О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Oliy nerv faoliyatiga tegishli tushunchalar va ularga xos belgilarni juftlab yozing: 
A - oliy nerv faoliyati, В - shardi reflekslar, D - shartsiz reflekslar, E - shartsiz 
reflekslarning reflektor yoyi; F - shartsiz reflekslarning hosil bolishi; 1 - katta 
yarimsharlar po‘stlog‘i ishtiroki shart emas, 2 - hamma uchun umumiy, hayot 
davomida o'zgarmaydi, 3 - bosh miya sopi va orqa miya orqali o‘tadi, 4 - hayot 
davomida shakllanadi, har bir organizmda o'ziga xos bo'ladi, 5 - organizm bilan 
tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.
2. Sharfli reflekslar va ular uchun xos belgilarni juftlab ko‘rsating: A - ovqatlanish, В -
himoyalanish, D - chamalash, E - jinsiy reflekslar, 1 - ko‘payish bilan bogliq, 2 -
bola labiga so‘rg‘ich tekkanda paydo boladi, 3 - yo‘talish, aksirish, ko‘zni yumish 
kiradi, 4 - notanish ta’sirlovchi ta’sirida yuzaga chiqadi.
3. Ovqatlanish shartsiz refleksi refleks yoyi yo‘lini tartib bilan ko'rsating: A - solak 
ajratish markazi, uzunchoq miya, В - sezuvchi nervlar, D - solak bezlari, E - ta’m 
bilish retseptorlari, F - harakatlantiruvchi nervlar.
46-§. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi 
va tormozlanishi
Shartli reflekslarning hosil bolishi. I. P. Pavlov shartli reflekslar hosil boli- 
shini itlarda tajriba orqali ko'rsatib bergan. Tajnbada it harakatlanmasligi uchun 
maxsus dastgohga joylashtirilgan (72-rasm). Itga ovqat berilganda unda reflektor 
tarzda solak ajrala boshlagan, ya’ni shartsiz refleks paydo bolgan. Shartli refleks 
hosil qilish uchun itga ovqat berishdan yarim minut oldin elektr chirog‘i yoqib 
qo‘yilgan- Bu ish bir necha marta takrorlangach, chiroq yoqilganida ovqat bolm a- 
sa ham itda solak ajrala boshlagan. Tajribada ovqat berilishi solak ajralishi uchun 
shartsiz ta ’sirlovchi, chiroqning yoqilishi 
solak ajralishi uchun signal, ya’ni shartli 
ta ’sirlovchi boladi.
72-rasm. Itda shartli reflekslar hosil 
qilish: 1 -  qo'ng'iroq, 2 -  ovqat 
soladigan idish., 3 -  solak ajralishini 
ko'rsatadigan asbob.
141


Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida muayyan shartli ta’sirlovchi ta’sirida 
hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo'lishi bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i bilan 
bog‘liq. Har bir organizmning o‘ziga xos bo‘lgan shartli reflekslari muhit sharoiti 
ta’sirida o'zgarib turadi.
Ovqatlanish shartli reflekslari faqat ovqatni ko‘rganda emas, balki ovqat 
to‘g‘risida o‘ylaganda ham hosil bo'ladi. Masalan, limonning ta’mini tatib ko‘rgan 
odamning xayoliga limon kelganida so‘lak ajrala boshlaydi.
Hayot davomida har qanday odamga xos bo‘lgan xatti-harakatlar va ko‘nikma- 
lar, chunonchi, bilim olish, kasb o'rganish, o‘qish, yozish kabi faoliyatlar ham 
shartli reflekslarga misol boladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling