О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi
Download 6.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
cp
S avol va to p sh ir iq la r • 1. Suvning ahamiyatini tushuntiring? 2. Suvdan global foydalanish nima? 3. Suvyetishmaslik indeksi haqida to‘xtaling? 4. Suvni ifloslanishi qanday ro‘y beradi? 5. Oqova suvlar qanday tozalanadi? 6 . 0 ‘zbekistonda suv isle’moli qanday taqsimlangan? ll- § . O rol va O rolbo’yi ekologik m uam m olari Oroi dengizini Markaziy Osiyoning ikki buyuk daryosi - Amudaryo va Sirdaryo to‘yintiradi. Sobiq Ittifoq davrida paxta dalalarining kengaytirilishi sug‘orish uchun ikkala daryoning suvlaridan keng miqyosda foydalanishni taqozo etdi. Suvni olish va isrofgarchilik bilan foydalanish natijasida dengizga kam hajmda suv keldi. Ayniqsa, XX asming 80-yillarida Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga suv quyilishi amalda to‘xtadi. Natijada Orol dengizi quriy boshladi (5-rasm). Yillar davomida Orol dengiziga suvning kam quyilishi holatlarini, ya'ni 1977-yildan 2012-yillar oralig‘idagi Orol dengizi suv sathining pasayib ketishi bilan bog‘liq holatlarni tahlil qilish orqali, Orol dengizi muammosining global ekologik muammoga aylanganligiga guvoh bo‘lamiz (6- rasm). - 6 2 - EKOLOGIYA Orol dengizining qurib qolgan joylari 5-rasm ()’/. vaqtida dunyoda ichki dengizlar orasida kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining qurishi atrof mintaqa iqlirni va bioxilma-xilligi uchun, uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib keldi. Cho‘l shamollari qum va tuzni katta masofalarga uchirdi, havzaning butun hududi maydonlarida millionlab tonna tuz to‘plandi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat dengizdan ancha uzoqdagi tog1 И tizmalar muzliklariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Orol va Orolbo’yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Orol tangligi eng yirik regional ekologik halokatlardan biri bo‘lib, dengiz havzasida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi, shu jumladan 0 ‘zbekiston aholisining katta qismi ham uning ta’siri ostida yashamoqda. Orolbo’yi aholisining kasallanishi ko'p jihatdan Orol dengizining qurigan tubidan ko‘chadigan chang to‘zonlar tuz va zararli moddalar bilan atmosfera havosining ifloslanishiga, shuningdek sifatli ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi bilan bevosita bogiiq. Hozirgi kunda Orol dengizi havzasidagi sug‘oriladigan yerlaming 60 % idan ortig‘i sho‘rlangan (2007-yil ma’lumoti). - 6 3 - O rol dengizi suv zahirasining yillar davom idagi o‘zgarishi EKOLOGIYA 6 -rasm . 2007-yilga kelib Orol dengizi suv sathi 29 metrga pasaydi, akvatoriya maydoni 5,8 baravar kamaydi, suv hajmi 1064 km3 dan 80 km3 gacha pasaydi. suv sho‘rligi dengizning g‘arbiy qismida 110-112 g/1, sharqiy chuqurligida esa 280 g/1 ga yetdi. Dengiz sohildan 120-200 kilometrga uzoqlashdi va o‘zining orqasida sobiq dengiz tubida 45 ming km2 dan ortiq tuzli cho‘l qoldirdi. 2011 -yildagi ma’lumotga asosan, Orol dengizining suv sathi 26 metrga pasaygan. Sho‘rlanish darajasi esa, g ‘arbiy qismda 120 g/1 gacha, sharqiy qismda esa 280 g/1 gacha yetgan. - 6 4 - E K O U T G I Y / V Orolbo‘yining butun hududi bo‘yicha ichimlik suvining minerallashuvi, umumiy qattiqligi, sulfatlar va xloridlar miqdori bo‘yicha sifati yomonlashgani qayd qilindi. Har yili Orol dengizining qurigan tubidan 1 5 - 7 5 million tonnagacha tuz va chang ko‘tarilib, juda katta hududda havo va tuproqning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orolbo‘yida tabiiy va antropogen choMlashishning sur’ati ortib bormoqda. 0 ‘sib borayotgan suv tanqisligi va uning sifatining yomonlashishi tuproq va o ‘simlik qoplamining tanazzulga uchrashini, hududning flora va faunasidagi keskin o'zgarishlarni, ondatrachilik, baliqchilik, baliqni qayta ishlash tarmoqlarining inqirozini keltirib chiqardi. Jumladan, bu yerda 23 turdagi yowoyi holda o‘sadigan o\simliklar yo'qoldi. Orol dengizining qurigan o‘mida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko‘rish uchun sun’iy o‘rmonlar bunyod qilish katta Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling