solishtirish mumkin bo’lishligini ta’minlashni talab qiladi. Bundan tashqari,
ushbu sub’ektda qo’llaniladigan buxgalteriya
hisobining usullarini iloji
boricha uzoq muddatda, o’zgartirilmasdan,
saqlab qolish maqsadga
muvofiqdir.
Chunki buning vositasida bir necha hisobot davridagi sub’ektning
faoliyatiga doir ma’lumotlarini solishtirish imkoniga ega bo’linadi.
Moliyaviy hisobotning xolisligi
( neytralligi
) . Neytrallik –
moliviy
hisobot undan foydalanuvchilarning bir guruhining manfaatini ko’zlab
ikkinchi guruhning zarariga xizmat qilmaydi.
Hisobot davridagi daromad va xarajatlarning bir biroviga to’g’riligi.
Bu prinsip mazkur hisobot davrining daromadlarini olish imkonini
yaratgan xarajatlargina aks ettirilishi lozimligini anglatadi.
Agar ayrim
daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni aniqlash qiyin
bo’lsa, unda xarajatlar bir necha hisobot davrlari o’rtasida biror shartli
taqsimlash usuli yordamida taqsimlanadi. Bunga misol tariqasida bir necha
yillarga taqsimlanadigan amortizasiyalanadigan
xarajatlarni keltirish
mumkin. Bunga shuningdek kelgusi davr xarajatlarini aks ettirish
masalasini ham misol sifatida keltirish mumkin.
Chunki kelgusi davr
xarajatlari ham qaysi davrda daromad keltirsa, o’sha davrning
hisobiga
o’tkaziladi. Umuman olganda bu masala ancha murakkab bo’lib,
ko’pincha bu xarajatlarning qaysi davrga taalluqligini aniqlash ma’quldir.
Do'stlaringiz bilan baham: