O bobojonov k. Jumaniyozov
Buxgalteriya hisobining axborotidan foydalanuvchilarning manfaati
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Buxgalteriya hisobining axborotidan foydalanuvchilarning manfaati
Foydalanuvchilar Manfaati Axborot manbalari Sub’ektning menejerlari Ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatning samaradorligini baholash. Moliyaviy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish Sub’ektning ichki hisobotlari. Sub’ektning moliyaviy hisoboti Soliq organlari Soliqqa tortish Moliyaviy hisobot Soliq deklarasiyasi. Ichki tekshi- ruvlarning ma’lumotlari Aksiyadorlar Aksiyalar qiymati kursining istiqbollarini va dividendlarni to’lash istiqbollarini baholash Moliyaviy hisobot Кreditorlar Кreditorlik qarzlarini o’zish va foizlarni to’lash uchun kerakli resurslarning mavjudligini aniqlash Moliyaviy hisobot, maxsus ma’lumotnomalar Mol etkazib beruv- Etkazib berilgan mollar Moliyaviy hisobot 18 chilar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun resurslarning mavjudligini aniqlash Xaridorlar Mahsulotga qo’yilgan narxlarning asoslanganligi Moliyaviy hisobot Statistika organlari Statistik umumlashtiruvlar Statistika hisobotlari. Moliyaviy hisobot Umuman olganda, buxgalteriya hisobi fani boshqa iqtisodiy fanlar singari jamiyatning rivojlanib borishi bilan u ham xo’jalikni boshqarishning asosiy qurollaridan biri sifatida doimo rivojlanib boradi. Buni masalan, buxgalteriya hisobining boshqa sohadagi o’zgarishlar va takomillashishini inobatga olmay turib, schyotlar rejasining o’zgarishlarida ham ko’rish mumkin. Jumladan, schyotlar rejasidagi eng katta o’zgarish 1960 yilning 1 yanvarida sodir bo’lgan. Bunda buxgalteriya hisobining sintetik schyotlarining soni ancha qisqartirilib, ularning kodi (raqami) uch raqam (000)li belgidan ikki (00) raqamli belgiga aylantirilgan. Bu esa buxgalteriya hisobini soddalashtirishdan tashqari, uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishda o’z vaqtida juda qo’l kelgan. Schyotlar rejasida keyingi qisman o’zgarishlar 1985, 1986 va 1987 yillarda yuz bergan. Bu o’zgarishlar xo’jalik mexanizmida sodir bo’lgan o’zgarishlar va takomillashtirishlar munosabati bilan yuz bergan. Schyotlar rejasining oxirgi o’zgarishi bizning Respublikamizda 2002 yil 9 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 103- sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-BHMS) «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma» (Yangi tahrirda) tasdiqlandi va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181- son bilan ro’yxatga olindi. Ushbu schyotlar rejasi 2002 yil 2 noyabrdan boshlab kuchga kirgan. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotni o’lchash, ishlash va topshirish tizimi sifatida ta’riflanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling