O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Niderlandiyada energiya saqlash imkoniyatiga ega gibrid shamol-quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi


Download 214.78 Kb.
bet24/43
Sana06.11.2023
Hajmi214.78 Kb.
#1752831
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org

Niderlandiyada energiya saqlash imkoniyatiga ega gibrid shamol-quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Shvetsiyaning «Vattenfall» energetika kompaniyasi fotovoltaik quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimini birlashtirgan birinchi «Haringvliet» gibrid elektr stansiyasini ishga tushirdi. «Haringvliet»ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 140 GVt•soatni tashkil qiladi. Gibrid stansiya Niderlandiyada joylashgan bo‘lib, 38 MVt quvvatga ega fotovoltaik quyosh elektr stansiyasi va 22 MVt quvvatga ega shamol stansiyasidan tashkil topgan. Ular 288 dona litiy-ion batareyalarini elektr energiya bilan to‘ldiradi. Bu tizim kichik kundalik va mavsumiy tebranishlarda ham ravon ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimlari dunyoda tobora ommalashib borayotgan yechimga aylanib bormoqda.

O‘zbekistonda energiya ta’minotini yaxshilash uchun qanday loyihalar amalga oshiriladi

Xususan, joriy yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonda gidroenergetika inshootlari atrofidagi bo‘sh maydonlarda shamol va quyoshga moslashgan gibrid stansiyalar quriladi. Bu bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev energiya ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda topshiriq berdi.Ta’qidlanishichia, bu yerlarda tayyor infratuzilma borligi hisobiga xarajatlar kam bo‘ladi.


Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 16-mart sonida texnika fanlari doktori, professor Gʻulom Uzoqov hamda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Orifjon Bozorovning “Gibrid issiqlik taʼminot tizimi: samarali, tejamkor, barqaror” nomli maqolasi chop etildi. Mamlakatimizda energiya xavfsizligini taʼminlash, energetik samaradorlikni oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida energiya tejamkor va energiya samarador texnologiyalarni joriy etish, xususan, “yashil” energetika va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini roʻyobga chiqarish boʻyicha asosiy vazifalar belgilab berilgan. Ana shu vazifalarda yillik ishlab chiqariladigan elektr energiyasini tejash, uning oʻrnini “yashil” energiya manbalari hisobidan qoplash, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish koʻzda tutilgan.Bu borada katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida 100 Mvtli quyosh elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻistonda 100 Mvtli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Bunday yirik quyosh fotoelektr stansiyalari soni yanada ortadi. Oʻtgan yili 10-iyunda Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda “yashil” energetika siyosatini amalga oshirish, yaʼni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, jumladan, quyosh, shamol va suv energiyasidan foydalanishni kengaytirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilandi.Xususan, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar, oliy oʻquv yurtlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish, aholi oʻrtasida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan foydalanishning ahamiyatini keng targʻib qilish lozimligi taʼkidlandi. Ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati yuqoriligi, undan samarali foydalanish zarurligi alohida qayd etildi.Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi koʻrsatadiki, quyosh energiyasi biologik va ekologik xavfsiz, qayta tiklanadigan energiya boʻlib, uni fanda maʼlum boʻlgan usullar asosida issiqlik va elektr energiyasiga oson aylantirish hamda inson faoliyatida turli maqsadlarda samarali foydalanish mumkin.Xoʻsh, bu borada Qarshi muhandislik-­iqtisodiyot institutida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Download 214.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling