О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
-§. Nerv sistemasi kasalliklari
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya kasalliklari.
44-§. Nerv sistemasi kasalliklari
va ularning oldini olish Orqa miya va uning nervlarining zararlanishi. Gripp va boshqa ayrim yuqumli virus kasalliklari asorati ta’sirida nervlar hamda nerv tugunlari zarar lanishi mumkin. Sezuvchi nerv tolalarining zararlanishi nevralgiya deyiladi. Bun- da kasallangan nerv sohasida kuchli og‘riq seziladi. Masalan, uchlik nerv shamol- laganida yuz, ko‘z va tishlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Harakatlantiruvchi nervlarning shamollashi nevritga olib keladi. Nevrit kasalligida yuz muskullari harakatsiz, shol bo'lib qolishi oqibatida yuzning bir tomoni va og'izning chakkasi tortilib qoladi. Ba’zan umurtqa pog'onasi bel va dumg‘aza qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi sababli radikulit deb ataladigan kasallik shamollash yoki og‘ir yuk ko‘tansh oqibatida kelib chiqadi. Orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarini viruslar zararlashidan poliomiyetit (bolalar falaji) kelib chiqadi. Bu kasallikda muskullar qisqarish xususiyatini qis- man yoki tamoman yo‘qotishi mum km. Buning natijasida kasallangan nerv bosh- qaradigan organ kamharakat yoki harakatlanmaydigan (shol) bo‘lib, osilib qoladi. Bosh miya kasalliklari. Gipertoniya (qon bosimining ko‘tarilishi) va ateroskle- roz (qon tomiri nayining torayib qolishi) kasalliklarida miyada qon aylanishi- ning buzilishi yoki kapillar qon tomirlari yorilib, miyaga qon quyilishi mumkin. Oqibatda miyaga keladigan kislorod va oziq moddalar kamayib, miyaning ishi buziladi. Qo‘l va oyoqni harakatlantiradigan markazlar shikastlanganida organlar harakatlanmasdan, tarashadek qotib qoladi. Ba’zan miya chayqalishi, qattiq qo'rqish, qon ketishi yoki kuchli og'riq ta’sirida odam hushidan ketishi mumkin. Bunday holatda dastlab odamning boshi aylanadi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, rangi oqarib, sovuq ter bosadi, yurak urishi va nafas olishi sekinlashadi. Hushidan ketgan odamning boshini past qilib, orqasi bilan yotqiziladi. Uning ko‘ngli aynisa, yonboshiga yoki qorni bilan yotqiziladi, yoqasi yechilib, yuziga suv purkaladi va novshadil spirti yoki sirka hidlatiladi. Chaqaloq tug'ilayotganida tug‘ilish yo'lida kalla suyagining siqilishi sababli ham bosh miya shikastlanishi mumkin. Chaqaloqning ona qornida rivojlanishi davrida onaning yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi ham nerv sistemasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kalla suyagi va bosh miya yarimsharlarmmg rivojlanmasdan qolishi (mikrosefa- liya) shunday kasallik hisoblanadi. Nerv sistemasi ishimng buzilishida kimyoviy moddalar, hayvonlar zahari, zamburug‘lar, spirtli ichimliklar va narkotik moddalar bilan zaharlanish ham sabab bo‘lishi mumkin. Alkogol va narkotik moddalar nerv hujayralariga oson kirib olish xususiyatiga ega. Bu moddalar uzoq vaqt iste’mol qilinganida tez nobud boladi. Buning natijasida nerv sistemasi bo‘ylab nerv impulslarining uzatilishi izdan chiqadi, miyaga keladigan informatsiyaning saralanishi va qayta ishlanishi buziladi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishning buzilishi odamning tashqi muhit ta’siriga reaksiyasini sekinlashtiradi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling