О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-laboratoriya mashg*uloti


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

4-laboratoriya mashg*uloti
So‘lak va oshqozon shirasining oziq moddalarga ta’sirini o‘rganish.
Kerakli jihozlar va asboblar: shtativ, 4 ta probirka, pipetka; termometr, suyul- 
tirilgan kraxmal kleysteri, 10 ml suyultirilgan so‘lak, xlorid kislotaning 0,1 % li 
eritmasi, yodning kuchsiz suvli eritmasi, suv hammomi, muz solingan idish. 
Ishni bajarish tartibi:
probirkalarga 3 ml dan suyuq kraxmal kleysteri solinadi:
- 1-probirka 37 °C li suv hammomiga joylashtiriladi; qolgan 3 ta probirkaga 3 ml 
dan suyultirilgan so'lak solinadi;
- 2-probirka muz solingan idishga joylashtiriladi;
- 3-probirkaga 2-3 tomchidan xlorid kislota eritmasi tomizilib, suv hammomiga 
qo'yiladi;
- 4-probirka suv hammomiga solinadi. 30 minut o‘tgach, probirkalar olinib, 
ularning har qaysisiga 2-3 tomchidan yod eritmasi tomiziladi;
1-, 2-, 3-probirkalardagi aralashma ko‘k rangga bo‘yalishi qayd etiladi;
- 1-, 2-, 3-probirkalardagi kraxmal yod ta’sirida ko‘k rangga bo'yalganligi tushun- 
tiriladi;
- 1-probirkaga so‘lak solinmaganligi sababli kraxmal parchalanmaganligi izohlab 
beriladi;
- 2-probirka muzli idishda turganligi uchun so‘lak sovuq haroratda kraxmalni 
parchalamagani tushuntiriladi;
- 3-probirkaga xlorid kislota qo‘shilganligi natijasida kislotali muhitda so‘lak 
kraxmalga ta’sir etmasligi sharhlab beriladi;
- 4-probirkada iliq haroratda so‘lak kraxmalni parchalashi tushuntiriladi.
94


VIII 
BOB. MODDALAR 
VA ENERGIYA AL MASHINUYI
30-§. Moddalar va energiya almashinuvining 
ahamiyati
Moddalar almashinuvi. 
Organizm bilan atrof-muhit o‘rtasida to‘xtovsiz 
moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Moddalar almashinuvi — 
tashqi muhitdan suv, turli xil mineral tuzlar va oziq moddalar (oqsillar, karbonsuvlar, 
yog Mar) organizmga o‘tib, almashinuv mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarilib 
turishidan energiya almashinuvi esa hujayrada organik moddalar parchalanib, 
energiya hosil bo'lishidan iborat. Bu energiya organizmning harakatlanishi, o‘sishi 
va rivojlanishi uchun sarf bo‘ladi. Metabolizm deb ataladigan bu jarayonlar tirik 
organizmlarda moddalar va energiyaning o‘zganshi hamda ular bilan atrof-muhit 
o‘rtasida moddalar va energiya almashinuvidan iborat bo‘lib, tiriklikning eng 
muhim xossasi, ya’ni tirik materiyani notirik materiyadan farq qiladigan asosiy 
belgi hisoblanadi.
Moddalarning qonga o‘tishidan boshlab oxirgi parchalanish mahsulotlari hosil 
bo‘lishigacha sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, asosan, hujayra ichida kechadi. 
Moddalar va energiya almashinuvi asosini o‘zaro chambarchas bog‘langan, 
bin ikkinchisisiz sodir bo‘lmaydigan, lekin bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan 
fermentativ jarayonlar tashkil etadi. Bu jarayonlar assimilatsiya—anabolizm va 

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling