O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi


Download 1.27 Mb.
bet48/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi

Har qanday tipdaga dezinfeksiya kameralari asosan buyumlar solinadigan asli kameradan, issiqlik manbalaridan (olov yoqiladigan o’choq, elektr asboblari va bug’ qozon) va nazorat qiluvchi o’lchov asboblaridan (termometrlar, monometrlar) iborat bo’ladi.


Deyarli hamma tipdagi kameralarda ishga soladigan moslama (bug’ enjektori, motorli shamol haydagich bo’lgan yoki bunday moslama bo’lmagan) sof havoni kiritib, eskisini chiqaradigan shamol haydagich mavjud. Bu moslama kamera ichida haroratni boshqarishga, undagi bug’ni chiqarib yuborishga, Shuningdek zararsizlantirish tugagandan keyin buyumlarni sovutishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, kameralarda dezinfeksiya qiluvchi kimyoviy moddalarni (formalin, ammiak va boshqalar) kiritish uchun forsunka, lotok va boshqa moslamalar shaklidagi maxsus asboblar ham bo’lishi mumkin.
Asli kameralarning ichki va tashqi hajmi kamera tipiga, dezinfeksiyalanayotgan buyumlarning oz-ko’pligiga va ularning kameralarda qanday joylashishiga ko’ra turlichadir. Bug’ kameralari odatda yassi-yumaloq shaklda yasaladi, joylarda quriladigan kameralar esa to’rt burchak shaklida bo’lib hajmi va sig’imi yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari, ba’zan kamera uchun mo’ljallangan xonaning hajmiga bog’liq bo’ladi. Issiqlik manbalari kameralar tipiga ko’ra har xil bo’ladi. Kamera haroratini kuzatib turish uchun burchakli yoki to’g’ri texnik termometrdan foydalaniladi. Namlik maromi psixrometrlar yordamida o’lchab boriladi. Vakuum-kameralardagi siyraklashgan havoni bosimini mono-vakuummetrlar yordamida o’lchanadi. Kamera binosining yuk tushiradigan (toza) qismi tomonida kameraning nazorat o’lchov asboblari o’rnatiladi. Xavfsizlikni taminlash maqsadida kameralarda ortiqcha bug’ni chiqarib yuborib, bosimni pasaytiruvchi ehtiyot ochib - yopqichlar o’rnatilgan.
Mustaqil ish uchun vazifa:
Talaba masala echishi shart. Masala yozma ravishda yechilib, o’qituvchiga baholash uchun topshiriladi
I — masala.
Epidemiolog-vrach ich terlama kasalligi o’chog’ida yakuniy dezinfeksiyani nazorat kilib, quyidagi kamchiliklarni aniqladi:
a) dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan quyidagi narsalar: idish-tovoq, tuvak, kasalning kiyim-kechaklari dezinfeksiya qilinmagan;
b) kiyim-kechaklarni, choyshablarni dezinfeksiya qilish usuli noto’g’ri olib borilgan, ya’ni ular faqatgina yuvilgan;
1. Dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aniqlab, ularni dezinfeksiya qilish tartibini ko’rsatib bering.
2. Dezinfeksiya qilish usullariga tavsif bering.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling