O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Infeksiya manbaiga qaratilgan chora-tadbirlar


Download 1.27 Mb.
bet116/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Infeksiya manbaiga qaratilgan chora-tadbirlar

Infeksiya manbai faqat bemor odam, yashirin davrning oxirgi kunlarida, prodromal davrida va kasallik avj olgan davrda 5-kunigacha toshma toshgunga qadar o’ta yuqumli bo’ladi, tashuvchilik yo’q.



  • bemorni shifoxonaga yotqizish epidemiologik va klinik ko’rsatmalarga asosan o’tkaziladi;

  • epidemiologik ko’rsatmaga quyidagilar kiradi: bemor oilasida emlanmagan va qizamiq bilan og’rimagan bolalar bo’lishi;

  • toshma toshishining 4 kundan keyin ajratish to’xtatiladi, asorat yuzaga kelgan hollarda 10 kundan keyin to’xtatiladi;



Yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-tadbirlar

Qo’zg’atuvchilarni zararsizlantirish maqsadida xona shamollatiladi, namlangan mato bilan tozalash o’tkaziladi. Idishlar, choyshablar, o’yinchoqlar epidemiologik ahamiyatga ega emas.




Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar

Qizamiq bilan og’rimagan va emlanmagan bolalar, bemor bilan muloqotda bo’lgan bo’lsa, 17 kunga ajratiladi. Gammaglobulin olgan bolalar 21 kunga ajratiladi. Agar bemor bilan muloqotda bo’lgan vaqti aniq bo’lsa, bolalar inkubatsion davrning birinchi 7 kunigacha bolalar muassasalariga qatnashi mumkin. Ularni muloqotda bo’lishning 8 kunidan boshlab ajratib qo’yiladi.


Maktabda qizamiq tarqalgan paytda kasallik bilan og’rimagan bolalarni ajratish o’tkazilmaydi. Maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalarida qizamiq tarqalgan holda, muloqotda bo’lgan guruhda qizamiqqa moyil bo’lgan bolalar bo’lsa (qizamiq bilan og’rimagan va emlanmaganlar) 17 kunga, agarda gammaglobulin olgan bo’lishsa 21 kunga ajratib qo’yiladi. Qizamiq bilan og’rimagan va oldin emlanmagan bo’lsa, bemor bilan muloqotda bo’lgan 15 yoshdan katta yoshdagi kishilarga, hech qanday monelik bo’lmagan hollarda shoshilinch tartibda qizamiq vaksinasi bilan emlash o’tkaziladi. Epidemik avj olishlarni yo’qotish va qizamiqning shoshilinch ravishda oldini olish maqsadida uyushgan jamoalarda (maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar va boshqa o’rta o’quv muassasalarida) qizamiq bilan og’riganlik yoki vaksinatsiya o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar bo’lmagan taqdirda hamma muloqotda bo’lganlarga shoshilinch vaksinatsiya o’tkaziladi. Shoshilinch profilaktika uchun gammaglobulin yuborish, emlashga mone’lik bo’lgan hollarda faqat muloqotda bo’lgan shaxslarga yoki emlash yoshiga yetmagan bolalarga ruxsat etiladi (gamma globulinlar dozasi bolaning salomatligiga qarab belgilanadi hamda qizamiqli bolalar bilan muloqotga kirishgan vaqtiga qarab belgilanadi). Bolalar shifoxonalarida muloqotda bo’lganlarga mushak orasiga 1,5-8,0 ml gammaglobulin yuboriladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling