organizmlar, ya’ni Yer qobig‘idagi mavjudotiar tizimi biosfera
deb ataladi. Bugungi kunga kelib, biosfera o‘z o‘mini noosfera
(aql-zakovat) bosqichiga bo‘shatib berdi. Noosfera deganda, inson
mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida o ‘zgargan va uning yashashi
uchun qulay bo‘lgan biosfera sharoitlari tushuniladi.
Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining
ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o ‘ta kengayib ketdi. Fanga
“inson ekologiyasi” degan atama ham kirib keldi. Insonning
tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan
farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 - yilda amerikalik
olimlar Park va Boijeslar tomonidan kiritildi. Dastlab, inson
ekologiyasi tibbiy sohaning boiim i sifatida qaralib, keyinchalik
- 1 0 -
EKOLOGIYA
uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari
ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va,
aksincha,
muhitning
insonga
ta’sirini
o‘rganadi.
Inson
ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga
keldi. Unga birinchi bo‘lib, ingliz olimi Raderik Mak Kenzil ta’rif
bergan. Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning
predmeti inson bilan uning atrof-muhit o‘rtasidagi xususiy
bog‘lanishlarini o‘rganishdan iborat.
“Ekologiya” fanini o‘rganishning quyidagi usullari bor:
1. Tizimli yondoshish - ekologik munosabatlami muayyan
ekologik obyektlarda uzviy bog4langanligini inobatga olgan tarzda
turli guruhdagi tadqiqot usullarini ma’lum bir ketma-ketlikda olib
Do'stlaringiz bilan baham: |