O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet45/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Natriy metasilikati - suvda yaxshi eruvchan, oq kristall modda. Uning suvdagi eritmasi yuvuvchi va zararsizlantiruvchi va oqartiruvchi xossaga ega. Ammo u matolarning rangini o’zgartiradi, shishalarda yuvilmaydigan dog’ qoldiradi. Shuning uchun dag’alroq yuza sathini zararsizlantirish uchun tavsiya etiladi.


Dezinfeksiya turlari
Dezinfeksiyaning ikkita turi: o’choqli (epidemiyaga qarshi) va profilaktik dezinfeksiya farq qiladi.
O’choqli dezinfeksiya yuqumli kasallik paydo bo’lganda joylarda, ya’ni infeksiya o’choqlarida o’tkaziladi.
O’choqli dezinfeksiyaning ikkita turi: joriy va yakunlovchi dezinfeksiya farq qilinadi. Infeksiya o’chog’ida infeksiya manbai mavjud bo’lgan vaqt mobaynida va binobarin, ko’p marta o’tkaziladigan dezinfeksiya joriy dezinfeksiya deyiladi. Joriy dezinfeksiyani tibbiyot xodimlari yoki bemorga qarovchilar va uning oila a’zolari o’tkazishlari mumkin. Bemorni shifoxonaga yotqizilgandan keyin, infeksiya o’chog’idagi hamma narsalarni qunt bilan o’z vaqtida zararsizlantirish, ya’ni yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni boshlang’ich paytidayoq yo’qotish bu yakunlovchi dezinfeksiya deyiladi. Yakuniy dezinfeksiya, maxsus dezinfeksiya stansiyalari xodimlari yordamida o’tkaziladi.
Profilaktik dezinfekiiya aniqlangan infeksiya manbai bo’lmaganda o’tkaziladi. Profilaktik dezinfeksiya yordamida yuqumli kasalliklarning tarqalish ehtimolining oldini oladi.
Dezinfeksiya usullari

Dezinfeksiyaning asosan to’rtta usullari bor: mexanik, fizikaviy, kimyoviy va biologik. Amaliyotda ularning har biridan alohida yoki bir necha usuldan birgalikda foydalaniladi.


Dezinfeksiyaning fizikaviy usuli. Bu usulda zararsizlantirish uchun yuqori haroratning har xil turlaridan (olov, issiq havo, qaynatish va suv bug’i) Shuningdek quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlari va radiatsiyaning boshqa vositalaridan foydalaniladi.
Fizikaviy usul Shuningdek mikroblarni o’ldirmay, zararsizlantirish, ya’ni ularni yo’qotadigan barcha mexanik usullarni ham o’z ichiga oladi. Masalan: xonalarni shamollatish, tozalash va boshqalar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling