O bobojonov k. Jumaniyozov
Pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining tavsifi
Download 1,89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul ekivalentlari
- Overdraft
2.2. Pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining tavsifi.
Pul mablag’lari – bu majburiyatlarni zudlik bilan to’lash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan turdagi mablag’larni o’z ichiga oladi. Pul mablag’lariga moliyaviy muassasalardagi joriy schyotdagi qoldiqlar, naqd kupyuralar, tangalar, valyutalar, kichik kassaning naqd pullari va moliyaviy muassasalar tomonidan muddatli depozitlar va muomaladan chiqarish uchun qabul qilingan, sub’ektning kassasidagi konkret o’tkazib beriladigan pul xujjatlaridir (depozit schyotlar ham pul mablag’lari sifatida ko’riladi. Bu o’tkaziladigan pul xujjatlariga oddiy cheklar, kassaning orderlari, mijozlarning cheklari, pul o’tkazmalari va boshqa hisoblashish vositalari kiradi. Balansning «Pul mablag’lari» moddasidagi qoldiq pul mablag’lari schyotlariga kiradigan barcha turdagi mablag’larni aks ettiradi. Pul ekivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari (xazina veksellari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatda qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi. Overdraft – bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va aktiv schyotlardagi mavjud bo’lgan debet qoldiqdan yuqori bo’lmagan summadagi to’lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldiqdir. Pul mablag’larining ichki nazorati. 38 Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan siyosat va tadbirlardir: aktivlarni himoya qilish; sub’ektning moliyaviy siyosatiga mosligini ta’minlash; buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ko’rsatkichlarning ishonchliligini ta’minlash. Pul mablag’lari va likvidli aktivlar ustidan o’rnatilgan qattiq ichki nazorat tizimi, pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarining amalga oshirilgan baholanishi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun aniq va ishonchli bo’lib hisoblanadi. Pul mablag’lari ustidan o’rnatilgan ichki nazorat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: pul mablag’larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish; naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish; kassada faqat zarur bo’lgan naqd pulning qoldig’ini saqlash; kassadagi naqd pul qoldig’ining doimiy tekshiruv hisoblarini amalga oshirish; daromad keltirmaydigan pul mablag’larining qaytarilishini ta’minlash; pul mablag’larini jismoniy nazorat qilish (vaqti vaqti bilan kassadagi naqd pullarni inventarizasiya usuli yordamida tekshirib turish). Pul mablag’larining kelib tushishini nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.Hamma sub’ektlarda pul mablag’larining tushishishining ko’p manbalari va har xil nazorat muomalalari mavjud. Amalda quyidagi muomalalar ko’proq ishlatiladi: pul mablag’larini to’lash, naqd pulga amalga oshiriladigan muomalalarni aks ettirish va kassadagi qoldiqlarni taqqoslash bo’yicha majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib o’g’irlikni qalbaki xujjatlar bilan berkitish va o’g’irlik tavakkalchiligini kamaytiradi; pul mablag’larining bankdagi schyotlarga tushishidan boshlab, doimiy va to’xtovsiz pul olish uchun har bir alohida xodimga majburiyatni belgilash. Bu nazorat o’z navbatida quyidagilarni talab etadi: a) kechiktirilmagan hisoblashishlar, ya’ni hisoblashishlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish; b) kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini o’z vaqtida amalga oshirish; v) olingan barcha pul mablag’larini o’z vaqtida deponentlash, ya’ni tegishli maqsadlar yoki majburiyatlarga yo’naltirish. 39 Pul mablag’larining boshqaruv funksiyasini bajarish bo’yicha to’xtovsiz nazoratni ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va kassadagi naqd pulning kutilmagan hisobi, ichki taftish va kundalik olingan pul mablag’lari, to’lovlar va qoldiqning kundalik hisobotini o’z ichiga oladi. Pul mablag’larining sarfini nazorat qilish tartibi quyidagilardir. Кo’pchilik kompaniya va firmalar juda ko’p remitentlarga pul to’laydilar. Pul mablag’larini nazorat qilish tizimi har bir kompaniya va firma uchun ayrim ishlab chiqarilsa ham quyidagi qoidalar ko’p hollarda umumiy holda qo’llaniladi: pul mablag’larining xarajatlari haqidagi xujjatlarni yuritish bo’yicha cheklarni yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish bo’yicha majburiyatlarni taqsimlab berish; xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan tashqari (kichik kassalar), oldindan raqamlangan cheklar bilan rasmiylashtirish (xarajat orderlari bilan); agar kichik kassaning schyotlari qo’llanilsa, ulardan foydalanish bo’yicha huquqlarni nazorat qilish zarur; xarajatni tasdiqlovchi zarur xujjatlar mavjud bo’lsagina kassaning chiqim orderlarini yozish; pul mablag’larini ro’yxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat qilish, ya’ni kassaning kirim va chiqim daftarini o’z vaqtida va to’g’ri yuritish. Download 1,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling