O bobojonov k. Jumaniyozov
O.Babajanov, K.Jumaniyazov, Kh.Akhmedov, A.Turkmanov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- The Reviewers
O.Babajanov, K.Jumaniyazov, Kh.Akhmedov, A.Turkmanov.
The Financial account. – Tashkent 2011. 463 page. In condition of market economies for realization financial and economic activity enterprise, join-stock companies and the other subject regardless of the property categories, necessary to formulate its account politician and organization of the accounting on base international and national standard. The Development to commercial activity and reinforcement to competitiveness subject requires the deep study of the laws and standard on accounting. In book lit in correspondence to acting laws, positions, standard and instruction order to organizations and conduct of the accounting on enterprise, company, join- stock companies and physical persons, payment on payment of the labour, account long-term asset, goods-material spare. In process of the writing the book is broadly used methodologies of the accounting the developed countries, recommendations UNO, international and national standards of the accounting the Republic Uzbekistan. It Is Recommended as scholastic allowance for student of the economic professions of the high educational institutions, teacher, graduate student, listener centre on preparation and refresher course accountant, auditor, tax workman and economist. The given manual is developed at a personal scientific management of the professor of O.Babajanov and now, with additions and changes is finished by coauthors. Accordingly, it doesn't grant the right to coauthors in the future in full or in part to use and as to duplicate on its own behalf given manual and the data resulted in it. The Reviewers: Z.T.Mamatov – PhD, the professor of chair "Accounting" TFI. A.T.Mahkambaev – PhD, the senior lecturer of chair "Accounting" TSEU. 4 КIRISH Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kеlinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta'minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirishda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Prеzidеntimiz ta'kidlab o’tganlaridеk, «2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sеktori ulushiga to’g’ri kеlgan bo’lsa, 2010 yilda bu ko’rsatkich 52,5 foizni tashkil etdi. 2010 yilda sanoat ishlab chiqarish tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulotning ulushi 50 foizdan ziyodni tashkil etdi» 1 . Shu bilan birga, mamlakatimizda 2011 yilni “Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik yili” dеb e'lon qilinishi ushbu soha vakillariga kеng imkoniyatlar yaratib bеrish orqali iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlashdir. Kichik biznеs sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar qatoriga buxgaltеriya hisobi tizimidagi o’zgarishlar ham o’zining ijobiy ta'sirini ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilish va yuritish O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibini, hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) va «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya- xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» asosida 1 Barcha rеja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prеzidеnt Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. (“Xalq so’zi” 2011 yil 22 yanvar, № 16 (5183)) 5 amalga oshiriladi. Ushbu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilish va olib borishning umumiy tartiblarini belgilaydi. Buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy va yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash va ularga taqdim qilish maqsadida amalga oshiriladigan uzluksiz va o’zaro bog’liq kuzatishlar, o’lchovlar, ro’yxatga olish, ma’lumotlarni qaytadan ishlab chiqish va korxonalar, birlashmalar va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish tizimidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo’lgan sub’ektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish va ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo’ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi. Barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlarini buxgalteriya hisobida qayd etib borishlari va moliyaviy hisobotlarni tuzishlari, bu ma’lumotlarni ichki va tashqi iste’molchilar (rahbariyat, investorlar, aksiyadorlar, soliq organlari, banklar)ga taqdim qilishlari shart. Xo’jalik muomalalarining joriy hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasiga asoslangan holda yuritiladi. Schyotlar buxgalteriya hisobi usulining asosiy elementlaridan bir bo’lib, buxgalteriya hisobi ob’ektini iqtisodiy nuqtai nazardan guruhlashda qo’llaniladigan moddiy va pul vositalarining harakatini xamda xo’jalik muomalalarini amalga oshirish davrida ularning holati va tashkil topish manbalarini ko’rsatishdir. O’zbekiston Respublikasining asta-sekinlik bilan jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg’unlashuvi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda keng imkoniyatlar tug’ilishi, milliy hisob va hisobotni maksimal darajada oydinlashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Xalqaro standartlar (IAS va GAAP) talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladigan buxgalteriya hisobi va hisobotining soddalashtirilgan (unifikasiyalashtirilgan) tizimi sub’ektning ko’rsatayotgan faoliyati va iqtisodiy ahvoli to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga yordam beradi, bu esa, o’z navbatida, buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarining barcha foydalanuvchilarga, jumladan, chet el sarmoyachilariga qulayligini oshiradi. Buxgalteriya hisobiga milliy standartlarning joriy etilishi asosan buxgalteriya hisobining eng muhim qoidalari va tamoyillarini izohlab 6 berish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarini bayon qilish va uni O’zbekiston Respublikasida mulkchilik shakllarining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda qo’llash zaruriyatidan kelib chiqqandir. Muqaddam qabul qilingan buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan turli xildagi moliya- xo’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishni tartiblashtirish maqsadida ishlab chiqilgan edi. («Hisobga olish va moliyaviy hisobot» – 1-sonli BHMS, «Inventarizasiya qilishni tashkil qilish va o’tkazish» – 19- sonli BHMS). «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartining ishlab chiqilishi buxgalteriya hisobi sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo’ldi. 2002 yil 9 sentyabrda Moliya vazirligining 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan ushbu standart O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq va buxgalteriya hisobining xalqaro (IAS) va Amerika milliy (GAAP) standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini olib boradigan va takomillashtirilgan schyotlar rejasini o’zida mujassamlashtirgandir. Mazkur schyotlar rejasi xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosatida ko’rsatilishi zarur bo’lgan xo’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi yuritiladigan schyotlarning yig’indisidan iborat. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish jarayonida schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma, har bir hisobning qo’llanish sohasi, buxgalteriya hisobini olib borish tamoyillariga asoslangan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalarini schyotlarda qayd qilish tartibini va buxgalteriya hisobi bo’yicha amalda qo’llanib kelinayotgan hujjatlarni belgilaydi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobini yurituvchi va ushbu yo’riqnomada ko’zda tutilgan (byudjet hisobidagi muassasalar va banklardan tashqari), barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mazkur standartlarni qo’llash sohasi hisoblanadi. 2002 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan yangi schyotlar rejasining eskisidan farq qiluvchi asosiy xususiyati shundaki, yangi rejaga sarmoya, majburiyatlar, lizing, olinadigan schyotlar va boshqa muomalalarni hisobga 7 olishni muqobillashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti yoki uning bu ob’ektga taalluqliligidan kelib chiquvchi har bir schyot aniqlashtirilgan va maxsus schyotlar kiritilgan. Bozor munosabatlariga o’tishning dolzarb talablariga javob beruvchi ushbu schyotlar rejasini qo’llash buxgalterlar ishini soddalashtirishga, buxgalteriya hisobini yuritishni maksimal darajada muqobillashtirishga, moliyaviy hisobot tuzishda sub’ekt faoliyatiga doir ma’lumotlarni aniqroq ko’rsatishga, buxgalteriya hisobining yanada tushunarli va qulay bo’lishiga yordam beradi. Buxgalteriya hisobi va hisobot tizimi bozor iqtisodiyotining muhim elementi ekanligini e’tiborga olgan holda, sub’ektlarning moliyaviy hisobotini shakllantirish, taqdim etish va nashr qilish qoidalari va yo’nalishlarini muvofiqlashtirish mulk egasi va sarmoyachilarning manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi va moliyaviy hisobotni tuzishda, xo’jalik aloqalarini amalga oshirishda sub’ektning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonchli, xolisona ma’lumot berilishini ta’minlaydi. Mazkur darslikning ikkinchi nashri 2003 yilda Oliy va o’rta ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Prezdetining “Ist’edod” jamg’armasi tamonidan “Yilning eng yaxshi darslik va o’quv adabiyoti” tanlovida qatnashib Oliy ta’limda mutaxassislik fanlariga oid darslik va o’quv qo’llanmalari guruhida qatnashib g’olib chiqqan. Darslikning 3-nashri Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qilingan me’yoriy xujjatlarga asosan o’zgargan va qo’shimchalar kiritilib qayta ishlab chiqilgan hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturga moslashtirilgan. 8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling