O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 214.78 Kb.
|
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org
Xalqaro hamkorlik samarasi
Bu yil Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi. Tabiiyki, barcha sohalarda boʻlgani kabi taʼlim tizimida ham mushtarak maqsadlarni birgalikda amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Belarus milliy texnika universiteti oʻrtasida imzolangan memorandum asosida “2+2” qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha 119 nafar talabamiz hozir ushbu oliygohda tahsil olmoqda. Ulardan 46 nafari bu yil katta hayotga yoʻllanma oladi. Eng muhimi, ikki davlat oliy taʼlim muassasasi diplomiga ega boʻladi. Oʻtgan yili Oʻzbekiston va Belarus hamkorligini rivojlantirish maqsadida birgalikda xalqaro ilmiy fundamental loyihalar tanlovi eʼlon qilindi. Unga institutimizdan 3 ta loyiha topshirildi va ulardan biri — “Hudud iqlimining meteorologik parametrlarini hisobga olgan holda gibrid issiqlik taʼminoti tizimlarining ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha tanlov gʻolibi boʻldi. Bu loyiha nima beradi? Uning afzalligi nimada? Avvalo, Oʻzbekiston — Belarus ilmiy hamkorligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyiladi. Birgalikdagi qoʻshma ilmiy loyiha institut tarixida birinchi marta amalga oshirilmoqda. Uni hayotga tatbiq etish natijasida Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning janubiy hududida quyosh radiatsiyasi, shamolning tezligi, tashqi havo haroratining oʻzgarish dinamikasi, changlik darajasi, xullas, meteoparametrlarning oʻzgarishini hisobga olib, gibrid issiqlik taʼminoti tizimlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi, ilmiy-texnik asoslari yaratiladi. Har ikki tomonning oʻz majburiyati va vazifalari bor, albatta. Belarus tomonidan markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlari uchun muammo va yechimlar boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. Institutning vazifasi esa lokal avtonom issiqlik taʼminoti tizimlari uchun gibrid issiqlik taʼminoti tizimlarini yaratish va yangi sxemalarini taklif etishdan iborat. Loyihaning umumiy qiymati 835 million soʻm. 450 million soʻmdan ortiq mablagʻ laboratoriya jihozlari uchun ajratilgan. Demak, shuncha mablagʻ evaziga muqobil energiya manbalari kafedrasida yangi laboratoriya tashkil qilinadi. Bundan tashqari, loyiha doirasida bitta fan doktori (DSc) va 2 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari himoyaga qoʻyiladi. Bajarilgan fundamental ilmiy tadqiqot ishlari natijasida bittadan darslik va oʻquv qoʻllanmasi yaratiladi. Muqobil energiya manbalari taʼlim yoʻnalishi uchun oʻquv jarayoniga joriy qilinadi. Loyiha tadqiqotlari ikki qismdan iborat boʻladi. Birinchisi, eksperimental taj riba qismi. Bunda bevosita loyiha doirasida ilmiy ish qilayotgan 3 tadqiqotchi tajriba-tadqiqot ishlarini olib boradi. Ikkinchisi, nazariy qism, yaʼni matematik modellar boʻlib, ularning yechimi, dasturiy mahsulotlar yaratiladi. Qisqacha aytganda, gibrid issiqlik taʼminot tizimlarini ishlab chiqish boʻyicha loyihaning Oʻzbekiston — Belarus xalqaro ilmiy loyihalar tanlovida davlat granti sovrindori boʻlishi institut professor-oʻqituvchilarining koʻp yillik ilmiy tadqiqot ishlari, izlanishlari natijasidir. Ushbu loyiha doirasida 2022-2024-yillarda muqobil energiya manbalari kafedrasi yosh olimlari, doktorantlari va talabalari ilmiy tadqiqot ishlarini yanada samarali tashkil etadi. Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling