O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
Download 214.78 Kb.
|
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. ENERGETIKA MANBALARINING YURTIMIZDA VA DUNYODA EVOLYUTSIYASI 1.1. Energetika manbalari va ularning turlari Energetika
- Elektr stansiyasi
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Energetika manbalari, turlari haqida chuqur bilimga ega bo’lish. Ularni ekologiyaga ta’siri, insonlar va tabiatga bog’liqligini o’rganish, ularni kelajagi haqida mulohaza qilish, bu manbalarning harakteristikasi,ko’plab omillarni o’rganish va o’rgangan bilimlar asosida kelajak energiyasi bo’la olishi mumkin bo’lgan manbani hisob kitoblar orqali ko’rib chiqish Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari deb belgilab olindi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullarini turli yo’llar bilan hisoblash. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari mazmuni, shakli, omillari, imkoniyatlari va yo’llaridan iborat. Ishning strukturasi: Bitiruv malakaviy ishi betdan iborat bo`lib, kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. I.BOB. ENERGETIKA MANBALARINING YURTIMIZDA VA DUNYODA EVOLYUTSIYASI 1.1. Energetika manbalari va ularning turlari Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Elektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, Issiqlik elektrstansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), Gidroelektrstansiya(GES), Shamol elektr stansiyasi(ShES), Gidroakkumulyatsiyalovchi elektrstansiyasi, Koʻtarilish suv elektrstansiyasi va Magnitogidrodinamik generatorli elektrostansiyalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, Geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) stansiyalari va Gelioenergetika stansiyalari Issiqlik elektrstansiyasi jumlasiga kiradi. Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq energetika resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi. Jahon miqyosida turli yoqilgʻi energetika resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. tonna shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. tonna shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan energetikaning tabiiy resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning energetika resurslarini hisobga olsak, mamlakat energetikasi xalq xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi. Oʻzbekiston energetika tizimi xalq xoʻjaligi va aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondira olmaydi, chunki sanoat va ishlab chiqarish soxalari tobora rivojlanib, ular soni esa borgan sari oshib bormoqda. Oʻzbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari(IES), 27 gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtsoat (yiliga 55 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining umumiy uz. 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni tashkil qiladi (2005). Energetika xalq xoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiklik energetikasiga ajraladi. Gidroenergetika energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektrostansiyalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Issiqlik elektrostansiyasi — energetikaning issiqlikni issiqlik dvigatellari va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqlik elektrostansiyasida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektrostansiyalari(IES) hamda Davlat issiqlik elektrostansiyalari(DIES) hisoblanadi. Oʻzbekistonning issiqtik elektrostansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi. Jahon hamjamiyati o’zining energetik extiyojlarini asosan an’anaviy uglevodorod energiya tashuvchilar-neft, ko’mir va gaz hisobiga qoplaydi. Muammo nafaqat yaqin kelajakda mavjud resurs zaxiralarining sarflanishi, balki yangi konlarni qidirish, tarqatish va joylashtirish xarajatlarining doimiy o'sishi bilan ham bog'liq. Hozirgi vaqtda iste’mol qilinayotgan energiyaning 70 foizi tabiiy yoqilg’ilar deb ataluvchi, qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan ko’mir, neft, gazlarni yoqish natijasida olinmoqda. Ular yana bir necha yuz yil asosiy energiya manbai bo’lib qoladi. Keyin esa energiya olishning boshqa yo’llarini topishga to’g’ri keladi. Uran va yonuvchi slanetslardan tashqari, boshqa barcha energiya manbalari mamlakatimizning energiya balansida faol ishlatiladi. Yurtimizda elektr energiyaga bo‘lgan talabning ortib borishi sababli yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish masalasi nihoyatda dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Hozirda dunyo elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini umumiy energiyaga qo‘shadigan ulushini ko‘radigan bo‘lsak, issiqlik energetikasi – ko‘mir 39%, gaz 22%, gidroenergetika - suv oqimi energiyasi 17%, yadro energetikasi 11%, boshqa turlardagi manbalar 11 % ni tashkil etadi1. Bulardan ko‘rinadiki, hozirda asosiy manba qazilma yonilg’i hisobiga to‘g’ri kelmoqda. Lekin yuqorida aytgan sabablarga ko‘ra, ularning kelajak imkoniyati keskin kamayib bormoqda. Qayta tiklanuvchi energiyalar ichida eng ommalashgani gidroenergetika bo‘lib, ular kichik va global masshtablarda yaratiladi. Global masshtabdagi gidroelektr energiya manbalari qayta tiklanuvchan manbalar turiga kirsada, ular o‘ziga xos ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular asosan daryolarni quyi oqimlarida katta dambalar loyihalari asosida quriladi. Shuning uchun ular katta mablag’ talab etishidan tashqari geografik joylashuviga qarab turlicha tortishuvlarga ham sabab bo‘ladi. Masalan, suv yuzasi katta maydonni egallashi bilan bog’liq ekologik xavf, aholini yashash joyidan boshqa yerga ko‘chirish muammolari, dambani urib ketish xavfi va agar tropik maydonlarda bo‘lsa parnik effektiga olib keluvchi gazlarni chiqishi kabi masalalarni hal etishni talab etadi2. Har bir energetika manbasining o’ziga yarasha afzalliklari va shu bilan bir qatorda inson omiliga aloqasi bo’lmagan kamchiliklari ham bor. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, energiya manbalari o’zi qanaqa turlarga bo’linadi? Bu savolga esa quidagi 1-chizma orqali javob topamiz 1-Chizma.Tabiatdagi energiya turlari Ko’rinib turibdiki energiya manbalari asosan, zangori energiya va qazilma boyliklaridan ajraladigan energiya (yadroni bo’linishidan ajralgan energiya ham) ga bo’linar ekan. Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling