O bobojonov k. Jumaniyozov


 Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob siyosatining o’rni va


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

1.6. Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob siyosatining o’rni va 
ahamiyati.
Кeyingi paytlarda buxgalteriya hisobi va hisobot tizimida katta 
o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bunda ayniqsa 1992 yil bozor iqtisodiyoti 
hamda xalqaro talablarga javob beradigan hisob tizimini yaratishda muhim 
sana bo’lib qoldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi buxgalteriya hisobini 
takomillashtirishning asosiy xususiyati shundaki, davlat tomonidan hisob 
ishlarini tashkil qilishga doir xujjatlarda buxgalteriya ishlarini uyush-
tirishning asosiy uslubiy prinsiplari bilan birgalikda sub’ektga hisob 
yuritishda u yoki bu siyosatni, buxgalteriya hisobining shaklini, hisob 
axborotini ishlash texnologiyasini, buxgalteriya ishlarini tashkil qilish 
usullarini tanlash xuquqlari berilgan. Shu munosabat bilan keyingi yillarda 
vatanimizdagi hisob nazariyasi va amaliyotida sub’ektning hisob siyosati 
degan tushuncha paydo bo’lib, u zamonaviy sharoitdagi buxgalteriya 
hisobining rivojlanish yo’nalishini aks ettiradi.
1.7. Hisob siyosatining uslubiy asoslari va uni qo’llash tartibi.
Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish sub’ektning 
mablag’larini hisobot yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig’indisi 
deb ta’riflash mumkin. 
Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy 
tuzilishdagi va tarmoqqa tegishli sub’ektlar quyidagi sohalar bo’yicha o’zining 
hisob siyosatini tanlab olishi mumkin:

asosiy vositalarning amortizasiyasini hisoblash;

asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish;
33



materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish;

moddiy aylanma mablag’larining hisobini tashkil qilish va 
baholash;

ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;

materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, 
jo’natilgan tovarlarni baholash;

ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni hisobda aks ettirish;

mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizasiyasini hisobga olish;

shubhali qarzlar bo’yicha har xil Rеzеrv (rezerv)larni 
yaratish;

sof foyda hisobidan har xil jamg’armalarni hosil qilish va 
boshqa masalalar bo’yicha.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi 
Qonuniga ko’ra buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi korxona, 
muassasa va tashkilotlarning rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda 
sub’ektning rahbariga quyidagi huquqlar beriladi:

bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya xizmat sohasini yaratish;

shartnoma asosida taklif qilingan mutaxassis bilan buxgalteriya 
hisobini yuritish, shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga 
topshirish yoki buxgalteriya hisobining sub’ektiga kiradigan xo’jalik 
birlashmasining markazlashtirilgan buxgalteriyasi bo’limining xizmatidan 
foydalanish; 

buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Shu bilan birga sub’ektning rahbariga quyidagilarni ta’minlash 
majburiyatlari yuklatilgan:

ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;

xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi;

buxgalteriya hisobining to’liqligi va ishonchliligi;

hisob xujjatlarining saqlanishini;

tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish;

soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy xujjatlarni tayyorlab berish;

hisoblashishlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi.
Sub’ektda pul mablag’larini, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni 
qabul qilish uchun asos bo’lib hisoblangan xujjatlar, korxona, muassasa va 
tashkilotning kredit va hisoblashish majburiyatlari va shuningdek 
buxgalteriya hisoboti va balansi rahbar yoki uning xohishi bilan 
belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
34


Sub’ektning rahbari xujjatlarga o’z imzolarini qo’yadigan ikki 
ro’yxatni belgilab tasdiqlaydi. Birinchi ro’yxatga rahbarlik funksiyalarini 
bajaruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa – buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi.
Ikkinchi ro’yxatdagi shaxslarning imzosisiz xujjatlar haqiqiy 
hisoblanmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir korxona, tashkilot yoki firma 
farmon, nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o’zi 
belgilaydi va sub’ektning rahbariyati yoki mulk egasining buyrug’iga 
muvofiq amalga oshriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil 
qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish va 
buxgalteriya hisobini yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi.
Yuqoridagi umumiy ko’rinishga muvofiq korxona va firmalarda 
buxgalteriya apparati quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
Bosh buxgalter va uning o’rinbosarlari
Mehnat va unga haq to’lash guruhi
Moddiy resurslarni hisobga olish guruhi
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish guruhi
Tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish guruhi
Hisoblashish muomalalarini hisobga olish guruhi
Soliq, ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini hisobga olish 
guruhi
Axborotlarni mashinalarda hisoblash guruhi
Yig’ma – tahlil guruhi

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling