O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Havo bilan sterilizatsiya qilish usuli


Download 1.27 Mb.
bet52/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Havo bilan sterilizatsiya qilish usuli

Issiq quruq havo bilan sterilizatsiya usuli namlanishi, zanglashi va boshqa sabablarga asosan bug’ bilan sterilizatsiya qilinmaydigan buyumlarga qo’llaniladi. Havo bilan sterilizatsiya bug’ sterilizatorlari qo’llaniladigan muassasalarda o’rnatilgan havo sterilizatorlarida o’tkaziladi. Havo uslubi shishali ashyolar (shpris, idishlar), metall (jarrohlik, ginekologiya va stomatologiya) asboblari, kauchukli va boshqa buyumlarda qo’llaniladi.


Tibbiyot muassasalarida har xil tuzilishli havo sterilizatorlari yumaloq va to’g’ri burchakli hamda sterilizatsiya quritish shkaflari ishlatiladi. Havo bilan sterilizatsiya quruq issiq havoda 180°S haroratda 60 daqiqa, 160°S da esa 2,5 soatda amalga oshiriladi,
Havo yordamida sterilizatsiyalashni tekshirishda bakteriologik usullar qo’llaniladi. Biotestlar sifatida 1-1,5 soat mobaynida 160°S haroratni ko’tara oladigan kartoshka va beda qalamchalari mikrob sporasi yuqtirilgan probirkalar ishlatiladi.
Issiq havoli sterilizatorlarni haroratini nazorat qilish uchun tiomochevina (180 °Sda eriydi), yantar kislotasi (180-192°S), barital (190-191°S), pilokarpin gidroxlorid (200°S) va boshqalar qo’llaniladi.


Sterilizatsiyalashning gazli usuli

Gazli sterilizatsiya yuqori issiqlikka chidamaydigan ob’ektlarga qo’llaniladi. Bular oynali jarrohlik asboblari, kesuvchi va sanchiluvchi asboblar, ketgut, zondlar, plastmassali sintetik kateterlardir. Gazli sterilizatsiyada sporasid ta’sirga ega etilen oksidi, metil bromid va uning aralashmasi, formaldegid va boshqalar qo’llaniladi.




Kimyoviy eritmalar bilan sterilizatsiyalash

Kimyoviy eritmalar asosan issiqlikka chidamsiz asboblarni sterilizatsiyalashda qo’llaniladi. Ularni ko’pincha sun’iy polimer materiallardan jarrohlik asboblari, rezina qo’lqoplarni sterillashda ishlatiladi.


Namli sterillashda turli aralashmalar ishlatiladi. Bular tarkibida xlor, yod, oksidlovchilar, kislota, aldegidlar tutuvchi aralashmalar. Ulardan asosan vodorod peroksidi bilan dezoksondan foydalaniladi. Vodorod peroksidining 6%li eritmasi 18°Sda 6 soat, 60°Sda 3 soat mobaynida saqlanadi. Vodorod peroksidi eritmalari yopiq idishda saqlanib tayyorlanganda 7 kun mobaynida ishlatilishi mumkin. Dezokson eritmasi esa faqat tayyorlangan kuni ishlatiladi. Buyumlarning zararsizlantirilganligini tekshirish uchun ularni Xottingerning qandli 1%li glyukoza, saburo, tioglikon oziq muhitlarida tekshirib ko’riladi. Agar asbob uskunalarning yuzasi katta bo’lsa, ulardan salfetka bilan surtma olinadi. Salfetkaning yuzasi 5x5 sm2 bo’lib izotonik eritma yoki sterillangan suv, 1%li tiosulfat eritmasi bilan namlanadi. Olingan surtmalarda mikroorganizmlar bor yo’qligi tekshiriladi.
STERILIZATSIYANI TASHKILLASHTIRISH. Sterilizatsiyani markazlashgan sterilizatsiya bo’limida (MSB) o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. MSBga ishlatilgan va dastlabki tozalangan asboblar qabul qilinadi, asboblar yuviladi, jamlanadi, sterilizatsiya qilinadi va sterillangan materiallar davolash bo’limlariga qaytariladi. Sifatli sterilizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirish uchun markaziy sterilizatsiya bo’limi xonalarini bir-biridan ajratilgan zararsizlantirilmagan va zararsizlantirilgan zonalarga ajratiladi.
Zararsizlantirilmagan zonada sterillanmagan mato, shpris, kateter, jarrohlik asboblari va h.k. qabul qilish, yuvish va quritish xonalari, buyumlarni saqlash, tozalash anjomlari saqlanadi.
Zararsizlantirilgan zonada sterillangan buyumlar, predmetlar xonasi, taqsimlash, ekspeditsiya xonalari mavjud.
Markaziy sterilizatsiya bo’limlarining buyumlarni ro’yxatga olish daftarida qabul qilinayotgan va berilayotgan buyumlar, asboblar nomi va soni qatiy ro’yxatga olinishi shart. Markaziy sterilizatsiya bo’limining hamma ishlari sterilizatsiya jarayonlarining qat’iy to’g’riligi asosida tashkil qilinadi. MSBda sanitariya va epidemiyaga qarshi tartibga qat’iy rioya qilinishi shart. MSBda ishlovchi xodimlar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib turilishlari lozim. Bundan tashqari ular o’z malakalarini oshirib borishlari kerak.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling