O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Vodorod peroksidi (pergidrol)
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Vodorod peroksidi (pergidrol) - rangsiz, hidsiz, 30-33% suvli eritma, undan 3%, 6% li eritmalar tayyorlanadi. Bunday eritmalar odamlar va hayvonlar uchun zararsizdir. Vodorod peroksidi uy sharoitida yopiq idishda 1 oy mobaynida saqlansa, pergidrolni 0,5 - 0,7% ga yo’qotadi. Uning 1-3% li eritmasi bakteritsid, 3-6% li eritmasi esa sporotsid ta’sirga ega. Vodorod peroksidi ko’pincha yuvuvchi vositalar ("Sulfanol", "Profess", "Lotos", "Astra", "Ayna") tarkibida qo’llaniladi. Vodorod peroksidini 1-6% li yuvuvchi vosita "Sulfanol", "Progress" eritmasi - tiniq, sariqroq ishlov beriladigan predmetlarni buzmaydigan, metallarni zanglantirmaydigai eritmadir. Vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan birga qo’llanishi uning dezinfeksiyalash ta’sirini kuchaytiradi. Vodorod peroksidi va yuvuvchi vositalar quyidagi hollarda ishlatiladi:
a) yuqumli kasalliklar shifoxonasi va bo’limlarda joriy va yakunlovchi dezinfeksiya qilish uchun; b) tug’ruqxonalar profilaktik zararsizlantirish maqsadida yopilganda (yiliga kamida ikki marta) ularni yangidan ochish uchun dezinfeksiya qilish; v) bolalar muassasalarida profilaktik va yakunlovchi dezinfeksiya qilish uchun; g) tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zavodlarda dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish uchun. Yuqorida ko’rsatilgan hollarda vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan aralashmasi quyidagi ob’ektlarni dezinseksiya qilishda qo’llaniladi. a) xonalar yuza sathini yuvish va zararsizlantirish (pol, devor, shift) uchun; b) kiyim-kechaklarni va choyshablarni ivitib qo’yish va yuvish yo’li bilan zararsizlantirish; v) idish-tovoqlarni zararsizlantirish uchun. Tarkibida 0,5% li N2O2 va 0,5% li sintetik yuvish vositasi "Lotos" saqlagan aralashmalar asboblarni sterilizatsiya qilishdan oldin yuvish uchun qo’llaniladi. Polimer material, rezina, oyna, zanglamaydigan metallarni kimyoviy dezinfeksiya qilishda 6% li vodorod peroksid qo’llaniladi. Dezakson-1 - o’ziga xos uksus hidli, rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 8 - 5% li naduksus kislotasi tutadi, suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Dezakson eritma holida aktivligini tez yo’qotish sababli suvli eritmasi tayyorlanishi bilanoq ishlatiladi. Bakteritsid, virusotsid va sporotsid xossaga ega. Profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun hamda plastmassali, zanglamaydigan metallarni sterilizatsiya qilish uchun tavsiya etiladi. Shisha va polietilen idishda 30° dan yuqori bo’lmagan haroratda 6 oygacha saqlanadi. Gibitan - rangsiz 20 % suvli eritma, suv bilan yaxshi aralashadi, qisman zaharli, uzoq saqlanadi. Davolash muassasalarida bakteriyalar chaqirgan infeksiya hollarida joriy va yakunlovchi dezinfeksiya uchun, 0,01 dan 0,5 gacha bo’lgan eritmalari jarrohlik asboblari, jarroh qo’llarini zararsizlantirish uchun qo’llaniladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling