O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
O‘zbekistonda atom elektrstansiyasi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Download 214.78 Kb.
|
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org
O‘zbekistonda atom elektrstansiyasi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
2022 yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun ikkita energoblokdan iborat majmua qurilishi boshlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirishda “Rosatom” ishtirok etadi. Yevrosiyo taraqqiyot bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlar orasida o‘zining energetika sohasi uchun eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatdir. Ko‘p tomonlama taraqqiyot banklari (KTB) O‘zbekiston energetika sohasiga 4,7 milliard dollar sarmoya kiritgan bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotiga ko‘ra, mintaqaning suv-energetika kompleksiga (SES) KTB investitsiyalarining 46,3 foizi respublika hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistondagi AESning birinchi energobloki 2028 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Avvalroq Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasidagi To‘dako‘l atrofidagi hududlar AES qurilishi uchun salohiyatli maydon sifatida ko‘rilayotgani ma'lum qilingan edi. Keyinroq Jizzaxdagi Aydarko‘l atrofidagi hudud ham salohiyatli hudud sifatida e'tirof etildi. Ushbu AES qurilishi 11 milliard dollarga baholangan. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida AES qurish niyatlari bo‘yicha muzokaralar 2018 yil aprelida ma’lum bo‘lgan edi. O‘sha yilning sentyabr oyida tomonlar kelishuvga erishdilar – “Rosatom” har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikkita blokni qurish majburiyatini oldi. AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida, Qozog‘iston bilan chegaradan unchalik uzoq bo‘lmagan joy tanlandi. Qurilish Rossiya tomonidan moliyalashtiriladi. O‘zbekiston atom elektr stansiyasini ishga tushirish hisobidan energiya taqchilligini qoplash, shuningdek, 3,7 milliard kub metrga yaqin gazni tejashni rejalashtirmoqda. Buning uchun yoqilg‘i, katta ehtimol bilan, mahalliy manbalar hisobidan ta’minlanadi – O‘zbekiston uran qazib oluvchi yetakchi beshtalikka 3,,Gazeta uz” 2-aprel 2021-yil. kiradi. Energetika vaziri Alisher Sultonov 2020 yilda atom energetikasining ekologik tozaligi, shuningdek, tanlangan turdagi VVER-1200 reaktorlarining xavfsizligini ta’kidlagan. Ekologiya va energetika sohasidagi boshqa mutaxassislar ham AESlarning O‘zbekiston uchun ahamiyati va foydasi haqida gapirib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, o‘z navbatida Qozog‘iston aholisining vakillari O‘zbekistondagi bo‘lajak atom elektr stansiyasidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilib, mitingga chiqqandi1. “Bugun biz Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikning yangi strategik yoʻnalishi – atom energetikasini rivojlantirishga qoʻl urmoqdamiz. Ushbu loyiha mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi tarmoqni vujudga keltiradi. Bu sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qiladi”, dedi davlatimiz rahbari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Xorijiy loyihalar soni va koʻlami boʻyicha jahonda birinchi oʻrinda turadigan – 12 mamlakatda 34 ta energoblok bunyod etgan “Rosatom” korporpatsiyasi bilan Oʻzbekistonda atom elektr stansiyasi qurish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Ushbu stansiya har biri 1 ming 200 megavatt quvvatga ega ikkita, “3+” avlodiga mansub eng zamonaviy va xavfsiz energiya blokidan iborat boʻladi. Ular Xalqaro atom energiyasi agentligining barcha xavfsizlik talablari javob beradi. Atom energiyasi ekologik toza boʻlib, bunday stansiyalar is gazi hosil qilmaydi. Atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida katta miqdorda tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga karbonad angidrid chiqarilishi yiliga 14 million tonnagacha, azot oksidlari chiqarilishi 36 ming tonnaga kamayadi. Oʻzbekiston Xalqaro atom energiyasi agentligiga aʼzo davlat sifatida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiq yadroviy xavfsizlik masalalariga katta eʼtibor qaratmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirishda AES qurilishi boʻyicha barcha xalqaro talablarga qatʼiy rioya qilinadi. Xalqaro atom energiyasi agentligi mutaxassislari Oʻzbekistonning Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatladi va uni roʻyobga chiqarishda har tomonlama koʻmaklashishga tayyor ekanini bildirdi. Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentda “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitet filialini ochishga qaror qilindi. Kelgusi oʻquv yilida ushbu filial ilk talabalarni qabul qiladi. Joriy oʻquv yilidan boshlab 30 nafar oʻzbekistonlik talaba Moskvadagi ushbu nufuzli bilim yurtida taʼlim olmoqda. Uni bitirgach, talabalarimiz yuqori malakali mutaxassis boʻlib yetishadi va atom elektr stansiyasining xavfsiz ishlashini taʼminlaydi. Ularning ishonchli qoʻllarida atom energiyasi haqiqatan tinch boʻladi. Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling