O bobojonov k. Jumaniyozov
Aktiv va majburiyatlarni baholashning haqiqiyligi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Aktiv va majburiyatlarni baholashning haqiqiyligi. Bu prinsipning
mohiyati shundaki, aktiv va passivlarni baholash ularning sotib olish tannarxiga asoslanadi, ya’ni dastlab sub’ektga keltirish necha pulga tushgan bo’lsa shu qiymatda baholanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sub’ektlarning soliq to’lash qoidalariga rioya qilishi soliq nazorati tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. Hisobotni tuzish qoidalariga rioya qilinishi esa mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiriladi. Bu tashkilotlar hisobotni tekshirib bo’lgandan keyin tashqi foydalanuvchilarga topshirilgan hisobotlarning to’g’ri ekanligini yozma tasdiqlab beradilar. Sub’ektning investorlari, odatda, buxgalteriya hisobining ichki schyotlaridan foydalanish huquqiga ega emaslar. Shuning uchun ham bunday auditorlik nazorati tashqi foydalanuvchilarga zarurdir. Shuning uchun kapitalni investisiya qilish ob’ektlariga jamiyatning ishonchini ta’minlovchi auditorlik tizimining mav- judligi bozor mexanizmining muhim omillaridir va shartlaridan biri hisoblanadi. Audit tizimi soliq inspeksiyasidan katta farq qiladi. Chunki uning vazifasi soliqlar va byudjetga boshqa ajratmalar bo’yicha hisoblashishning to’g’ri ekanligini tekshirishdan iborat bo’libgina qolmay 32 sub’ekt tomonidan topshirilgan hisobotlardagi ma’lumotlarning to’g’ri ekanligini isbotlash yo’li bilan mablag’ qo’yuvchilar (investorlar) va kredi- torlarning manfaatini himoya qilishdan ham iboratdir. Shuning uchun barcha bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda audit tizimini takomillashti- rish, uning ishonchliligini va muhimligini oshirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Albatta, auditorlik tizimi sub’ektning hisobotidagi ma’lumotlarning to’g’ri ekanligi to’g’risida to’la kafolat bo’la olmaydi va buning uchun javobgarlik faqat tashqi auditga emas, sub’ektning rahbariyatiga ham yuklanadi. Lekin auditorlik tizimi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim tizimlardan hisoblanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling