O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi
- Sulfaxlorantin
Axborot uchun ma’lumot
Xlorli ohak yoki oqartirgich ohak issiqqa chidamli, uzoq saqlanuvchi modda. Agar quruq muhitda saqlansa, xlorning faolligi 8 yil ichida atigi 7-9 % kamayishi mumkin. Neytrallangan kalsiy gipoxlorid (NKG) - oq rangli, xlor hidli poroshok. Tarkibida 50-70 % faol xlor saqlaydigan I, II, III navlari ishlab chiqiladi. Bu modda ancha turg’un bo’lib, undagi xlor faolligini 8 yilgacha saqlaydi. Preparat tindirilgan va tindirilmagan eritma holida yoki quruq holda odam yashamaydigan xonalarni, hovli, hojatxonalarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. Tindirilgan eritma tindirilmagan eritmani 2 soat davomida tindirib tayyorlanadi. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi - suvda yaxshi eruvchan, xlor hidli, oq kristall poroshok. Tarkibida 55— 60 % aktiv xlor saqlaydi. Saqlaganda uzoq turadi. Tuzning suvdagi eritmasi o’z faolligini uch kechayu-kunduzgacha saqlab, bakteriotsid, sporotsid va fungitsid ta’siriga ega. Preparat yuvuvchi, dezinfeksiyalovchi vositalar tarkibida bo’lib, profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun qo’llaniladi. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli va kaliyli tuzining suvli eritmasi hayvonlarga unchalik ta’sir qilmaydi. Ammo 0,2 % va undan ortiq faol modda saqlaydigan eritmalari odam og’iz bo’shlig’ini hamda ko’zni achishtiradi. Shuning uchun dezinfeksiya qilishdan ilgari xonalar odamlardan bo’shatiladi, ishlovdan so’ng xonalar shamollatiladi. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari, ularning yuvuvchi vositalar bilan aralashmasi bakteriyalar yoki viruslar chaqirgan ichak va nafas yo’li infeksiyalari o’choqlarida kiyim-kechak, idish-tovoq, o’yinchoqlar va boshqa buyumlarni dezinfeksiya qilishda qo’llaniladi. Sulfaxlorantin - dixlormetingidratin asosida sanoatda ishlab chiqiladi, tarkibida 15 % faol xlor saqlaydi. Preparat uzoq saqlanib, xloraminga nisbatan 10 barobar faol bo’lib, bakteritsid, tuberkulitsid, virusotsid, fungitsid ta’sirlariga ega. Uning 0,1 - 0,2 % eritmasi ichak va nafas yo’li infeksiyalari o’choqlarida dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladi. Xlorsin - tarkibida dixlorizotsianur kislotaning 20% kaliyli, 30 % natriyli tuzi hamda sirti aktiv modda saqlaydi, xlor hidli oq poroshok (kukun). Tarkibida 11 - 15 % aktiv xlor saqlaydi, suvda yaxshi eriydi. Bakteriya va viruslar chaqirgan infeksiyalarda profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun mo’ljallangan. Xlordezin - tarkibida dixlorizotsianur kislotaning tuzlari hamda sirti aktiv modda saqlaydigan, suvda eruvchan, ozgina xlor hidli oq kukundir. Tarkibida 11-15 % faol xlor bor. Eritmalari tiniq (rangsiz) bo’lib, ishlov berilgan predmetlarning o’ziga va ularning ko’rinishiga ta’sir qilmaydi, o’ta bakteriotsidlik xossaga ega. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling