О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Tormozlanish xillari va ular uchun xos belgilarni juftlab yozing: A - shartsiz induksion
tormozlanish; В - himoyalovchi tormozlanish; D - ichki shartli tormozlanish; 1 -
mustahkamlanib turilmasa asta-sekin so‘nadi; 2 - kuchliroq yangi qo‘zg‘atuvchi 
ta’sirida у uzaga chiqadi, 3 - energiya tugaganida nerv hujayrasi charchaydi.
2. Biologik ahamiyatiga ko‘ra reflekslar guruhi va ularning organizm uchun ahamiyatini 
juftlab ko‘rsating: A - ovqatlanish, В - himoyalanish, D - mo‘ljal olish, E - jinsiy; 
1 - organizmni moddalar va energiya bilan ta’minlash, 2 - tanish signallami ajratib 
olish, 3 - nasi qoldirish harakallari, 4 - noqulay sharoitdan saqlanish.
0 ‘ylab javob bering:
1. Tanaffusdan oldin o‘quvchilarning darsga c’tibon kamayib, «jonlanish» boshlanishi 
seziladi. 0 ‘qituvchimng maktab direktorining hozir sinfga kirishi to‘g‘risida xabari 
nlami tinchlantirdi. Buning sababini tushuntirib bering.
2. Nima uchun ovqatlanayotgan bolaning ishtahasi otasining tanbehidan so‘ng bo‘g‘ilib 
qoladi?
3. Shartli reflekslar, agar shartli ta’sirlovchi bolmasa, asta-sekin so‘nadi. Shartsiz ref­
lekslar ham so‘nishi mumkinmi?
143


47-§. Aql-idrok, tafakkur, so‘z va nutq
Aql-idrok va tafakkur. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi va tormozlani- 
shi odam bilan hayvonlarda o'xshash kechadi. Bosh miyaning tuzilishi va hajmi 
jihatidan shimpanze va gorilla odamga birmuncha yaqin turadi. 0 ‘tkazilgan 
tajribalarda shimpanze bir necha yashiklarni ustma-ust taxlab, shiftga osib qo‘yilgan 
bananni olgan, uchta buyumdan boshqa ikkitasiga o‘xshamaganini tanlab olgan 
(73-rasm). Tabiatda gonllalar mayda cho'plarni sindirib olib, tish kovlaganliklari
yoki yassi toshlarni tanlab olib, ularning 
ustida yong‘oq chaqishgani ma’lum. Bu 
kuzatishlar hayvonlar ham turli buyum va 
hodisalar o‘rtasidagi oddiy bogianishni 
tushunishlari, ya’ni ularda sodda aql-idrok 
mavjudligini ko‘rsatadi.
Aql-idrok bosh miya katta yarimsharlari 
po‘stloq qismi faoliyati bilan bog‘liq. Yuk- 
sak sutemizuvchilar va odam bosh miya
To 'siq
IB P
-4
-----
HI 
1,1 '—
i
У
i

©

у

-

------ ---------- 7
73-rasm Shimpanzeda oddiy aql-idrok- 
ni ko‘rsatadigan tajriba: a -  yuqorida 
shimpanze yashiklarni ustma-ust qo‘- 
yib, shiftga osib qo‘yilgan bananlami 
olmoqda; b -  shimpanzening uchta 
predmet orasidan boshqalardan farq 
qiladigan bittasini ajratib olishi.
74-rasm. Jonivorlaming aql-idroki o'rgani- 
ladigan tajriba: yuqorida - kaptar oziqning 
harakat yo'nalishini aniqlay olmasdan, to‘siq 
orqasidagi ovqatni topolmaydi, pastda-tulki 
to'siqni aylanib o'tib, oziqni topib oladi.
144


yarimsharlari po‘stlog‘ida juda ko‘p ilonizi egatcha va pushtachalar rivojlangan. 
Egatcha va pushtalar miya po‘stlog‘i yuzasini kengaytirish vazifasini bajaradi. 
Qushlar va tuban sutemizuvchilarda bunday pushtachalar yo‘q, miya po!stlog‘i 
yuzasi ham uncha katta bolmaydi. Tajribada kaptar shisha to‘siq orqasida 
harakatlanayotgan oziqni ko‘rib turgan bo'lsa ham to‘siqni aylanib o‘tib, oziqni 
yeyishni uddalay olmagan. Tulki esa buni uddasidan chiqqan (74-rasm). Aql-idrok 
narsalar va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish qonuniyatlarini tushunib, ulardan yangi 
sharoitda foydalana olish qobiliyatidan iborat.
Aql-idrok odamda hayvonlarga nisbatan juda yuksak darajada rivojlangan 
bo‘lib, tafakkur shaklida namoyon bo‘ladi. Tafakkur tufayli fikr vujudga keladi. 
Fikrlar inson ongida tushunchalarga aylanadi. Tushunchalar asosida xulosa va 
gipoteza yaratiladi. Tafakkur -  muhit sharoitiga moslanishning eng oliy shakli 
hisoblanadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling