
olish yuzasidan haqiqiy xarajat summasi, ya’ni
ularni xarid qilish,
keltirish, o’rnatish, umuman, foydalanish xolatiga keltirish bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlar yig’indisi va bino, imorat hamda qurilmalarni xo’jalik
usulida qurish xarajatlari bo’yicha aniqlanadi.
Asosiy vositalarning eskirishi - assosiy vositalar boshlang’ich
qiymatining ishlab chiqarish jarayonida (jismoniy) eskirishi yoki asosiy
vositaning texnologik eskirishi va mehnat unumdorligi o’sishi natijasida
ular qiymatining pasayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: