O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Gidroelektrostansiyalarning ekologiyaga ta’siri va muammolari


Download 214.78 Kb.
bet32/43
Sana06.11.2023
Hajmi214.78 Kb.
#1752831
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org

Gidroelektrostansiyalarning ekologiyaga ta’siri va muammolari.
Gidroelektrostansiyalarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta maydonni egallaydi. Gidroelektrostansiyalar qurilishi nisbatan koʻp mablagʻ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor – gidroelektrostansiyalarlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (koʻmir, yoqilgʻi) bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin gidroelektrostansiyalarlarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta toʻplanadi.
Xalqimizda “Oʻt balosidan, suv balosidan asrasin”, degan gap bor. GES suvdagi energiyani elektr energiyasiga, boshqacharoq qilib aytsak “suvni oʻtga” aylantirib beradi. Eʼtiborsizlik yoki nosoz qurilmani vaqtida taʼmirlamaslik, chala taʼmirlash sababli avariya va yongʻinlar sodir boʻlib turadi. Ular chinakam baloga, chinakam ofatga aylanadi. Qanchadan qancha mablagʻ sovuriladi, tabiatga talofat yetadi, korxona, idoralar ish faoliyatini toʻxtatadi, iqtisodiyot jiddiy zarar koʻradi. Bunday yirik avariyalar ozgina eʼtiborsizlik tufayli ham yuz berishi mumkin. Yaqin oʻtmishda yuz bergan katta avariyalar:
  • 1963 yilning 9 oktyabri – Shimoliy Italiyadagi Vayont toʻgʻonida yirik gidrotexnik avariya sodir boʻldi.


  • 2007 yilning 12 sentyabri – Novosibirsk GES transformatorlaridan birida tutashuv tufayli katta yongʻin kelib chiqdi.


  • 2009 yilning 3 avgusti – 200 kV li tarqatish qurilmasidagi kuchlanish sababli Bureya GES transformatorida yongʻin chiqdi.


  • 2009 yilning 16 avgusti – Rossiyaning eng katta elektr stansiyalaridan biri Bratsk GESida yongʻin sodir boʻldi.


  • 2009 yilning 17 avgusti – Sayano-Shushensk GESida katta avariya yuzaga keldi. Ushbu GES Rossiyaning eng qudratli elektr stansiyasi hisoblanadi.




Jahon amaliyoti gidrotexnika inshootlarining ko‘pgina nosozliklari hollarini ko‘rsatgan. 1900-1955 yillar davomida 34 ta katta avariya hoi lari yuzaga kelgan, bu esa 23 ta tuproq va 11 ta beton to‘g‘onlarining buzilishiga olib kelgan. Oxirgi 15 yil ichidagi 15 ta katta avariya holatlari 4,3 mingga yaqin kishining o’limiga sabab bo’lgan. 1959 yili kuchli yom g‘irlar davrida suv omboridagi suvning birdan ko'tarilishi natijasida qirg‘oqqa kelib qo'shilish joyida to‘g ‘on asosning qimirlab qolishi va Mal'pasdagi ingichka arkali to‘g ‘onning buzilish holati natijasida 421 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 1959 yili Kibadelago (Ispaniya) gidrouzelida notekis cho'kindi va bloklararo choklaming buzilishi sababli kontrforsli beton to‘g‘on buzilgan va 140 kishi olamdan o‘tgan. Ulkan avariya 1963 yili Vayont (Italiya) gidrouzeli suv omboridagi ulkan tosh massivining buzilib tushishi natijasida, suv arkali to‘g‘on tarog‘i ustidan oqib tushgan, to‘g‘onning o‘zi buzilmaganiga qaramay 2 mingga yaqin kishi olamdan o‘tgan. Oxirgi ulkan avariya 1976 yili AQSHda yuz berib, Sneyk daryosidagi Teton tuproq to‘g‘oni filtratsiya ta’sirida qulagan edi, toshqin vaqtida 200 kishi olamdan o‘tdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bir qator hollarda avariyadan jabr ko'rganlar soni axborot va e’lon qilish tizimidan foydalanilgani sabab kamchilikni tashkil etdi. Ogohlantiruv ishlarining olib borilishi Oros to‘g‘oniga (Braziliya, 1960 yil) bog‘liq falokatdan 16 mingdan ko‘proq odamni saqlab qolishga muvaffaq bo’lindi, shunga qaramay ushbu falokat natijasida mingga yaqin odam o‘lgan. Bolduin Xill to‘g‘onining (AQSH, 1963 yil) avariyasi oldidan 16,5 ming kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishgan, faqatgina 3 kishi olamdan o‘tgan. To‘g‘on ustidan suvning yig‘ilgan oqimini sezib qolgan vaqtdan to politsiya orqali ogohlantirish ishlari olib borilgunga qadar 2 soat o‘tdi, transportning hamma turlari, shuningdek vertolyotlardan foydalangan holda xalqni 1,5 soat ichida evakuatsiya qilishga ulgurishdi. Ko'pincha gidrotexnik inshootlarning buzilgan holati elektr stansiyaning energetik ish rejimini o‘zgartirishga olib kelmaydi. Sozlash ishlari keyinga qoldiriladi, buning natijasida buzilish kuchayishi mumkin. Ko‘p sonli elektr stansiyalarda olib borilgan gidrotexnika inshootlarining holatini nazorat qilish, ta’mirlashni talab etmaydigan gidrotexnika inshootlarining yo‘qligini ko'rsatadi. Shunga e ’tibor berish lozimki, inshootlarning ish qobiliyati xususiyatining pasayishi asta-sekin va sezilmas tarzda yuz beradi, buning natijasida ogohlik susayadi. Bir qarashda sezilmas o‘zgarishlar ko‘p yillar davomida yig‘ilib, texnologik jihozlarning deyarli istalgan elementining avariyasi bilan tenglasha olmaydigan og‘ir avariyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Bolduin-Xill tuproq to‘g ‘oni ham qurilganidan 12 yil o‘tgach asosining cho‘kindi suffozion jarayonning asta kuchayishi va drenajning kol'matatsiyasi natijasida qulagan. Tosh-tuproqli Pardo to‘g‘oni 30 yildan keyin (Argentina) falokatli suv toshqin vaqtida buzilgan (suv tashlagich teshiklarida asta-sekinlik bilan qumning yig‘ilib, teshiklarni berkitib qo‘ygani sababli). Мal’passe to‘g ‘oni 5 yil, Appalachadagi tuproq to‘g ‘on 15 yil va h.k. Ba’zi bir, to‘g‘onlar zararlanishining tahlili bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning fikricha, to‘g‘onlarni ishlatish muddati oshgani sari avariya holati yuzaga kelishi xavfi kuchayadi. Paydo bo‘layotgan nosozlik va buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish juda muhimdir. Ayrim gidrotexnik inshootlar, ekspluatatsiyasini qiyinlashtiruvchi, ishonchliligini susaytiruvchi, ayrim sharoitlarda ularning avariyasini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan nosozliklar bilan uzoq vaqt ishlashi mumkin.

Download 214.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling