Dezinfeksiya kameralarining turlari
Mikroblarga ta’sir etuvchi vositalarning xususiyatiga ko’ra dezinfeksiya kameralarining uchta asosiy tipi farqlanadi:
1. Issiq havoli kameralar, bunda 80-105° haroratgacha isitilgan issiq havo ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi.
2. Bug’ kameralari, bularda normal atmosfera bosimidan yuqori 0,5 -1 atm. bosim ostidagi bug’ (bug’ning harorati 110-180°) ta’sir ko’rsatadi.
3. Bug’-formalinli kameralar, bunda normal bosim sharoitida bug’-havo aralashmasi va kamerada formalin bug’lantirilganda yoki changlantirilganda hosil bo’lgan formaldegid bug’larining birgalikdagi ta’siridan foydalaniladi. Vakuum-bug’ formalin kameralarida suv bug’lari va formaldegid ta’sir ko’rsatadi, biroq bunday dezinfeksiya siyrak havo sharoitlarida va 55 - 60°S atrofdagi haroratda boradi (18-jadval).
18-jadval
Kameralarda zararsizlantirish tartibi
Zarasizlantirish turlari
|
Zararsizlantirish uslublari
|
Bug’ kameralari
|
Bug’ formalinli kameralar
|
Harorat °S
|
Ta’sir etish vaqti, minut
|
Harorat
|
Forma
lin
|
Davomiligi. Soat-daqiqa
|
Dezinseksiya
|
80-85
|
5-7
|
57-58
|
-
|
0-30
|
Turli xil mikroblar bilan zararlangan (ifloslangan) kiyim-kechaklarni dezinfeksiya qilish:
|
|
|
|
|
|
Vegetativ turdagi mikroblar
|
80-85
|
12-15
|
57-58
|
80
|
0-45
|
Sporali mikroblar
|
98
|
45
|
57-58
|
250
|
2-45
|
Ko’rsatib o’tilgan tipdaga dezinfeksiya qiluvchi kameralar tuzilishiga ko’ra ko’chmas (turg’un) va ko’chib yuruvchi kameralarga bo’linadi. Ko’chmas kameralar shifoxonalar, dezinfeksiya muassasalari va shunga o’xshash joylarda ishlatiladi. Ko’chib yuruvchi kameralardan infeksiya o’choqlarini dezinfeksiya qilish uchun kameralarni infeksiya o’choqlari joylashgan yerlariga olib kelib foydalaniladi, dala sharoitlarida, ba’zan esa shifoxona, hammom va shunga o’xshash yerlarda ko’chmas kameralar o’rnida ham foydalaniladi. Ko’chib yuruvchi kameralarda dush qurilmalari ham montaj qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |