O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Yadro va boshqa turdagi energiya manbalarini ijtimoiy iqtisodiy hayotdagi muhim xarakteristikalari


Download 214.78 Kb.
bet36/43
Sana06.11.2023
Hajmi214.78 Kb.
#1752831
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org

Yadro va boshqa turdagi energiya manbalarini ijtimoiy iqtisodiy hayotdagi muhim xarakteristikalari

2-jadval


Energiya manbai

Barqaror ta‘minot


darajasi

Zaxira bo‘yicha


uzoq muddatlilik

Ekologik tozaligi


Quvvatni yetarliligi


Egallagan joyi kattaligi


Xavfsizlikni ta‘minlanganlik darajasi


Qurulishga xayrxohlik


Mobillik imkoniyati


Foydali ish koeffitsyenti


Uzoq vaqt ishlay olish


darajasi

1

Yadro energetikasi

+

+


+

-

+


+

+

+

2

Kichik gidrostantsiyalar


+

+


Δ

+

+

-


+

3

Yirik gidrostantsiyalar

+

+


+

+

Δ

Δ

-


+

4

Quyosh energiyasi

Δ

+

+

-

-

+

+

+

-


5

Shamol energiyasi

Δ

+

+

-

-

+

+

+

-


6

Geotermal issiqlik energiya manbalar

-

-

+

-

-

+

+

-

-


7

Bioenergetik qurilmalar

-

-

+

-

-

+

+

+

-

-

8

Okeanlar suv sathi oqimi elektrostantsiyalari

-

+

+

-

+

-

+

-

-

+

9

Suv to‘lqini elektrostantsiyalari

-

+

+

-

+

+

+

-

-

Δ

10

Chiqindilarni qayta ishlashdan olinadigan energiyalar

-

-

+

-

-

+

+

-

-



-


Belgilashlar: “+” – yuqori; “ ∇” - o‘rtachadan yuqori; “□” - o‘rtacha; “Δo‘rtachadan past; “–” past.
Ko‘ramizki, har bir turdagi energiya manbalarini o‘zigagini tegishli afzallik va kamchiliklari mavjud. Shuningdek, barcha turdagi energiya mabalaridan foydalanishda ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni tahlillari asosida va farqlardagi keskinlikni yumshatish maqsadida biz zarur parametrlarni beshta shartli ko‘rsatgichlar bilan baholab natijalarni quyidagi 2-jadvalda keltirdik.
2-jadvaldan ko‘rinadiki, energiya ta‘minoti bo‘yicha eng muhim ko‘rsatgichlar: barqarorlik, uzoq muddatlilik, yetarli quvvat bilan ta‘minlay olish, ekologik havfsizlik, qurilishni o‘rtacha harajati kabilar orasida yadro, gidro, shamol, quyosh energiyalari manba‘larini boshqalariga nisbatan afzalligi bor. Shu manba‘larni rivojlantirilishini dunyo miqiyosida ko‘rilganda quyosh va shamol energiya manba‘lari tannarxi yil sayin tushib borishi va foydali ish koeffitsientini ortib borishi evaziga ularni soni keskin ortmoqda. Shamol va quyosh energetikasi rivojlangan mamlakatlar qatoriga Xitoy, AQSH, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya va Frantsiyani kiritish mumkin. Bu mamlakatlarda qayta tiklanuvchan energiya manba‘larini har tomonlama qo‘llab quvvatlash va shamol generatorlari bilan quyosh batareyalari tayyorlash texnologiyasini mukammallashuvi va tannarxini pasayishi hisobiga ularning umumiy energiyadagi ulushi keyingi to‘rt yilda ikki martaga oshdi. Shamol energiyasini kamchiligi esa, shamol tezligiga bog‘liqligi bo‘lib, dengiz va okean yaqinidagi davlatlarda potentsial imkoniyat katta bo‘ladi. Quyosh elektrostatsiyalarini kamchiligi kunlar, fasllar davomidagi o‘zgarishlarga va ob-xavoga bog‘liqligi sanaladi. Shuning uchun serquyosh o‘lkalarda ularning potentsial imkoniyatlari katta.
Gidroeenergetika istiqbollari o‘z-o‘zidan ma‘lumki, qayerda suvning harakat energiyasi katta bo‘lsa, shu joylarda ulardan yuqori quvvatli manba‘lar olish mumkin. Shuning uchun sokinlikda oqadigan daryolarda potentsial imkoniyatlar kam bo‘ladi.
Ko‘ramizki, zangori energetikani rivojida mamlakatning tabiiy joylashuvi, energiyaga bo‘lgan talab va taklif, aholi soni va rivojlanish darajasi katta axamiyatga ega. Shulardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston sharoitida zangori va mavjud qayta tiklanmaydigan energiyalardan eng maqsadga muvofiq keladigani qaysi ekanini taxlil etilganda, rivojlanish bosqichidagi O‘zbekiston uchun katta quvvatli barqaror ta‘minotga ega manba‘lar bugungi kun va kelajak uchun o‘ta zarurligini e’tiborga olib aytiladigan bo‘lsa, davlatimiz tomonidan zangori energetika bilan birgalikda yadro energetikasini rivojlantirilishiga katta e’tibor berilishi ilmiy asoslangan va eng to‘g‘ri tanlangan yo‘l ekanligi hech kimda shubha uyg‘otmasligi kerak.
Haqiqatan ham, O‘zbekiston uchun zarur umumiy energiyada shamol energiyasini ulushi katta bo‘la olmasligi sabablaridan biri dengiz va okeanlardan uzoqligi uchun katta tezlikdagi shamollarni doimiy bo‘lavermasligi va shamolsiz kunlar xam bo‘lib turishi hisobiga barqaror va katta quvvatli energiyaga ega bo‘lish qiyin. Ularni Orol bo‘yi sarhadlarida qurilishi maqsadga muvofiq keladi.
Quyosh energetikasini ulushi, garchi O‘zbekiston serquyosh bo‘lsada, katta bo‘la olmaydi, chunki hozir ularni foydali ish koeffitsientini pastligi katta yuzani talab etishi bilan birga yuzani toza saqlashni talab etadi. Degredatsiya tufayli uzoq muddat bir xilda energiya bilan ta‘minlashi o‘zgarib boradi va yangilab turishni talab etadi. Ularda energiya barqarorligi ta‘minlanmaydi. Gidroenergetikani ulushi esa, yuqoridagilarga nisbatan salmoqli bo‘lsada, bunday turdagi energiyani rivojlantirish imkoniyatlari tabiiy joylashuvga ko‘ra O‘zbekistonda yuqori darajada emas. Daryolar oqim tezligini yetarlicha emasligi, to‘g‘onlarni qurilishi foydali maydonlarda katta yuzali suv havzalarini hosil qilishi, to‘g‘onlar xavfsizligi muammolarini yuzaga chiqishi yetarlicha quvvatga ega yirik gidroenergetika manba‘lari qurilishida o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
O‘rtacha va kichik quvvatli gidrostantsiyalar qurilishi imkoniyatlari yiriklariga nisbatan ancha katta bo‘lsada, suv hajmini o‘zgarib turishi barqarorlikka ta‘sir etadi. Yadro energetikasi manba‘larini yuqoridagilardan afzal tomonlari shundaki, ularni keraklicha quvvatga ega qilib tayyorlash orqali barqaror va qazilmali yonilg‘ilarga nisbatan ekologik toza energiya ta‘minotiga erishish mumkin.
Barcha energiya manba‘larini taqqoslash va ularning mamlakatimizdagi imkoniyatlarini baholab, ekologiyaga va salomatlikka zarari katta bo‘lgan tabiiy qazilmali yonilg‘i manba‘lardan foydalanmay, zangori energetika va yadro energetikasidan foydalanish eng optimal yo‘l ekanini maьlum buladi.
Bunday malumotlarni amaliy axamiyati shundaki:
- O‘zbekistonning kelajak energetikasi rivojida zangori energetika bilan birgalikda yadro energetikasini istiqboli yuqoriligi, ularning xavfsizligi yuqori darajada ta‘minlangani, muximi iqtisodiy rivojlanishda barqaror va yetarlicha energiya quvvatiga ega bo‘lishidir.
- Har bir mamlakat tabiiy sharoiti va imkoniyatidan kelib chiqib energiya manba‘ini eng optimal turini tanlashda keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanib gibrid manbalar yaratishda foydalanishi mumkin.


Download 214.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling