O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Qizamiqning maxsus profilaktikasi


Download 1.27 Mb.
bet117/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Qizamiqning maxsus profilaktikasi

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining San-PiN 0132-02 yilgi hujjati asosida olib boriladi. Unga asosan qizamiq kasalligini 100.000 aholi soniga 1 ta gacha kamaytirish va qizamiq kasalligi bo’yicha o’lim (letal) holatlari bo’lmasligiga erishish masalalari maqsad qilib qo’yilgan. Buning uchun esa quyidagi masalalar yechilishi lozim: ya’ni 1 yoshgacha bo’lgan bolalarni qizamiqqa qarshi emlash (1chi marta emlash) 85-90%ni, 12-23 oygacha bo’lganlarni emlash esa (2chi marta emlash) 95%ni tashkil etishi kerak.


Qizamiqqa qarshi 1 vaksinatsiya tirik vaksina bilan 9 oylikda o’tkaziladi. Revaksinatsiya esa 16 oylikda o’tkaziladi.
Emlashdan vaqtincha ozod qilinadilar:
- tuxum oqsili va neomitsinga kuchli allergiyasi qo’zg’aladigan bemorlar.
- homiladorlar.
- immunosupressiya holatidagi bemorlar.
- qon yoki qon preparatlarini yaqinda qabul qilganlar. Og’ir kasallikka chalinganlar yoki o’rtacha og’irlikdagi kasallik bilan og’riganlarga xastalik o’tib ketmagunga qadar emlash ishlarini o’tkazmaslik lozim. Bunday ehtiyotkorlikning sababi vaksina kiritilganda nojo’ya ta’sir sifatida isitma chiqishi ehtimolligi borligi, buning natijasida esa bemorlarni davolashda turli qiyinchiliklar tug’ilishi mumkinligidir.
Homilador ayollar ham qizamiq vaksinasi bilan emlanmasliklari lozim. Qizamiqqa qarshi monovaksina olgan ayollar 1 oygacha bo’lgan muddatda homiladorlikdan saqlanishlari muhim, kombinirlangan qizamiq-parotit-qizilcha vaksinasini olganlar esa 3 oygacha saqlanishlari lozim.
Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarga vaksinatsiya remissiya davrida, zarur hollarda antigistamin preparatlari yordamida va kunduzgi shifoxona sharoitida qilinadi. Emlashga qarshi ko’rsatmalar yo’qolgandan so’ng bolalar darhol emlanishi kerak.
Tirik qizamiq vaksinasiga bo’lgan ehtiyoj aniqlaniladi va belgilangan tartibda Sog’liqni saqlash vazirligiga buyurtma jo’natiladi.
Qizamiq tirik vaksinasini o’z vaqtida olishni va transportirovkasini, ishlatishga bog’liq holda saqlash sharoitlarini tashkil etish, ushbu sharoitlar bo’lmaganda emlash o’tkazilishini ta’qiqlanadi.
Epidemik avj olishlarni yo’qotish va shoshilinch profilaktika maqsadida uyushgan jamoalarda qizamiq bilan og’rigan - og’rimaganligi yoki emlanganlik haqidagi ma’lumotlari bo’lmagan hollarda barcha muloqotda bo’lganlarga shoshilinch emlash o’tkazilishi lozim.
Shoshilinch profilaktika uchun gammaglobulin faqat muloqotda bo’lganlarga, agarda ularda emlashga tibbiy mone’lik bo’lsa yoki emlash yoshiga etmagan bolalarga ruxsat etiladi.
Emlashga uzoq vaqt tibbiy mone’ligi bo’lgan bolalarni tekshirish uchun gospitalizatsiya qilish va imkoni boricha vaksinatsiya o’tkazish, buning uchun pediatriya kafedralari bazasi bo’lgan ko’p profilli bolalar shifoxonalarida palatalar ajratiladi.
Aholi immuniteti holatini nazorat qilish uchun homilador ayollarga maxsus e’tiborni qaratgan holda qizamiqqa immun qarshiligini bilish uchun kishilarda tanlab tekshirish o’tkaziladi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling