O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
.5 . M oliya tizimi va uning bo‘g ‘inlariga tasnif
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-chizma. 0 ‘zbekiston R espublikasida m olivani boshqarish tizim i.
- 5-chizma. 0 ‘zbekiston Respublikasida Moliya tizimi.
- 3 .6 . M oliyani boshqarishning hozirgi zamon tizimi
- 7 — O.Yu. Rashidov va bosh. 97
- 6-chizma. O ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o‘mitasining tarkibiy tuzilishi
3 .5 . M oliya tizimi va uning bo‘g ‘inlariga tasnif Iqtisodiy adabiyotda «moliya tizimi» tushunchasi ikki xil m a’noda talqin etiladi. Ulardan birinchisi asosan pul operatsiyalari bilan shu- g ‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari (tijorat banklari, investitsiya fondlari va konipaniyalari) faoliyatining yig‘indisidan iboratligini anglatadi. Ikkinchisi esa butun moliya munosabatlari tizimidan iboratliligini ang latadi, lekin bu «tizim» tushunchasi o ‘zaro bog'liqlikni bildiradi. Bunga asosan alohida olingan moliya munosabatlari, uning ishtirokchilari va b o ‘g‘inlariga vaholanki moliya tizimiga ta ’rif berish mumkin. Moliya tizimi — turli moliya munosabatlarining yig‘indisi hisoblanib, bu muno- sabatlar jarayonlarida xo ‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning pul m ablag'lari jam g'arm alari turli shakllar h a m d a usullar yordam ida shakllanadi, taqsimlanadi va sarflanadi. Moliya tizimini moliya munosabatlari ishtirokchilarining o ‘ziga xos xususiyatiga asosan 4-ch izm ad a ko'rish mumkin. C hizm adan ko‘rinib turibdiki, moliya tizimi ikki asosiy va o'zaro bog‘langan b o ‘g‘inostidan iborat. Birinchisiga, markazlashgan moliya kirib, u iqtisodiyot m iqyosida kengaytirilgan ishlab chiqarishning ehtiyojlarini vajam iyat aholisining ijtimoiy guruhlarini ijtimoiy himoya qilish uch u n kerakli moliya mablag‘lari bilan t a ’minlash vazifasini amalga oshiradi. Ikkinchisiga xo'jalik subyektlarining moliyasi kirib, u alohida olingan subyektlarning ishlab chiqarish jarayonlarini pul mablagMari bilan t a ’m inlashni amalga oshiradi. M oliya tizim ining m arkazlashm agan moliya b o ‘g ‘inosti moliya tizimining asosi hisoblanadi, chunki xo‘jalik subyektlarining moliyasida, y a ’ni asosan moddiy ishlab chiqarish sohasida moliya resursiarining asosiy qismi shakllanadi. X o ‘jalik subyektlarining moliyasi, moliya tizim ining bo‘g‘ini sifatida m amlakatdagi pul mablag'lari jaing‘ar- m alarining manbayi hisoblangan milliy d aro m ad yaratiladi. Shuni 4-chizma. 0 ‘zbekiston R espublikasida m olivani boshqarish tizim i. a lo h id a ta ’kidlash lozimki, markazlashmagan moliya pul mablag'larining h olatidan m amlakatning moliya holati bevosita bog'liqdir. Chunki m arkazlashmagan moliya b o ‘g ‘inostida yaratilgan milliy darom ad ning m iqdori qanchalik ko‘p bo'lsa, markazlashgan moliya b o ‘g ‘inostiga k o ‘p m ablag‘ tushishi amalga oshadi. X o ‘jalik subyektlari o'zining faoliyati asosida o ‘ziga xos guruh- lard a n , y a ’ni sanoat, savdo, q ish loq x o ‘jaligi, x izm a t k o ‘rsatish, transport va boshqa sohalardan tashkil topgan. 0 ‘z vaqtida xo‘jalik subyektlari o ‘zlarining mulkchilik shakliga asosan guruhlarga b o ‘linib ketadi, y a ’ni davlat korxonalari, davlat u n ita r korxonalari, ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, yopiq aksiyadorlik jam iyatlari, xorijiy sarmoya 5-chizma. 0 ‘zbekiston Respublikasida Moliya tizimi. ishtirokidagi qo'shm a korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va xususiy korxonalar moliyasidan iboratdir. Agar xo'jalik yurituvchi subyektlarning tarm oq sohasiga va tashkil etilishining mulkchilik shakli bo'yicha emas, ularni faoliyatini tijorat asosida yuritishiga ko'ra asosida guruhlarga bo'lsak, bu holatda: — tijorat asosida faoliyat yuritayotgan subyektlarning moliyasi; — notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyasi; — jam o at (homiylik asosida) subyektlarning moliyasiga ajratish mumkin. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o ‘tish sharoitida jud a ko‘p xo'jalik subyektlari o ‘z faoliyatini tijorat asosida tashkil etadi. Ularning moddiy xarajatlari, m ehnat jam oalarini ijtimoiy rivojlantirish xarajat- larini qoplashning yagona manbayi foyda hisoblanadi. Bunday omillar t a ’sirida davlat vakolatli organlarining asosiy manfaati foyda ko'rib faoliyat ko'rsatuvchi xo'jalik subyektlarini rivojlantirishga yordam berish hisoblanadi. Ushbu xo'jalik subyektlarining faoliyati natijasida milliy darom ad yaratiladi. Ular ixtiyorida juda katta pul mablag'lari ja m g ‘ar- malari aylanishi amalga oshirildi. Natijada markazlashgan moliya bo‘- g'inlari kerakli pul mablag‘lari (soliqlar, turli yig'im lar shaklida) bilan t a ’minlanadi. Moliya tizimining asosiy b o ‘g ‘ini, markazlashgan moliya hisob lanadi. Bunda moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy darom adni taqsimlash ham da qayta taqsimlash natijasida markazlashgan pul mablag‘lari resurslari shakllantiriladi. Davlat ixtiyorida bunday markazlashgan pul mablag‘lari resurslarining jamlanishi eng aw a lo uni m amlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish faoliyati bilan bog‘liqdir. M arkazlashgan pul m ab lag ‘lari resurslarining shakllari budjet, budjetdan tashqari har xil ja m g 'a rm a la r h a m d a davlat krediti hisoblanadi. Davlat budjeti b u tu n moliya tizim ining asosiy bo 'g 'in i hisoblanadi. Davlat budjeti to 'liq davlat mulkchiligi hisoblanib, u O 'z b e k isto n Respublikasining «Budjet tizimi t o ‘g'risida»gi Q o n un i va « 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi» asosida tashkil etiladi. Davlat budjeti o ‘zaro bog‘liq ikki qismdan, darom adlar va xarajatlardan iborat. Davlat budjetining darom adlar qismida pul m ablag‘larining m anbalari h am d a ularning miqdoriy tasnifi ko'rsatiladi. D a ro m a d lar tarkibiy tuzilishida asosan soliqlar, turli yig‘imlar, bojxona bojlari va boshqa tushum lar aks ettiriladi. Davlat budjetining xarajatlar qism ida budjet m ablag'- larining sarflanishi sohasi va ularning miqdoriy tasnifi beriladi. Xarajatlar tarkibida iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtim oiy-m adaniy tadbirlar, davlat organlarini saqlash ham da mudofaa xarajatlarini k o ‘rsatish m um kin. Davlat budjeti xarajatlari tarkibidagi u yoki bu sohaning ulushi bu davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, aholining m oddiy hayoti holatiga bevosita bog‘liqdir. I Davlat budjetining tarkibiy tuzilishi esa h ar bir davlatning konsti- j tutsiyaviy tizimiga bog‘liq. Federal davlatlarda (A Q S H , G F R , Rossiya, I H indiston, Shveytsariya va boshqalar) u c h b o ‘g ‘inli budjet tizimi i tashkil etilgan, unitar davlatlarda (Yaponiya, 0 ‘zbekiston, Q ozog‘iston va boshqalar) esa ikki b o ‘g‘inli budjet tizimi am al qiladi. Har bir mamlakatda turli darajadagi budjetlardan tashqari maqsadli jam g'arm alar tashkil etiladi. Ushbu bujetdan tashqari jam g 'a rm a la r soliq toMovchilarining majburiy ajratm alar hisobidan tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan quyidagi budjetdan tashqari jam g 'arm alar mavjud: — Respublika yo'l jam g ‘armasi; — Davlat bandlik jam g'arm asi; — Respublika pensiya ja m g ‘armasi; — 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Q o'm itasining maxsus fondi. Budjetdan tashqari jam g'arm alarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moliya zaxirasi hisoblanadi. C h u n k i ularning m ablag‘lari faqatgina aniq m aqsadga sarflanadi. M asalan, Respublika pensiya ja m g ‘armasidan faqatgina pensiyalar t o ‘lashga, nogironlik nafaqasiga, boquvchisini yo'qotgani uch u n nafaqaga, ijtimoiy nafaqalar to'lashga sarflanadi. Budjetdan tashqari ja m g ‘arm alarning d a ro m a d qismi ham aniq ajratmalar hisobiga shakUantiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining 2006-yil uchun tasdiqlangan budjetida mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar m ehnatga haq to ‘lash jam g‘arrnasiga nisbatan quyidagi ajratmalarni t o ‘laydilar: — Respublika pensiya jam g ‘armasiga — 24,2 %; — Davlat bandlik jam g'arm asiga — 0,5 %; — 0 ‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushma kengashiga — 0,3 %. Lekin shuni t a ’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yildan-yilga yuridik shaxslar va aho lid an olinadigan soliqlar va yig'imlarning stavkalari pasaytirib kelinm oqda. Bunga misol qilib, 2000-yilda Respublika pensiya ja m g ‘arm asiga ajratm a stavkasi 37,3 % bo'lgan b o ‘lsa, bu k o ‘rsatkich 2010-yilda 25,0 % ni tashkil etdi va boshqalarni keltirishimiz murnkin. M arkaz- lashgan moliyaning asosiy qismi davlat krediti hisoblanadi. Shuni t a ’kidlash lozimki, keyingi vaqtda davlat kreditining ahamiyati o ‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi har bir alohida olingan davlatning pul m a b la g 'la r ig a b o ‘lgan e h tiy o ji h iso b la n a d i. D a v la t b u d je ti daromadlari va xarajatlari o ‘rtasidagi muvozanatining yo‘qligi, budjet taqchilligining mavjudligi natijasida davlat katta m iqdordagi pul mablag'lariga ehtiyoj sezadi. Yuzaga chiqqan salbiy holatning oldini olish maqsadida, vakolatli davlat organlari pul emissiyasining oldini olish, inflatsiyani z a ru r darajada ushlab turish m aqsadida davlat kreditidan foydalanadilar. 0 ‘zbekiston Respublikasida mavjud budjet taqchilligini qoplash m aqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi m uom alaga d a v la t k r e d i t i n i n g s h a k li h i s o b l a n g a n d a v la t q isq a m u d d a t l i obligatsiyalari ( D K M O ) va davlat o ‘rta muddatli g'azna majburiyatlari ( D O ‘M H M ) chiqarm oqda va ularni faqatgina yuridik shaxslar o ‘rtasida joylashtirishni amalga oshirib kelmoqda. 3 .6 . M oliyani boshqarishning hozirgi zamon tizimi Moliyani boshqarish tizimi m uhim ahamiyatga ega b o ‘ladi, chunki u m am lakat iqtisodiyotini boshqarishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi davrda iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi oqilona y o ‘lga qo'yilgan va boshqarilib turuvchi moliya tizimi ham da fond bozorisiz m u m k i n e m a s . M o liy a tiz im i m o d d iy va m a ’n a v iy n e ’m a t la r yaratiladigan real iqtisodiyot negizida faoliyat ko‘rsatadi. 0 ‘z vaqtida moliya tizimi bu real iqtisodiyotning faoliyat ko'rsatish shart-sharoit- larini belgilab beradi. Bozor m unosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda, moddiy va n o m oddiy resurslarni taqsimlashda h a m d a pul o qim lari o q ilo n a sa rflan ish ida m o liy a tiz im i m u h im ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda moliya tizim i real iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy m u am m o lam i hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, dastaklar ham da moliya institutlarining barch a b o ‘g‘inlari faoliyatining yig'in- disidan iborat. Shuning uchu n jam iyatni ja m o a t — siyosiy hayotida oqilona m uvozanatni saqlab turish, u n i rivojlantirishda, davlat organ- larining barcha b o ‘g‘inlari o'rtasida m unosabatlarni y o ‘lga q o ‘yishda moliyani boshqarish ju da m urakkab h am d a puxta ishlab chiqilgan moliya tizimini talab etadi. M am lakatim izda moliyani boshqarish eng a w a l o davlatimizning oliy qonunchilik organlari to m o n id an amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan moliyani boshqarish oliy qonunchilik organlari hisoblangan Oliy Majlisning ikki palatasiga, ya’ni Senat va Quyi Qonunchilik Palatasiga yuklatilgan. Bunday boshqaruv eng a w a lo davlat budjetini ko‘rib chiqish, uni tasdiqlash h a m d a budjet ijrosini tasdiqlashda yuzaga chiqadi. Oliy Majlis b u n d a n tashqari soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy t o ‘lovlar t o ‘g ‘risidagi qonunlarini ko ‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. Moliyani boshqarishda oliy qonunchilik organlaridan biri 0 ‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti devoni hisoblanadi. Amaldagi qo n u n - chilikka asosan Prezident devoni to m o n id an m am lakatdagi moliya siyosatini olib borish, iqtisodiyot tarm oqlarini rivojlantirishda soliqlar bo ‘yicha imtiyozlar berish yuzasidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining Farm onlarini qabul qilish uch u n takliflar kiritadi. Moliyani boshqarishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi m uhim o ‘ringa ega. Ushbu organga asosan davlat budjeti va budjetdan tashqari ja m g ‘arm alar mablag‘larining harakatini m aqsadli nazorat qilish yuklatilgan. Bundan tashqari, qabul qilingan qonunlam i moliyaviy nuqtayi nazardan ekspertiza qilishni amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan m am lakatim izda moliyani boshqarishda ju d a katta vakolatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asiga yuklatilgan. U shbu vakolatli organ to m o n id a n davlat budjetini ishlab chiqish, un in g ijrosini n azorat etish h am da mam lakatim izda moliya, pul, kredit va fond bozorida yagona siyosat olib boriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi m am - 7 — O.Yu. Rashidov va bosh. 97 lakatdagi barcha vazirliklar va idoralaming moliya faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib turadi. Biz yuqorida t a ’kidlab o ‘tgan moliyani boshqarishdagi um um iy boshqaruvdan tashqari uni aniq amalga oshiruvchi tezkor(operativ boshqaruv) moliya apparati mavjud. M amlakatimizda moliyani bosh- qarishni joylarda ijro etuvchi barcha tashkiliy tuzilm alarning jamlamasi moliya apparatini tashkil etadi. Agar biz moliyani boshqarishning um umiy va tezkor sohalarini um um lashtirsak, u holda moliyani boshqarish tizimini shakllantirib uni quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin. M oliya tizim ida 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi m uhim o ‘rin egallaydi. Buning asosiy sababi, Moliya vazirligi nafaqat moliya siyosatini ishlab chiqib, uni amalga oshiradi, balki o ‘z vaqtida davlat ijroiya organlari tom onidan bajarilishini bevosita nazorat etadi. Moliya ni boshqarishda Moliya vazirligiga amaldagi qonunchilikka asosan quyidagi vazifalarni bajarish yuklatilgan: — m anfaatd o r vazirliklar va idoralar bilan birgalikda milliy iqtiso- diyotni rivojlantirish yuzasidan qisqa ham d a uzoq m uddatli reja- taxm inlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; — m am la k a t oliy ijroiya organlari bilan birgalikda davlatning markazlashgan pul mablag‘lari resurslariga bo ‘lgan ehtiyojini aniqlaydi va uni davlat ham da mahalliy budjetlar o'rtasida taqsimlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi; — davlat budjetining loyihasini tayyorlash yuzasidan ishni tashkil etadi, mahalliy budjetlar u c h u n umumdavlat soliqlaridan ajratmalari m e ’yorlari loyihasini ishlab chiqadi, ajratiladigan subvensiya hamda dotatsiyalarning miqdorini belgilaydi; — davlat budjeti va budjetdan tashqari jam g 'arm alarning ijrosini t a ’m inlaydi; — D avlat Soliq Q o'm itasi bilan birgalikda soliq tizimi va soliq siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi; — m anfaatdor vazirliklar, idoralar va kom paniyalar bilan birgalikda narx-navo siyosatini (ta ’riflar, imtiyozlar) aniqlashda ishtirok etadi; — D avlatning qisqa h a m d a uzoq m uddatli obligatsiyalarni m uo- m alaga c h iq a rish va u larn i joylashtirish b o ‘y ich a takliflar ishlab c hiqadi; — milliy qim m atli q o g 'o z la r bozorini shakllantirish va uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; — m am lakatda sug‘urta faoliyatini takom illashtirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda ishtirok etadi va nazorat qiladi; — Vazirlar M ahkamasining topshirig‘i va vakolati b o ‘yicha xalqaro m oliya tashkilotlari (Xalqaro V aluta fondi, X alqaro Tiklanish va T araqqiyot Banki va boshqalar) bilan ham korlikni amalga oshiradi; — 0 ‘zbekiston Respublikasining tashqi davlat qarzdorligi yuzasidan dasturlar loyihasini ishlab chiqadi va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respub- likasi M oliya vazirligi o ‘ziga yuklatilgan vazifalarni o ‘zining tarkibiy b o ‘g ‘inlari orqali amalga oshiradi. Bu tarkibiy tuzilishni 5-chizm ada. Shuni t a ’kidlash lozimki, O 'zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi va u n in g joylardagi bo‘g ‘inlari o ‘z faoliyatini «Budjet tizimi t o ‘g ‘ri- sida»gi Q onuniga asosan tashkil etadi ham d a am alga oshiradi. O ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiiung b ozor m unosabatlariga bosqichm a-bosqich o'tishi va yangi soliq q o n u n in in g qabul qilinishi natijasida davlat darom adlarida soliqlar va yig‘im larning aham iyatini oshirishga t a ’sir ko ‘rsatdi. Soliq qonunchiligini takom illashtirish va davlat budjetiga darom adlar tush u m in i oshirish m aqsadida Moliya vazirligi tarkibidan maxsus vakolatga ega b o ‘lgan m arkazlashgan soliq organlari tizimini tashkil etishga katta ehtiyoj sezildi. 0 ‘z b e k isto n Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 14 -iy u n d a « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari t o ‘g ‘risidagi nizom »ni tasdiqladi. Ushbu nizomga asosan Vazirlar M ahkam asining 1991-yil 12-avgustida 217-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari to ‘g ‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qon un chilik asosida soliq organlarining mustaqil davlat soliq xizmati sifatidagi faoliyati boshlandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘m itasining m aqom i, uning asosiy vazifalari, funksiyalarining doirasi va faoliyatining kengayishi natijasido 1994-yil 14-yanvarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘mitasiga aylantirish to ‘g ‘risida»gi Farm oni qabul qilindi. Ushbu farm onni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 1994- yil 18-m artda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq q o ‘mitasini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi masalalari t o ‘g ‘risida»gi 114-sonli qarori qabul. qilindi. Ushbu m e ’yoriy hujjatga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo'm itasi m am lakatim izda soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish ham da davlatning iqtisodiy m anfaatlarini va mulkiy huquqlari himoyasini ta ’minlash sohasidagi davlatning vakolatli organi ekanligi belgilab qo‘yildi. M amlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi va bu o'zgarishlarga soliq siyosatini m oslashtirish ham da takomillashtirish m aqsadida 1997-yil 29-avgustda «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 474-1 sonli 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu q on u n n i amalga oshirish maqsadida Vazirlar M ahkam asining 1998-yil 12-yanvardagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o‘- mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to ‘g'risida»gi 14-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu m e ’yoriy hujyatlarda mamlakatimizdagi davlat soliq organlarining amalga oshiradigan asosiy funksiya va vazifalarining doirasi kengaytirildi ham da aniqlashtirildi. Moliyani boshqarishda Davlat Soliq Q o ‘mitasiga amaldagi qonun- chilikka asosan quyidagi vazifalarni bajarish yuklatilgan: — m am lakatda soliq q o n u n hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to ‘g‘ri hisoblanishi, soliqlar t o ‘liq va o ‘z vaqtida toManishi ustidan nazoratni amalga oshirish; — soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shartlarni t a ’minlash, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarga yordam ko'rsatish; — m am lakatda soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish; — soliqqa tortish subyektlari va obyektlarini to'liq va o ‘z vaqtida hisobga olishni ta ’minlash; — soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish; — nazorat qiluvchi organlar tom onidan xo'jalik yurituvchi subyekt- lar moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarning ham- masini muvofiqlashtirish; — jism oniy va yuridik shaxslarni, budjetga soliqlar va boshqa to'lovlarni t o ‘lovchilarni, yuridik ham da jismoniy shaxslarning soliqqa tortish obyektlarini hisobga olishning to ‘laqonli bazasini yaratish; — yagona telekom m unikatsiya tizimini yaratish; — tashkiliy ham da kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va kuchaytirish; — m e ’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, soliq sohasida huquqbuzarlikning oldini olish, soliqlarni yig‘ish va majburiy tarzda undirish funksiyalarini birlashtirish; — belgilangan prognoz k o ‘rsatkichlariga muvofiq budjetga to ‘lov- larning to ‘liq tushishini t a ’minlash; — soliq tizimining unum dorligi va samaradorligini oshirish, salbiy ta ’sir va xatar darajasini pasaytirish; — 0 ‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning borishiga xufiya iqtiso- diyotning roli va t a ’sirini kamaytirish. Y uqorid a t a ’kidlab o ‘tg an vazifalarni D avlat Soliq Q o ‘m itasi quyida keltirilgan chizm ada o ‘zining tarkibiy b o ‘g‘inlari orqali am alga oshiradi. 6-chizma. O ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o‘mitasining tarkibiy tuzilishi 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘mitasi o ‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati t o ‘g‘risida»gi Q o nu n i, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi» va boshqa q o n u n hujjatlariga, shuningdek 0 ‘zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnom alariga amal qilgan holda am alga oshiradi. 0 ‘zbekiston R.espublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng u o ‘zining bojxona chegarasiga ega bo ‘ldi. M ustaqil H am do'stlik Davlatlari va uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy m unosabatlarning faollashuvi, m amlakatlararo eksport-im port hajm ining ortishiga olib keldi. U sh bu omillar asosida bojxona ishini tashkil etishni takom illashtirish, yagona bojxona siyosatini o'tkazish, Respublika bojxona organlari faoliyatining tezkorligi va t a ’sirchanligini oshirish, u larning m am lakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish, shuningdek bojxona ishi sohasida xalqaro ham korlikni y a n a d a kuchaytirish m aqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi « 0 ‘zbekis- ton Respublikasi Davlat Bojxona Q o'm itasining tashkil etish to ‘g ‘- risida»gi PF-1815-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyulda 374- sonli « 0 ‘zbe k isto n Respublikasi Davlat Bojxona Q o ‘m itasin in g faoliyatini tashkil etish to ‘g‘risida»gi qaroriga asosan 0 ‘zbekiston Res publikasi Davlat Bojxona Q o ‘mitasi tashkil etildi. Yuqorida t a ’kidlangan qonunchilikka asosan 0 ‘zbekiston Respub likasi Davlat Bojxona Qo'mitasiga mamlakatimizdagi bojxona bojlarini undirish majburiyati yuklatilgan. Ushbu majburiyatni amalga oshirish maqsadida Davlat Bojxona Q o ‘mitasi quyidagi vazifalarni bajaradi: — mamlakatdagi bojxona organlari to m o n idan soliqlarning to ‘g‘ri va o ‘z m uddatida undirish yuzasidan soliq tekshiruvlarini o ‘tkazish; — joylardagi soliq organlari to m o n id an soliqlarni hisoblash va undirish b o ‘yicha barcha hujjatlarni tekshirishdan o'tkazish; — soliq to ‘lovlarining amaldagi soliq va bojxona qonunchiligini buzganligi yoki majburiyatlarini bajarmaganligi sababli ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari b o ‘yicha barcha operatsiyalarni to ‘xtatib q o ‘yish; — amaldagi soliq va bojxona qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar bo'yicha boqim andalar ham da jarimalarni undirish. Um um ari o linganda, bojxona organlari 0 ‘zbekiston R espub- likasining davlat chegarasidan o ‘tadigan tovarlar yuzasidan amaldagi bojxona soliqiari, valuta ham da bojxona qonunchiligiga amal qilinishi, bojxona bojlarining t o ‘g‘ri hisoblanishi, undirilishini nazorat qiladi. Moliyani boshqarish d a o 'ziga xos o ‘rinni x o‘jalik yurituvchi subyektlardagi moliya xizmati egallaydi. Bunday boshqaruvni olib borishda davlatning vakolatli organlari ishtirok etmaydi va boEhqaruvni m a n fa a td o r t o m o n l a r olib boradi. M oliya boshqaruvini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: — ichki(korporativ); — aksiyadorlar boshqaruvi; — tijorat banklari tom onidan; — auditor firmalari to m o n id an olib boriladigan boshqaruviardir. 1. Ichki boshqaruv. B unday boshqaruvni x o ‘jalik yurituvchi subyektlaridagi tashkil etilgan moliya xizmati, moliya bo‘limlan, moliya m enejm enti va m oliya faoliyatiga taalluqli boshqa xizm atlar olib boradilar. B undan faoliyatda o ‘zlik va jalb etilgan pul m ablag'lardan m aqsadli h a m d a sa m a rad o rlik bilan foydalanishni nazorat etish, moliyaviy holatni tahlil etish, davlat budjeti, budjetdan tashqari ja m - g ‘armalar, tijorat banklari va boshqa mijozlar oldidagi m ajburiyatlarni bajarish, debitorlik-kreditorlik qarzdorlarni nazorat qilish va bajarish amalga oshiriladi. 2. X o‘jalik subyektlarining aksiyadorlari, asosan yirik aksiyadorlar kuzatuvi o ‘z sarm oyalarini sam adorlik bilan foydalanishini h a m d a shu asosda dividend olish m aqsadida moliyani boshqarishda bevosita ishtirok etadi. 3. Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish va uning o ‘z m u ddatida qaytarilishida moliyaning m aqsadli boshqa- ruvida ishtirok etadilar. 4. A uditor firmalari x o ‘jalik yurituvchi subyektlar x o ‘jalik-m oliya faoliyatini n a z o ra t qilish v a q tid a va s h a r tn o m a a s o s id a m o liya boshqaruvida yo ‘l q o ‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda ishtirok etadi. X o‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi ijobiy moliyaviy natijalar bu yerda m oliyani b oshqarishda sa m a rad o r qoida va u slu b la rd a n foydalanilayotganidan dalolat beradi. Buning aksi, x o ‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi salbiy moliyaviy natija (zarar)lar bu yerda moliyani boshqarishda samarasiz uslublardan foydalanilayotganligidan dalolat beradi ham d a qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilishini talab etadi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling