O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Zangori energetikaning asosiy afzalliklari
Download 214.78 Kb.
|
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org
Zangori energetikaning asosiy afzalliklari 1. Shamol va quyosh energiya manba‘lari ekologik toza va eng arzon. Global isishga olib keluvchi karbon gazini va turli zaxarli komponentalarni chiqarmaydi. 2. Zangori energiyani olish davomiyligini tugamasligi. Ularni bir marta qurib qo‘yilgach, qo‘shimcha yonilg‘i yoki boshqa xom ashyo sarflanmay tekinga energiya olinaveradi. 3. Texnologik rivojlanish doimo ularni tannarxini pasayishi va samaradorligini ortishiga olib kelib, investorlarni o‘ziga jalb etib boraveradi. 4. Quyosh batareyalari uchun mamlakatimizni serquyoshligi. 5. Kichik gidrostantsiyalari, quyosh va shamol energetik manba‘larini yaratilishida ijtimoiy xayrixoxlik yuqori bo‘lib jamiyatni olqishlamaydigan kayfiyatiga uchramaydi va energiya importini kamayishiga ulush qo‘shadi. 6. Kichik gidrostantsiyalar uchun butun dunyodagi suv oqimlari yashirin quvvat imkoniyatlarini ko‘pligi. 7. Kichik gidrostantsiyalarni katta mablag‘ sarflamasdan tezda yaratish imkoniyatini mavjudligi. 8. Zangori energiyalar ichida gidrostantsiyalarni energiya mustaqilligiga erishishda salmoqli ulush qo‘sha olishi. 9. Ulkan gidrostantsiyalar sanoat ishlab chiqarish extiyojlarini barqarorlikda ta’minlay olishi. 10. Ulkan gidrostantsiyalar dambalari favqulotda suv toshqinlari oqim kuchini kamaytiradi. Zangori energetikaning kamchiliklari 1. Shamol va quyosh energiya manbalarini tabiiy sharoitga, ya‘ni shamol va quyoshni bo‘lishiga bog‘liqligi va foydali ish koeffitsientini pastligi. 2. Barqaror energiya bilan ta‘minlash imkoniyati yaratilmagani. 3. Ular uchun energiya akkumulyatorlarini yaratish vazifasi xali oldinda ekani. 4. Og‘ir industriya rivoji uchun energiya quvvatini yetarlicha ishlab chiqara olmasligi. 5. Katta gidrostantsiyalar qurilishida dambalarni ekologiyaga negativ ta’siri va oqim suvi temperaturasini farq kilishi evaziga o‘simlik va xayvonlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi. 6. Gidrostantsiyalarni potentsial imkoniyatiga nisbatan foydali ish koeffitsientini pastligi –50% atrofida. 7. Ulkan gidrostantsiyalarni loyixalash va qurilishini qiymatligi evaziga investitsiyalashni susayishi. 8. Ulkan gidrostantsiyalar qurilishiga ijtimoiy munosabat ta’sirini kuchliligi evaziga ular qurilishi loyixalari tasdiqiga erishishni qiyinligi. 9. Gidrostantsiyalardan boshqa turdagi zangori energetika manbalarini umumlashtirganda ham ularni barqaror energiya bilan ta’minlay olmasligi evaziga hozirda odatiy manbalar bilan birgalikda ishlashga majburligi. Ko‘ramizki, har bir turdagi energiya manbalarini o‘zigagini tegishli afzallik va kamchiliklari mavjud. Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling