O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
О LIY VA O’RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat univеrsitеti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san`at va muhandislik
grafikasi” yònalishi 201-guruh talabasi Ismoilova Husnora Chizmachilik fanini
o'qitish metodikasi fanidan
Dars ishlanmasi
Mavzu :Oddiy va mahalliy qirqimlar. Ularning chizmalarda belgilanishi.
Tekshirdi: Ibodullayeva Nigora
Bajardi: Ismoilova Husnora
____________________________________________________2023yil 9-sinf
Mavzu: Oddiy va mahalliy qirqimlar. Ularning chizmalarda belgilanishi. (2-grafik ish.Qirqimlar)
I.Darsning maqsadi va vazifasi:
Ta’limiy maqsad.1.Mavzu bo’yicha o’quvchilarga to’g’ri tushuncha berish.
II.Rivojlantiruvchi maqsad.
O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
III.Tarbiyaviy maqsad.
Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash.
Kommunikativ kompetensiyasi: mavzudan kelib chiqib to‘g‘ri javob bera oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirib, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intila oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: Mehnat qonunchiligida o‘z haq huquqlarini biladi, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘la oladi.
IV.Darsning turi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m.
2.Kirish so’zi- 2 m
3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m
4.Yangi mavzu bayoni -20 m
5.Mustaxkamlash -4 m.
6.Darsning xulosasi – 4 m.
7.Uyga vazifa – 2 m
VIII.Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash.
IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish.
X.Yangi dars bayoni: Detaining ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi
t ekislik qo‘llanilsa, hosil bo‘lgan qirqim oddiy qirqim deyiladi. Kesuvchi tekislik proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib o‘tkazilsa, qirqim o‘sha proyeksiyalar tekisligida tasvirlanadi va o‘sha tekislik nomi bilan ataladi. Masalan, 6.3-chizmada kesuvchi A tekislik V ga parallel, ya’ni kesuvchi tekislik frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lgani uchun frontal qirqim deb ataladi. Kesuvchi tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bunday qirqim gorizontal qirqim deb ataladi (7.1-chizmaga qarang).
8.3-chizma.
Agar kesuvchi tekislik profil proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bu holatda profil qirqim hosil bo‘ladi (7.2-chizma, b). Bunday qirqimlar oddiy yoki to4iq qirqimlar deb ham aytiladi
Mahalliy qirqim. Detallarning ba’zi bir joylarida teshik, chuqurcha va o‘yiqlar uchraydi. Ularning shaklini ko‘rsatishda mahalliy qirqimlardan foydalaniladi. 9.2- chizmada gayka kalitining olti yoqli prizmatik teshigini ochib ko‘rsatish uchun mahalliy qirqim qo‘llanilgan. Mahalliy qirqim hosil qilish uchun teshikning simmetriya o‘qi bo‘yicha kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Teshikdan biroz o‘tgandan keyin detaining qirqilgan qismi fikran sindirib olinadi. Detal ko'rinishida bu kesuvchi tekislik fikran o‘tkaziladi. Mahalliy qirqim chegarasi ingichka toiqinsimon chiziqda ko‘rsatiladi.
XI.Дарснинг хулосаси.
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish.
XII.Uyga vazifa.
A)Mavzuni o’qib kelish. B)Konspekt qilish.V)Keyingi darsga tayyorgarlik ko’rish.
Tasdiqlayman:______________ O’TIBDO’.
Do'stlaringiz bilan baham: |