O bobojonov k. Jumaniyozov
Buxgalteriya hisobining axborotlaridan foydalanuvchilar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan foydalanuvchilar Ichki foydalanuvchilar Tashqi foydalanuvchilar
1.3. Buxgalteriya hisobining axborotlaridan foydalanuvchilar.
Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan hayotda juda keng miqyosda foydalaniladi. Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruhga bo’lish mumkin: 1) sub’ektning boshqaruvchilari; 2) sub’ektdan tashqarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo’lganlar; 3) sub’ektning moliyaviy xo’jalik faoliyatidan to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy qiziqishda bo’lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning solishtirma tarzi quyidagicha shaklga ega. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan foydalanuvchilar Ichki foydalanuvchilar Tashqi foydalanuvchilar Boshqaruv xodimlari Aksiyadorlar va boshqa mulk egalari. Кreditorlar. Mol etkazib beruvchilar. Xaridorlar va buyurtmachilar. Hukumat: soliq organlari. Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar). Statistika organlari. Boshqa davlat organlari. Sub’ektning boshqaruvchilarini odatda ma’muriyat deb nomlashadi. Ma’muriyat korxona yoki tashkilotning faoliyatini boshqarish va uning oldida turgan maqsadlariga erishish uchun to’la javob beradigan shaxslar guruhiga aytiladi. Sub’ektning maqsadlari, kuchi turli-tuman bo’lishi mumkin, lekin raqobatchilikning juda qiyin bo’lgan sharoitlarida kompaniyaning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligi ma’muriyatdan barcha kuchni ikkita eng muhim bo’lgan maqsadga, ya’ni foydalilik (rentabellik) 16 va likvidlikni ta’minlashga qaratilishini talab qiladi. Foydalilik investisiya qilinadigan kapitalni ishga jalb qilish va ushlab qolish uchun zarur bo’lgan foydani etarli darajada ishlab topish qobiliyatini anglatadi. Likvidlik esa korxona yoki tashkilotlarning o’z qarzlarini to’lay olish yoki boshqa majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish imkoniyatlarini anglatadi. Bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) moliyaviy manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar investorlar haqiqiy investorga aylanadigan hozirgi paytda va kelgusida shaxs va tashkilotlardan iborat bo’lib, ular sub’ektning moliya hisobotlarini tahlil qilib, kompaniyaning «Кelgusidagi moliyaviy istiqbollari qanday, unga mablag’larni qo’yishga arziydimi yoki yo’qmiq» kabi savollarni echishga harakat qiladilar. Кreditorlar sub’ektning foizlarini to’lashga va o’z vaqtida qarzlarini uzishga etarli mablag’larining borligini aniqlashga harakat qiladilar. Egri (bilvosita) moliyaviy manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar har xil davlat xizmatchilari va jamoat guruhlaridan iborat bo’lib, ular so’nggi paytda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foylanuvchilarni tashkil qilmoqda. Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko’rsatkichlar qiziqtiradi: 1. Sub’ektning aktivlari va passivlarining tarkibi; 2. Sub’ektning likvidligi; 3. O’zining va jalb qilingan kapitalning hissasi; 4. Aktivlarning aylanish tezligi; 5. Barcha aktivlar va realizasiya qilingan mahsulotning rentabellik darajasi; 6. Sub’ektning ixtiyorida qoladigan sof foyda; 7. To’langan dividendlarning hissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi bo’lsa). Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan birida buxgalteriya hisobi va hisobotning ma’lumotlari undan foydalanuvchilarning talablariga moslangan va tushunarli bo’lishligi, agar ular ma’lumotlarni tushuna olmasalar buxgalteriya xodimlari og’zaki yoki xat bilan tushuntirib berishlari lozimligi ta’kidlangan. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi munosabati bilan unga xos bo’lgan yangi iqtisodiy tushunchalar, mulkchilikning yangi turlari va ilgari bizga tanish bo’lmagan yangi iqtisodiy hodisalar hayotimizga kirib keldi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mulkchilikning yangi turlari bo’lgan xususiy, shaxsiy, jamoa, aksiyadorlik, shirkat va boshqa shu kabi tashkilotlarning yuzaga kelishi, xo’jalikni yuritishdagi har xil tavakkalchiliklar va bekorliklar, jumladan xaridorning pul o’tkazmay qo’yishi, mahsulot iste’molchilarining topilmay 17 qolinishi, narxlarning keskin o’zgarib ketishi va hokazolarga duch kelishi mumkin. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobida qimmatbaho qog’ozlarga investisiyalar qilish, o’z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va harakatsiz mulklarga doir muomalalar, dividendlar olish va to’lash kabi bizga ilgari tanish bo’lmagan yangi turdagi xodisalar yuzaga keladi. Mana shu yangi hodisalar va hisob ob’ektlarini hisobga olib, ularga to’g’ri talqin berish uchun buxgalteriya hisobi shu ma’lumotlarni yig’ish, ishlash, umumlashtirishning samarali tizimiga ega bo’lishligi kerak. Bundan tashqari, hisobot davri uchun tuziladigan hisobot shakllarining soni, ulardagi ko’rsatkichlar ancha qisqartirilib, kapital bozorini rivojlanti- rish, xususiylashtirish, ichki va tashqi investisiyalar oqimini oshirish, xususiy sektor faoliyatining samaradorligini baholash uchun ishonchli axborot asosini yaratish imkonini bermoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axborotidan asosiy foydalanuvchilarning manfaatini quyidagi tarzda ifodalash mumkin: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling