O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
— O.Yu. Rashidov va bosh
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 .3 . M oliya siyosatining mohiyati va mazmuni
- 1Поляк Г.Б. и др. Финансы. Д е н е ж н о е обращ ение. Кредит. — М.: Ю Н И Т И , 2004. 2 Сенчагов В.К.
- 3 .4 . M oliya siyosatini amalga oshirishda moliya mexanizmining mohiyati va o ‘rni
6 — O.Yu. Rashidov va bosh. 81 mahsulotlari asosiy ulushni egallashi sababli qishloq xo'jalik sohasini rivojlantirishga alohida e ’tibor beriladi. Yuqoridagi fikrlarimizni umumlashtirib, moliyaning taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi deb xulosa qilishimiz mumkin: — xo'jalik subyektlari va davlat miqyosida pul fondlari tashkil etiladi; — faqat maqsadli pul fondlari tashkil etiladi; — iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o'rtasida moliya mablag'la- rining qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi; — mamlakat aholisining turli ijtimoiy guruhlari o'rtasida moliya mablag'lari qayta taqsimlanadi; — xo'jalik subyektlari va davlat miqyosida zarur zaxira fondlari tashkil etiladi. Moliyaning nazorat funksiyasi esa jamiyatda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy darom adni tegishli fondlar bo'yicha taqsimlanishi hamda maqsadli fond mablag'larining sarflanishini nazorat qilish bilan bog'liqdir. N a z o rat funksiyasi moliyaning taqsimlash va qayta taq sim lash funksiyasi bilan uyg'unlashgan holda arnal qiladi. Moliya nazorati milliy darom ad yaratiladigan m oddiy ishlab chiqarish sohasini va nomoddiy ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. Moliya nazoratining inaqsadi moddiy, mehnat va moliya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish ham da xo'jasiz- likning oldini olishdir. Moliya nazoratining asosiy vazifasi xo'jalik subyektlarining o'zaro hisob-kitoblari majburiyatlarini, qonunchilikdagi budjet tizimini va soliq xizmatlari oldidagi moliya majburiyatlarini bajarishga rioya etilishini ta ’minlash hisoblanadi. Buning yuzaga chiqishi quyidagilarda nam oyon bo'ladi: — taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni boshlanishidan avval turli budjetlar va moliya dasturlarini ishlab chiqishda; — shakllantirilgan turli pul mablag'lari fondlarini, ya’ni budjet, smeta va moliya rejalarini sarflanishida; — pul m ablag'lari fondlarining bajarilishini baholashda va faoliyat natijalarini yakuniy hisob-kitob qilishda. M oliya n a z o ra tin i am alga oshirish subyektlari n azorat etish obyektlari, mulkchilik shakli va faoliyatidan kelib chiqqan holda turli- cha bo'ladi. M oliya nazoratining kim tom onidan olib borilishiga qarab quyidagi shakllari mavjud: 1) um um davlat moliya nazorati; 2) tarm oq moliya nazorati; 3) xo'jalik ichidagi moliya nazorati; 4) jam oat moliya nazorati; 5) mustaqil (auditorlik) moliya nazorati. U m um davlat moliya nazoratini vakolatli davlat organlari am alga oshiradi. M oliya tizim i va soliq xizm ati xodimlari davlat bud jeti daromadlari h am d a xarajatlarining bajarilishi nazoratini olib boradilar. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi nazorat taftish departam enti va uning viloyatdagi b o ‘limlariga davlat budjeti m ab- lag'larining maqsadli va to ‘liq sarflanayotganligini nazorat qilisli vako- lati berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘m itasi va uning joylardagi bo'linmalariga mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo'jalik yurituvchi subyektlarda davlat budjetiga undiriladigan so liq lar va tushum ni nazorat etish vakolati berilgan. Tarm oq moliya nazorati iqtisodiyotning m a ’lum tarm oq m iqyo- sidagi (vazirlik, konsern, kom paniya, xolding) nazoratini o ‘z ichiga oladi. Ushbu nazorat m a ’lum olingan tarm oq boshqaruvi tashkil etilgan maxsus moliya boshqarmasi to m o n idan amalga oshiriladi. Bu bosh- qarrna tarm oq tarkibiga kiruvchi xo'jalik subyektlarining am aldagi budjet-soliq qonunchiligiga va ichki m e ’yoriy nizomlarga rioya etayot- ganligini nazorat qilib boradi. Xo'jalik ichidagi moliya nazoratini alohida olingan xo'jalik su- byektlari qosliida tashkil etilgan moliya b o'linm alari amalga oshiradi. Shuni ta ’kidlash lozimki, keyingi vaqtlarda davlat mulkini xususiy- lashtirish va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni natijasida ko'plab turli mulkchilik shaklidagi korxonalar va tashkilotlar tashkil etilmoqda. Bu holat xo'jalik ichidagi moliya nazoratining aham iyati oshishiga olib kelm oqda. Ushbu k o rxonalarda isliclii x izm a tc h ila r sonining kamligi, ishlab chiqarish hajm ining kamligi (masalan, kichik biznes sohasi) sababli ularda moliya nazoratini olib borish vakolati bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgan. B unday korxonalarda moliya nazoratini olib boruvehi bosh hisobchining asosiy vazifasi m oliya- xo'jalik faoliyatini nazorat etish, budjet soliq qonunchiligiga rioya etish ham da boshqa korxonalar bilan o 'z a ro to'lov m ajburiyatlarini olib borish hisoblanadi. Jam oat moliya nazoratini aksiyadorlik jam iyatlarida aksiyador- larning um um iy yig'ilishida saylangan alohida jismoniy shaxslar olib boradi. Ayrim boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jalik subyektlarida ushbu nazoratni ixtiyoriy ravishda m a s’uliyatni oigan jismoniy shaxslar olib boradi. Jam oat nazoratining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u faqat aniq bir korxonaning xo‘jalik — moliya faoliyatini nazorat qiladi. Moliya nazoratining yana bir shakli mustaqil (auditorlik) nazorat h isoblanadi. U sh b u n a z o ra tn in g eng asosiy xususiyati shundaki, auditorlik faoliyatini olib boruvchi firma o ‘z faoliyati uchun maxsus litsenziyaga ega bo'lishi bilan birga unda ishlovchi xizmatchilar ham maxsus shahodatnom aga ega b o ‘lishi shart. Auditorlik moliya nazo ratining obyekti barcha xo'jalik subyektlarining x o ‘jalik-moliya fao liyati hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchi- likka asosan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar h a r bir faoliyat yurituvchi x o ‘jalik subyekti yillik x o ‘jalik-moliya faoliyatining auditorlik moliya nazoratini o'tkazishi shart. Moliyani tartibga solib turish funksiyasining mohiyati davlat to- m onidan mavjud moliya dastaklari orqali jam iyat ucliun zarur alohida olingan korxonalar va b a ’zan butun iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarim rivojlantirishga t a ’sir etilishi hisoblanadi. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, bu funksiyada moliyaning rag‘batlantirish yoki so'ndirish yo‘nalishi ham mavjud. Davlat moliya dastaklari orqali iqtisodiyotdagi ayrim sohalarni rivojlantirishga va o ‘z vaqtida ayrim sohalar faoliyatini cheklab turishga erishadi. Fikrimizcha, moliyani tartibga solib turish funksiyasi quyidagi k o ‘rinishda yuzaga chiqadi: 4. Davlat budjeti orqali. Budjet mablag‘larining ayrim soha yoki korxonalarni rivojlantirishga (subsidiya) ajratilishi orqali arnalga oshi- riladi. 5. Soliqlar orqali. Davlat iqtisodiyot faoliyatini tartibga solib turishdagi eng t a ’sirli dastak soliqlar hisoblanadi. X o‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchu n past darajadagi soliqlarning o'rnatilishi ushbu faoliyatni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi va buning aksi yuqori darajadagi soliq stavkalarining o ‘rnatilishi bu soha faoliyatining rivojla- nishini cheklab turadi. Bu sohaga yaqqol dalil sifatida 1994—1998- yillarda m am lakatim izda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish m aq- sadida, ular soliqlardan ozod etilib, hisoblangan soliqlar tijorat bank- larining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanganligini kelti- rishimiz mumkin. 6. Baholar va t a ’riflar orqali. Iqtisodiyotning bozor munosabatlari sharoitida davlat to m o n id an iqtisodiyotning ayrim sohalari narx-navo va t a ’riflarning belgilanishida faol ishtirok etadi. Bu omil esa iqtiso diyotning ayrim sohalaridagi xo ‘jalik subyektlarining moliya holatiga turlicha t a ’sir k o ‘rsatadi. 4. E ksport-im port bojlari orqali. U shbu yo‘nalishda davlat to m o - nidan xo'jalik subyektlari olib boradigan eksport-import operatsiyalariga o'rnatilgan past yoki yuqori darajadagi boj stavkalari ushbu faoliyatning rivojlanishiga yoki t o ‘xtatib q o ‘yilishiga olib kelishi m um kin. Yuqorida ta ’kidlab o ‘tilganlarni umumlashtirgan holda, moliyaning tartibga solib turish funksiyasi quyidagi darajada yuzaga chiqadi: - - mikroiqtisodiy darajada (xo'jalik subyektlari darajasida). B unda faoliyat ko'rsatayotgan xo‘jalik subyektlari ishlab chiqarishni rivojlan- tirish m aqsadida turli pul fondlarini tashkil etadi; — m akroiqtisodiy darajada (davlat darajasida). B u n d a davlat tom onidan iqtisodiyotni rivojlantirish uchu n davlat budjeti xarajat- laridan soliqlar, bojlar, ta ’riflar orqali foydalanish am alga oshiriladi. Yuqoridagilardan xulosa qilish m um kinki, davlat m oliya dastak- larining har bir turini yoki bir nechtasi q o ‘llanishi y o rd am id a iqtiso- diyotning barcha sohalariga kuchli t a ’sir ko‘rsatish im koniyatiga ega. Fikrim izcha, bu omil moliyaning tartibga solib turish funksiyasini mustaqil funksiya deb m ulohaza qilinishiga asos b o ‘la oladi. 3 .3 . M oliya siyosatining mohiyati va mazmuni H a r bir davlat o'ziga yuklatilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun eng a w a lo iqtisodiy siyosatdan, shu jum ladan ushbu siyosatning poydevori b o ‘lgan moliya siyosatidan samarali foyda- landi. M oliya siyosatining mohiyati va m azm uni t o ‘g ‘risida iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olim lar o'rtasida h a r xil ilmiy fikrlar mavjud. Akademik G.B. Polyak va V.V. Karchevskiylarning fikricha1 moliya siyosati — davlat zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni bajarish u c h u n m o liy a m u n o s a b a tla rid a n f o y d a la n is h y u z a s i d a n tash k il etiladigan chora-tadbirlarining yig‘indisi. Ushbu fikrni rivojlantirgan holda va «moliya munosabatlari» atamasi kengaytirilgan h o ld a i.f.d., RTFA akademigi V.K. Senchagov2moliya siyosatiga o ‘z fikrini bildi- radi. U ning fikricha moliya siyosati — davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida amaldagi qonunchilikka asosan iqtisodiy siyo satining strategiyasi va taktikasiga asosan davlat m oliya rcsurslarini 1Поляк Г.Б. и др. Финансы. Д е н е ж н о е обращ ение. Кредит. — М.: Ю Н И Т И , 2004. 2 Сенчагов В.К. и др. Ф и н а н сы , д е н е ж н о е о б р а щ е н и е и к р е д и т — М.: П роспект, 2004. shakllantirish hamda ularning sarflanishi yuzasidan vakolatga ega davlat moliya tizimi institutlari budjet-soliq va boshqa moliya dastaklarining yig‘indisidan iboratdir. O lim ning fikricha moliya siyosati m exanizm ida davlat moliya dastaklarining yagonaligi t a ’kidlanadi. Buning asosiy omili sifatida jam iyatda moliya dastaklarini faqatgina vakolatli davlat moliya insti tutlari amalga oshirishi keltiriladi. Mohiyati jihatdan moliya siyosati juda murakkab ham da nozikdir. Moliya siyosatini ishlab chiqishda mamlakatdagi pul-kredit siyosati, valuta munosabatlari ham da fond bozoridagi faoliyat ham hisobga olinadi. Agar moliya siyosatidagi turli tamoyillar umumlashtirilsa, u holda asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat b o ‘ladi: — har bir jamiyatda obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligi va ularning doimiy ravishda harakatda bo'lishi; — moliya siyosatining um um iy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosiy yo'nalishlari, maqsadi va vazifalarining aniqlab olinishi; — davlat moliya faoliyatini va iqtisodiyotning boshqa subyektlari faoliyat ini boshqarish ham d a bu sohada yuksak rivojlangan davlat - larning tajribasi va mahalliy tajribani oqilona uyg‘unlikda olib borilishga erishishni t a ’minlash; — adekvat moliya mexanizm ini tashkil etish. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, moliya siyosati iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boMishi bilan bir qatorda uning har bir tam oyili maqsadliligi bilan ajralib turadi. Shuning u c h u n moliya siyosatining asosiy vazifalarini k o ‘rsatib o'tish mumkin: — jam iyatda imkoniyat darajasida ko‘p miqdordagi moliya resurs- larini shakllantirishga erishish; — davlat miqyosida moliya resurslarining taqsimlanishi va sarfla- nishida oqilona ham da sam arador tizimini shakllantirish; — jam iyatdagi iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solib turish ham da rag‘batlantirishda moliya usullaridan keng foydalanishni tashkil etish; — jamiyatdagi m uhim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish m aqsadida moliya resurslarining markazlashuvini amalga oshirish; — moliya tizimida barcha b o ‘g ‘indagi budjetlarning darom ad va xarajatlarini muvozanatlantirish ham da budjet profisitiga erishish; — iqtisodiy rivojlantirish b o ‘yicha davlat siyosatidagi strategiya va m aqsadlarning o'zgarishi asosidagi faol moliya mexanizmini ishlab chiqish ham d a amalga oshirish; — moliya tizimidagi o ‘zgarishlarni o 'z m udd atid a anglab oladigan, ishchan va tajribali mutaxassislar tayyorlash ham d a qayta tayyorlash orqali sam arador moliyani boshqarish tizimini tashkil etish. M oliya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. JJshbu siyosatda iqtisodiyotni rivojlantirish y o ‘nalishlari aniqlashtiriladi, moliya resurslarining um um iy miqdori, uni tashkil etadigan manbalari, shakllangan moliya resurslarining taqsimlanishi va sarflanishi ham da ushbu jaray o n da moliya usullaridan foydalanish o'z aksini topadi. Shuni ta ’kidlash lozimki, m oliya siyosati davlatning faoliyat ko'r- satishida nisbatan mustaqil soha hisoblanadi. Amalga oshirishda k o‘zda tutilgan chora-tadbirlarning xususiyati ham da yuzaga chiqarish m uddatlariga asosan moliya siyosatini ikki yo'nalishdagi siyosatga ajratish m umkin: 1. Strategiya yo‘nalishidagi moliya siyosati. 2. Taktik yo'nalishidagi moliya siyosati. Moliya siyosatining asosini strategik yo'nalishdagi moliya siyosati tashkil etadi. U shbu siyosat m oliya siyosatini uzoq va o 'r ta m uddatli yo'nalishi hisoblanib, u davlatning iqtisodiy rivojlanish faoliyati h a m da m am lakat ijtimoiy sohasining xususivatlaridan kelib chiqib kelajak- da k o 'z d a tutilgan asosiy vazifalarning amalga oshirilishini moliya resurslari bilan t a ’m inlanishi yuzasidagi moliya chora-tadbirlarin ing yig'indisidir. Davlat o 'z vaqtida moliya siyosatining strategik yo'nalishlarini amalga oshirish maqsadida moliya m unosabatlarining taktik yo 'n a- lishlaridan foydalanadi. M oliya siyosatining taktik yo'nalislu o'z mohiyatiga ko'ra qisqa muddatli bo'lib, uning yordam ida davlat moliya resurslarini jalb etishlik, ushbu resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan sarflanishini, iqtisodiy va ijtimoiy jaray on larni tartibga solib turish ham da iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirishni o 'z ichiga oluvchi chora-tadbirlarning yig'indisidir. Bu c h o ra-tadbirlar o'zaro bir-birini to'ldirib turuvchi hisoblanadi. Davlat moliya siyosatini ishlab chiqishda jam iyatdagi tarixiy ri- vojlanishning aniq xususivatlaridan kelib c h iq m o g 'i shart. Moliya siyosatining strategik yo'nalishida davlatning mavjud haqiqiy iqtisodiy va moliya imkoniyatlari ham da xalqaro holatlar hisobga olinishi lozim. Joriy xususiyatlar esa moliya siyosatining taktik yo'nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar orqali bosqichm a-bosqich, samarali h a m da tejamkorlik yo'lidan foydalanib am alga oshiriladi. Biz moliya siyosatidagi strategik va taktik yo'nalishlarning uzviy bog‘liq holda olib borilishini 0 ‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish tajribasida k o ‘rishim iz m um kin. Iq tiso d iy o tn i bozor m uno sabatlariga o ‘tishning b irin ch i bosqichida g‘o yat m u h im va birinchi darajali chora-tadbirlar h am d a ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar ilgari surildi. Moliya va soliq siyosati sohasida: — qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjetidagi defitsitni iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini bosqichm a-bosqich qisqartirib borish; — budjet m ab la g ia ri d a ro m a d tushganidan keyingina taqsim- lashtiriladigan y o ‘ldan og‘ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur um um davlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘ ajratish; — xalq x o ‘jaligi tarm oqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan qilib ta ’m inlash amaliyo- tidan voz kechish va ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan ketig foydalanish; — soliq tizimini takoinillashtirish, budjet darom adlari barqaror sur’atda t o ‘ldirib turilishini t a ’minlaydigan, kichik va xususiy korxo- nalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan va xalq iste ’m oli m ollarini ishlab chiqaradigan q o'shm a korxonalarning rivojlanishini rag‘batlantiradigan pishiq puxta soliq siyosatini olib borish. Albatta, bu yuqorida t a ’kidlab o'tilgan ch ora-tadbirlar, iqtiso- diyotning o ‘sha davridagi rivojlanish holatiga, m am lak at aholisini ijtimoiy him oya qilish m aqsadida mablagUarni shakllantirish uchun soliqlar stavkalarining yuqoriligi h a m d a sifatan yangi iqtisodiyot tarm oqlarini tashkil qilish bilan bog'liq xarajatlarni kerakli moliya m ablag‘lari bilan ta ’m inlash u c h u n zarur bo‘lgan majburiy chora- tadbirlar edi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga bosqichm a-bosqich o ‘tishi- ning keyingi bosqichlarida iqtisodiyotning ustuvor sohalari hisoblangan Buxorodagi «Qorovulbozor» neftni qayta ishlash birlashmasi, Asakadagi « U z D E U » yengil avtom obillar ishlab chiqarish korxonasi, Samar- qanddagi «Sam ko‘chavto» yuk va yo'lovchi tashuvchi avtomobil ishlab chiqarish korxonasi, Q ashqadaryodagi «Sho'rtarigaz» kimyosanoat k o m p le k s la r in in g ishga tu s h ir ilis h i n a tija s id a , d a v la t b u d jetig a q o ‘sh im c h a pul m ab lag'larin i kelib tushishini t a ’m in ladi. 0 ‘zbe- kistonning g‘alla mustaqilligiga erishishi natijasida esa xorijdan g ‘alla mahsulotlari im port qilish salmog‘i keskin kamaydi va bu omil valuta mablag‘larini tejashga olib keldi. M amlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez sur’atlar bilan rivojlanishi nafaqat davlat budjetiga q o'shim cha m ab - lag‘larning kelib tushishi bilan birga aholini q o ‘shim cha ish o ‘rinlari bilan t a ’minladi. Bu yuqoridagi om illar bilan bir qatorda davlat budjeti sarflarining omilkorlik va m anzilli sarflanishi jarayonlari h a m amalga oshirila boshladi. Ushbu ijobiy o'zgarishlar davlatimizning moliya siyosatiga o ‘z t a ’sirini k o 'rsatd i. 2007-yil 25 -dekabrda tasdiq langan va 2008- yil 1 -y an v a rd a n kuchga kirgan « 0 ‘zb ek isto n Respublikasi Soliq Kodeksi» va 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub- likasining «Budjet tizimi t o ‘g ‘risida»gi Q o n u n i m amlakatimizdagi m o liya siyosatining sifatan yangi darajaga ko'tarilganligidan dalolat beradi. Davlat olib borayotgan moliya siyosati jam iyat iqtisodiy manfaatlari va aholining ayrim ijtimoiy guruhlarining talablaridan kelib chiqadigan maqsad hamda vazifalar hal etilishi bilan bog'liqdir. Shuning u ch u n moliya siyosatini olib b orishda moliya m exa- nizmining ahamiyati kattadir. Biz mazkur darsligimizning keyingi para- grafida moliya siyosatini amalga oshirishda moliya m exanizm ining mohiyati va o ‘rnini yoritishga harakat qilamiz. 3 .4 . M oliya siyosatini amalga oshirishda moliya mexanizmining mohiyati va o ‘rni Davlat moliya siyosatini tashkil etuvchisi moliya m exanizm i hisoblanadi, chunki u orqali davlatning moliya munosabatlari sohasidagi butun faoliyati amalga oshiriladi. Moliya mexanizm i o'zining mohiyatiga k o 'ra davlat to m o n id an jamiyatda moliya munosabatlarini tashkil etishdagi shakl, turlar h a m d a usullarning yig‘indisi hisoblanadi. Moliya m exanizm i-m oliya am aliyo- tida yuzaga chiqadigan moliyaning tarkibidagi elem entlarni mujas- samlashtirgan. Moliya resurslarining shakllari, ularni shakllantirish usullari, qo n u n c h ilik asosidagi m e ’yo r va u larning tizim i, bu djet tizimini tashkil etish, xo'jalik subyektlarining moliyasi ham da qimm atli qog‘ozlar bozori ushbu elementlarga kiradi. Shuni t a ’kidlash lozimki, moliya mexanizm ining elementlari o ‘zaro bog‘liqlikda faoliyat k o ‘r- satadi. Moliya mexanizmi bu rnoliya siyosatining aksari hollarda o ‘zgarib turuvchi qismi hisoblanadi. Davlat tomonidan jamiyatdagi joriy iqtisodiy holatni ham da m am lakat ijtimoiy holatini hal etishdagi q o ‘yilgan taktik vazifalarning hal etilishi xususiyatlariga asosan moliya mexanizmi o ‘zgarib turadi. Davlat qonun chiqaruvchi va ijrochi organ sifatida moliya munosabatlarini turlicha tashkil etishi mumkin. Masalan, bunday moliya munosabatlari vakolatli davlat organlari hamda faoliyat ko‘r- satayotgan xo ‘jalik subyektlari o ‘rtasida davlat budjetining darom ad- larini shakllantirish maqsadida ulardan turli soliqlar to ‘lovlarini undirish asosida tashkil etilishi mumkin. Davlat tom onidan soliq tizimini tashkil etishda um um d av lat va mahalliy soliqlarni, bevosita va bilvosita soliqlarning turlarini, har bir soliq turi bo ‘yicha obyekti, subyekti, soliq stavkalari, soliqlar bo ‘yicha imtiyozlarning ro ‘yxatini ham da amaldagi soliq qonunchiligining o ’zgarish yuzasidagi boshqa elem ent- larni hisobga olishi zarur. Buning uchun davlat organlari barcha iqtisodiy qonunlarni juda puxta o ‘rganishi ham da moliyaning rivojla- nishini mukam mal aniqlashi lozim. Moliya mexanizmi o ‘z mohiyatiga ko‘ra asosan ikkiga bo'linadi: direktiv moliya mexanizmi; tartibga solib turuvchi moliya mexanizmi. Direktiv moliya mexanizmida asosan davlatning vakolatli organlari to m o n id a n moliya m unosabatlari ishlab chiqiladi. U shbu moliya munosabatlariga soliqlar, yig‘imlar, davlat krediti, budjet xarajatlari, budjetdan moliyalashtirish, budjet tuzilmasini tashkil etish, budjet jaravoni, budjetlararo m unosabatlar ham da moliyaviy rejalashtirish kiradi. Direktiv moliya mexanizmida davlatning vakolatli organlari jamiyat- da moliya munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi majburiy bo'lgan tartib-qoidalar tizimini ju da puxta va m ukam m al holda ishlab chiqadi. Shuni ham t a ’kidlash lozimki, ba’zi holatlarda ishlab chiqilgan direktiv moliya mexanizmi davlat bevosita ishtirok etmaydigan moliya munosabatlarini o ‘z tarkibiga kiritishi mumkin. Bu holat jam iyatda moliya siyosatini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega b o ‘lgan sohalarning faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday sohaga korpo rativ qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini misol qilib ko'rsatish mumkin. Tartibga solib turuvchi moliya mexanizmi davlat manfaatlariga t o ‘g !rid a n -to ‘g ‘ri t a ’sir etmaydigan moliya munosabatlarining aniq segmentida faoliyatni tartibga solib turadi. T a ’kidlab o'tganim izdek, moliya m exanizm i tuzilishi jih atd an m urakkab tizim hisoblanib, uning tarkibiy qism i xilm a-xil m oliya m u n o sa b a tla rid a n tash k il etishi hisoblanadi. Bunday holatlarda davlatning vakolatli organlari to m o - nidan b u n d a y x o ‘jalik subyektlari u c h u n ular b a rc h a soliq lar va yig‘imlarni t o ‘lab b o ig a n id a n so‘ng ular ixtiyorida qoladigan moliya resurslaridan foydalanishning faqat u m u m iy tartib-qoidalarini o ‘rna- tadi. X o‘jalik subyektlari esa ixtiyorida qolgan moliya resurslaridan foydalanishning shakllari, pul jam g'arm alari turlarini mustaqil tarzda ishlab chiqadilar. Moliyani boshqarishda davlat to m o n id a n puxta va m u k am m a l ishlab chiqilgan faoliyat olib borishlikni ham d a bu faoliyatda moliya mexanizm idan oqilona foydalanishni talab etadi. O 'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining b o sqichm a-bosqich bo- zor m unosabatlariga o ‘tishi, iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi h a m d a m ulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni natijasida moliya mexanizm i bir qator o ‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bunga quyidagi omillar bevosita t a ’sir ko'rsatdi: 1. B u d je tla ra ro m u n o s a b a tla r s ifa ta n o 'z g a r i s h in i n g a m a lg a oshirilishi. M ahalliy budjetlar xarajatlarning sarflanishida katta vako- latga ega b o ‘lishdi, ulardagi mavjud budjet taqchilligi (defitsiti) davlat budjeti tarkibiga kiritildi. 2. Davlat budjetining taqchilligi asosan O 'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tom onidan m uom alaga davlatning qisqa m uddatli obligatsiyalari va davlat o ‘rta muddatli g'azn a majburiyatlarini chiqarish yordamida qoplanishi amalga oshirilmoqda. 3. Davlat budjetidan tashqari maqsadli budjetdan tashqari ja m g 'a r- malar tashkil etildi (Respublika yo'l ja m g ‘armasi. davlat bandlik ja m - g'arm asi, pensiya ja m g ‘armasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Q o ‘mitasining maxsus fondi). 4. M am lakatda moliyani boshqarishda o'zgarishlar amalga oshirildi. ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o'm itasi, Hisob palatalari taslikil etildi). 5. Davlat va xususiylashtirilgan xo'jalik subyektlari o 'rta sid a g i o'zaro m unosabatlar soliq toMash asosiga o'tkazildi. 6. Milliy q im m atli qog‘ozlar b o z o rin in g tashkil etilishi natijasida x o ‘jalik suby ek tlarini m uom alaga k o rp o ra tiv q im m atli q o g ‘o z la rn i chiqarish ta r tib -q o id a s i o'zg ard i va b u jara y o n q a ttiq n a z o r a tg a olindi. Yuqoridagi omillar esa iqtisodiyotning bozor munosabatlari sha- roitiga o'tish davrida bu jarayonlar talabiga javob beradigan oqilona moliya siyosati olib borishlikni talab etadi. Moliya siyosati olib borili- shida moliya mexanizmi mohiyatining juda kattaligiga guvoh b o ‘ldik. Oqilona tashkil qilingan moliya mexanizmi xo'jalik subyektlarida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va mamlakat mintaqalarining moddiy m an- faatdorligini oshirishga h a m d a budjet mablag‘lari tejamkorlik bilan sarflanishini to ‘g ‘ri yo'lga qo'yishiga xizmat qiladi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling