О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


- mikroblarni zararsizlantirish, fermentlar ishini faollashtirish, 2


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

1 - mikroblarni zararsizlantirish, fermentlar ishini faollashtirish, 2 - oshqozon 
devorini mexanik ta’sir, fermentlardan himoya, 3 - oqsillar va yog'larni parchalash,
4 - oshqozon shirasi ajratib chiqarish.
2. Ingichka ichak qismlari va ular funksiyasini juftlab ko‘rsating: A - oshqozonosti 
bezi, В - o‘n ikki barmoqli ichak, D - shilliq parda bezlari, E - fermentlar, F -
87


vorsinkalar, G - limfa tugunlari; 1 - devori orqali oziq moddalar qon va limfaga 
so‘riladi, 2 - antitelolar ishlab chiqariladi, 3 - unga oshqozonosti bezi va jigar 
yo'li ochiladi, 4 - shirasi tarkibida fermentlar bor, 5 - oqsil, yog‘, karbonsuvlarni 
parchalaydi, 6 - ichak shirasi ishlab chiqaradi.
Olylab javob bering:
Oshqozon va ichak shirasi tarkibida oqsillami pachalovchi fermentlar bor. 
Bundan tashqaii, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota to‘qimalarni yemirish 
xususiyatiga ega. Agar shunday bo‘lsa:
1. Oshqozon devorini hosil qiluvchi moddalar oqsillardan iborat. U holda nima sababdan 
oshqozon shirasi oshqozonning o‘zini hazm qilmaydi?
2. Oshqozon shirasi tarkibida yog‘larni parchalovchi fermentlar ham bo'ladi. U holda 
nima sababdan yog‘lar asosan ichakda hazm bo‘ladi?
28-§. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi
Oshqozonda ovqat hazm bo‘lishini o‘rganish mctodlari. 
Ovqat hazm qilish 
organlari ishlashini kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababdan uzoq davr davomida hazm 
qilish jarayonlari hayvonlarni yorib ko‘rish orqali o‘rganib kelingan. XIX asr 
o‘rtalarida rus olimi VA. Basov itlar oshqozoniga fistula qo‘yish orqali oshqozon 
shirasi ajratib olish metodini yaratdi. Lekin bu usulda olingan oshqozon shirasi 
ovqat bilan aralash bo'lganligi uning tarkibini batafsil o‘rganishga imkon bermasdi.
Rus olimi I.P. Pavlov ovqat bilan aralashmagan toza oshqozon shirasi olish 
metodini ishlab chiqdi. U yaratgan metod oshqozon shirasi tarkibi va miqdorini 
aniqlash hamda organizmda shira ajralishini boshqarishni oVganishga imkon 
yaratdi. U oshqozonga ovqat tushib, shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni 
kesib fistula qo‘yadi. Oshqozonning kesilgan uchlarini tashqariga chiqarib, teriga 
tikib qo'ydi. Og'izga tushgan ovqat qizilo‘ngach orqali yana tashqariga chiqib 
turgan, toza oshqozon shirasi esa fistula orqali toma boshlagan. Ana shu yo‘l bilan 
I P. Pavlov oshqozon shirasi faqat ovqat yeganda emas, balki ovqatni ko‘rganda, 
hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bog‘liq boshqa sabablar, masalan, chiroq 
yoqilganda ham ajralishini tushuntirib berdi. Shifoxonalarda oshqozon va ichak 
shirasini tekshirish, hazm qilish organlari faoliyalini oVganishda zondktsh, rentge- 
noskopiya, endoskopiya metodlaridan foydalaniladi. Rentgenoskopiya metodidan
88


foydalanilganida bemorga rentgen nurlarini o‘tkazmaydigan moddadan tayyorlan- 
gan bo‘tqa ichiriladi. So‘ngra rentgen ekranida hazm qilish nayi har xil qismlarining 
chegarasi aniqlab olinadi. Hazm qilish organlari endoskopiya orqali tekshiriladigan 
organga maxsus optik asbob - endoskop kiritiladi. Mazkur metod orqali hazm 
qilish organlari va bezlarning sekret chiqarish yo‘lida paydo bo'lgan kasalliklarni 
aniqlab olish mumkin. So‘ngi yillarda ichki organlar va to‘qimalarda paydo bo‘la- 
digan kasalliklarga tashxis qo‘yishda ultratovush, kompyuter tomografiyasidan 
keng miqyosda foydalanilmoqda.
Ovqatlanish gigiyenasi. 
Ishtaha ovqatning xilma-xilligi, ko‘rinishi, hidi va 
ta’miga, ovqat tayyorlanadigan va tortiladigan idishlarnmg ko‘rinishiga ham­
da odamning kayfiyatiga bog‘liq. Dasturxon yaxshi bezatilib, ovqat chiroyli 
idishlarga did bilan suzilganida, ishtaha ovqat yemasdan oldin ochiladi. Har xil 
ziravorlar, tuzlangan va achchiq salatlar hamda sabzavotlar ishtahani qo‘zg‘atadi. 
Ovqatlanayotgan paytda qattiq shovqin, kitob o'qish, ko‘ngilga yoqmagan voqea va 
narsalarni eslash esa ishtahani bo‘g‘adi, ovqat hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi.
Shoshilmasdan, me’yorida ovqatlanish ovqat yaxshi hazm bo‘lishining asosiy 
shartidir. Ko‘p yeyilganida ham ovqat yaxshi aralashmasligi sababli odam bo'kib 
qoladi. Shuning uchun bir kunda 3—4 marta oz-ozdan ovqat yeyish kerak.
Ovqat hazm qilishning nerv orqali boshqarilishi. 
Tilda va og‘izning shilliq 
pardasida ovqatning ta’mini sezadigan retseptorlax joylashgan. Ovqat mazasi 
ta’su-ida hosil bolgan qo‘zg‘alish sezuvchi nervlar orqali bosh miyadagi ovqat hazm 
qilish markaziga uzatiladi. U yerdan qo‘zg‘alish so‘lak va oshqozon devori bezlariga 
kelib, so‘lak va oshqozon shirasi ajralishiga ta’sir etadi. So‘lak va oshqozon shirasi 
odam ovqatni ko‘rganda, uning hidini sezganda, hatto ovqat to‘g‘risida o‘ylaganda 
yoki eshitganda ham ajraladi. I.P. Pavlov odam ovqatni ko'rganda va uning hidini 
sezganda ajraladigan shirani so'lak shirasi deb atagan.
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. 
Gipofiz bezidan ajraladigan 
gormonlarning ba’zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi, qalqonsimon 
bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar ishini susaytiradi. Bundan tashqari, ovqat 
hazm qilish shartli reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslaming markazi 
bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismida joylashgan.
Yuqori haroratning ovqat hazm bo‘lishiga ta’siri. 
Tashqi muhitning issiq 
harorati ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga salbiy ta’sir kocrsatadi. Yoz faslida 
so‘lak bezlari, oshqozon-ichak shilliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlarning
89


ish faoliyati sezilarli pasayadi. Bu bezlardan so‘lak va shira ajralishi ham kamayadi. 
Jigar ham kamroq o‘t suyuqligi ishlab chiqara boshlaydi. Oshqozon va ichak 
muskullarining peristaltik va mayatniksimon harakati sekinlashadi.
Shu sababdan issiq yoz kunlari odamning ishtahasi bo‘g‘iladi: yog‘li, go‘shtli, 
qovurilgan ovqatlarning hazm bo‘lishi og‘irlashadi, qorin dam bo‘ladi. Yoz kunlari 
odam organizmi suv va suyuq ovqatlar, meva va ko‘katlarni ko‘proq talab qiladi. 
Kaloriyaga boy yog‘li ovqatlar kamroq iste’mol qilinganligidan yoz kunlari odam 
tez charchaydi, uning ish qobiliyati pasayadi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring:
1. Hazm qilish organlarini tekshirish metodlari va ularga mos keladigan tushunchalarni 
juftlab yozing: A - zondlash, В - rentgenoskopiya, D 
endoskopiya; 1 - bemorga 
rentgen nurlarini o'tkazmaydigan moddadan tayyorlangan bo‘tqa ichiriladi, 2 -
tekshiriladigan organga maxsus optik asbob - endoskop kiritiladi, 3 - tekshiriladigan 
organga elastik rezina naycha kiritiladi.
2. Og'izga ovqat tushganida nerv impulslari o‘tadigan yo'lni tartib bilan ko‘rsating: A -
harakadantiruvchi nerv, В - uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazi, D - sezuvchi 
nerv, E - so‘lak va oshqozon bezlari, F - ta’m bilish retseptorlari.
3. Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishini tartib bilan ko‘rsating: A - shira 
ajraladi, В - shira ajralishi kuchayadi, D - oshqozonga ovqat tushadi, E - ovqatdagi 
faol moddalar hazm bezlariga ta’sir etadi.
0 ‘ylab javob bering:
«Ishtaha ovqat yeyilayotganda keladi» deyishadi. I.P. Pavlov ovqatni ko‘rganda, uning 
hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bog'liq boshqa hodisalar ta’sirida ajraladigan 
oshqozon shirasini «ishtaha shirasi» deb atagan.
Agar shunday bo'lsa, u hoi da:
1. Qaysi moddalar ta’sirida ovqatlanayotgan kishining ishtahasi ochiladi?
2. Nima sababdan ovqatni oz-ozdan va shoshilmasdan yeyish kerak?
3. Nima sababdan «Qorning to‘ymasidan qo‘lingni tort» deyishadi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling