O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot uchun ma’lumot
XUSUSIY EPIDEMIOLOGIYA
MAVZU 11. ICH TERLAMA, PARATIFLAR EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Ich terlama va paratiflarda epidemik jarayon rivojlanish mexanizmlari va namoyon bo’lishini o’rgatish va Shu asosda epidemiologik nazoratni tashkil etish. 2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashgulot 5 soat, mustaqil ish 2 soat. 3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 3.1.Ich terlama va paratiflarda epidemik jarayojni o’rganis(. 3.2. Epidemik jaraxonga ta’sir qiluvchi qO’zg’atuvchining xususiyatlarini va kasallikniyuqtiruvchi omillarni o’rganish. 3.3. InfeksIya tarqalish)da surunkali bakteriya tashuvchilarNing dpidemiologik ahamiyati. 3.4. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali kasalli+ning birdan epidemik avj olish hususiyatlari. 3.4. Kasallikning hudud bo’Yicha, aholining har xil guruhlarida va har xil yoshdagi kishilar orasida tarqalishining o’ziga xos hususiyatlari. 3.5. Ich terlamaga qarshi kurashishning mazmuni va uni tashkil qilish. 4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 4.1. Kasallikning umumiy tavsifi, aholining kasallanish darajasi hamda kasallikning epidemiologik xususiyatlari. 4.2. Epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi. 4.3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi. 4.4. Epidemiologik nazoratni tashkil etish. 5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 5.1. Epidemik jarayon omillarini tahlil qila bilish, uning rivojlanish mexanizmlarini ocha bilish. 5.2. Epidemiologik nazoratni tashkil qila bilish va uni amalda qo’llay olish. 6. Talabalarning mustaqil ishi: 6.1. Ich terlamaning operativ epidemiologik tahlili bilan tanishish. 6.2. Ich terlama kasalligi profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish. 6.3. Buyruqlar, uslubiy qo’llanma va yo’riqnomalar bilan tanishish. 6.4. Masalalarni yechish. Axborot uchun ma’lumot Ich terlama (qorin-tifi) - isitma bilan kechuvchi og’ir kasallik bo’lib, bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, jigarning, taloqning kattalashishi va ingichka ichak limfoapparatlarining faoliyatlari buzilishi bilan xarakterlanadi. Qo’zg’atuvchisi salmonella guruhiga mansub S. Typhi abdominalis. Tashqi muhitda juda chidamli, fizik va kimyoviy ta’sirlarga ham chidamli. 2 ta antigeni, ya’ni somatik 0 antigen va xivchinli N antigenlari bor. O antigenga qo’shimcha antigeni ham mavjud bo’lib, u virulentlik (Vi) antigeni deb ataladi. Xivchinlari bo’lib, ular yordamida harakatlanishadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gramm manfiy, hamma anilin bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi. Tuproqda - 2-3 oy, suvda - 2 haftagacha va undan ortiq, oziq-ovqat mahsulotlarida - bir necha haftagacha, meva va sabzavotlarda - 10 kungacha saqlanishi mumkin. Qorin tifidan o’lganlarda 3-4 haftadan keyin ham bakteriyalar ajralib chiqqanligi kuzatilgan. Dezinfeksiyalovchi vositalar yuqori konsentratsiyada bo’lganda ta’sir qiladi. Respublikamizda oxirgi 20 yilda qorin tifi va paratif kasalliklari kamayganligi kuzatiladi. Qorin tifi bilan kasallanish ko’rsatkichlari 2 martaga kamaygan. Biroq so’nggi vaqtlarda ba’zi viloyatlarda qorin tifi kasalligining o’sayotganligi kuzatilayapti, jumladan o’sish ko’rsatkichlari Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Kasallik qo’zg’atuvchisining manbai - kasal bo’lgan odam (rekonvalessentlar, bakteriya tashuvchilar), paratif V da esa hayvonlar va qushlar ham infeksiya manbai bo’lib xizmat qilishlari mumkin. Bemorlar qo’zg’atuvchilarni butun kasallik davrida ajratadilar, ayniqsa, dastlabki 2-3 haftada ko’p ajraladi, temperatura pasaygach, ya’ni 14 kunlardan keyin bakteriya ajratish to’xtaydi. Rekonvalessensiya davrida ko’pgina odamlar qo’zg’atuvchilardan xalos bo’ladilar, lekin bundan keyin ham ayrim odamlarda kasallik qaytalanishi mumkin, 10-15% rekonvalessentlar o’tkir (3 oygacha), 3-5% kishilar surunkali (3 oydan ko’proq) tashuvchi bo’lib qoladilar. Bundan tashqari tranzitor tashuvchilik ham bor. Bunday tashuvchilik immuniteti mustahkam yoki kasal bo’lib o’tgan odamlarda bo’lishi mumkin. Bunda qo’zg’atuvchi faqatgina najasda aniqlanadi. Safro yoki siydikda bir marta aniqlansa ham unday shaxslar surunkali tashuvchi hisoblanadilar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi paytda ich terlama qo’zg’atuvchilarini surunkali tashuvchi shaxslar epidemik jarayon saqlanib turishida va qo’zg’atuvchining biologik tur sifatida saqlanib turishida katta rol o’ynaydilar. Ich terlama antroponoz kasallik bo’lib, bu kasallikka qarshi chora-tadbirlar Respublika SSVining 1993 yil 23.06 da tasdiqlangan 292-sonli buyrug’i - "O’zbekistonda qorin tifi va paratiflarni yanada kamaytirish chora-tadbirlari" asosida olib boriladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling