O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Operativ epidemiologik tahlil uslubi
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Operativ epidemiologik tahlil uslubi
Kasallikning operativ epidemiologik tahlili 3 ta bo’limni o’z ichiga oladi: a) aholining har xil tabaqalari orasida kasallikning dinamikasini kuzatish; b) epidemiologik sharoitni baholash; v) xavfli omil aniqlanganda ushbu omil haqidagi farazning to’g’riligini tekshirish va asoslash, o’sha davr uchun epidemik jarayonning rivojlanishini aniqlash, aholining kasallanish sabablarini aniqlash. Yuqumli kasalliklar dinamikasini kuzatish darajasi ma’lum kun, hafta, oy uchun, shuningdek, vaqtning o’tgan ma’lum anologik qismida infeksiyaning alohida me’yor darajalarini ro’yxatga olishni o’z ichiga oladi. Bunda boshqa joy, tuman, guruh aholi ko’rsatkichlari hisobga olinadi. O’tgan yillar uchun kasallikning me’yoriy ko’rsatkichi darajasi ma’lum kasallik uchun epizodik avj olish va sabablarini o’z ichiga oladi. Har bir hudud uchun, har bir ijtimoiy yosh guruhlari uchun kundalik me’yoriy daraja hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi x ± t2u bu yerda: x - kasallikning bir kundagi o’rtacha absolyut soni. u - ko’rsatkichlar qatorini o’rtacha kvadratik og’ishi, x ni hisobga olgan holda. t - ishonchlilik darajasi uchun Styudent kriteriysi (95%; 99 va 99,9%). Hamma me’yoriy darajalar har bir alohida hudud (tuman, shahar, bo’lim va boshqalar) va ijtimoiy yosh guruhlar (1 yoshgacha, 1-6 yosh, uyushgan va uyushmagan, 7-14 yosh, 15 yoshdan katta) uchun hisoblanadi Kichik ko’rsatkichlar o’zgarishlari quyidagi formula bilan baholanadi: x ± t2u Katta hududlarda yuqumli kasalliklarni kuzatish kartografik usul yordamida ham amalga oshiriladi. Buning uchun o’sha hududda kasallikning kunlik ma’lumotlari sxematik karta sifatida ro’yxatga olinadi. Kasal bo’lganlar yashash, ishlash va o’qish joyiga qarab, hudud bo’yicha bo’lib kartografiya qilinadi. O’sha kasallik qatorida kartogrammada o’sha joyning epidemiologik xususiyati va uning tavsifi belgilanadi. Ushbu usul ko’plab kasallik uchragan hududlarni va joylarni aniqlashni yengillashtiradi. 1. O’tkir va surunkali epidemiya davom etishiga qarab aniqlanadi. O’tkir epidemiya qisqa vaqtda aholi guruhlari orasida sodir bo’ladi. Kasallik infeksiyaning yashirin davrida ro’yxatga olinadi. Surunkali epidemiya esa aholining ma’lum guruhlarini ko’p marta zararlanishi va uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. 2. Hududiy belgilarga qarab epidemiya: chegaralangan aholi guruhlarini qamrab oluvchi alohida jamoalar, joylar, tumanlar va boshqalarga bo’linadi. 3. Epidemiyaning tasnifi ta’sir etuvchi omilning epidemik jarayonga bog’liqligi, mavsumiy epidemiya rivojlanishini aniqlash yoki epizodik tarqalishga qarab qilinadi. Kasallik soni tarqalish xarakteriga qarab ham baholanadi. Agar kasallik "odatdagi" (normativ) darajadan o’tgan bo’lsa, bu albatta epizodik avj olish yoki ko’tarilish deb baholanadi. Aholi kasallanishining sabablari to’g’risidagi farazni tekshirish va asoslash. Bu savollarga javob berish uchun, kasallanishning dinamikasi o’rganiladi, hududlarda kasallanganlar guruhlarga ajratiladi, bunda yoshiga va kasbiga, boshqa belgilarga e’tibor beriladi. Ba’zan laboratoriya usullari qo’llaniladi (mikrobiologik, immunologik va boshqalar), epidemiyaga qarshi samarali chora-tadbirlar belgilash uchun kasallik yuqish yo’llarining xilma-xilliga, ko’pgina zoonoz infeksiyalar mavjudligi, aholining ko’proq zararlangan guruhlarining yashash sharoitlari ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, epidemiya turini aniqlashda qo’zg’atuvchilarning yakuniy va oraliq yuqish omillari aniqlanadi. Operativ tahlil qilishda epidemiya turini aniqlashga uslubiy yondashish (ichak infeksiyalari misolida): 1. Chegaralangan alohida ob’ektlar (bolalar muassasalarida, ishlab chiqarish korxonalarida) unchalik tarqalmagan (lokal) avj olishlarning sababi o’choqni epidemik tekshirish usullari yordamida aniqlanadi. 2. Hududlarda kasallikning qisqa vaqt ichida ko’tarilish holatida ko’proq kasallikka chalingan aholi guruhlari aniqlanadi. Bemorlarning soni, ularning vaqt bo’yicha bo’linishini hisobga olib va kasallik klinik ko’rinishini tahlil qilib, bemorlarning kasallik qo’zg’atuvchilarini qanday miqdorda (dozada) yuqtirganligi haqida faraz qilinadi. Bemorlarning hudud va joy bo’yicha tarqalishi quyidagilarga qarab belgilanadi: oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotining va sifatining ahvoli, suv, ktahlilatsiya tizimining holati va atrofning tozaligi. Shahar va tuman miqiyosida kasallanishning ko’tarilishi ushbu shahar va tumanning atrofidagi muassasalarda ishlab chiqilgan zararlangan oziq-ovqatni iste’mol qilish natijasida kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, kasallikni birdan epidemik avj olishlari suv orqali ham bo’ladi (shahar vodoprovod stansiyasida avariya holati yoki ularning ishlash me’yorining buzilishi). Chegaralangan epidemik avj olishlar (tuman miqyosida va bir nechta ob’ektlar miqyosida va boshqalar) umumiy ovqatlanish joylarida zararlangan oziq-ovqatni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, uy-joy va sanoat korxonalarida vodoprovod tizimida sanitariya-texnik buzilishlar bo’lsa ham bunday holat kuzatiladi. Bemorlarning ovqatlanish va suvdan foydalanish hususiyati tekshiriladi. Ovqatlanish va suv bilan ta’minlanishi bo’yicha farq qiladigan aholi guruhlari bir-biriga solishtiriladi. Analitik tekshirishdan o’tgan nazariyani yana boshqa usullar bilan tekshirib ko’riladi. Joylarni tekshirishda epidemiologik, mikrobiologik va gigiyenik usullar qo’llaniladi. Kasallanishning o’sishi kuzatilmagan holatda operativ epidemiologik tahlilning vazifasi oxirgi haftalar ichida kasallanish soni o’rtacha miqdordan oshgan tuman va aholi guruhlarini aniqlashdan iborat bo’ladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling