О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Oshqozon-ichak kasalliklari va ularning oldini olish


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

29-§. Oshqozon-ichak kasalliklari va ularning oldini olish
Oshqozon va ichakning yallig‘lanishi. 
Ovqatlanish tartibining buzilishi, o‘ta 
achchiq, sifatsiz tayyorlangan taomlar, spirtli ichimliklarning muntazara iste’mol 
qilinishi oshqozon shilliq pardasining yalligManishi - gastritga yoki ingichka
90


ichak shilliq pardasining yallig‘lanishi enteritga olib keladi. Bu kasalliklarda qorin 
og'rib, ich ketish yoki qabziyat paydo bo'ladi, ba'zan odamning ko'ngli ay nib, qayt 
qiladi.
Oshqozon va ichakning yuqumli kasalliklari. 
Yuqumli kasalliklar ovqat 
hazm qilish sistemasiga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar ko‘p miqdorda 
tushib qolganida paydo bo‘ladi
Botulizm eskirib qolgan go‘shtli oziq-ovqat iste’mol qilinganida ovqatdan 
zaharlanish oqibatida paydo bo'ladi. Kasallangan odamga bir necha piyola iliq suv 
ichiriladi. So‘ngra tomoqqa chpy qoshiq yoki barmoq tiqib, sun’iy qusdirish orqali 
ovqat oshqozondan chiqarib tashlanadi.
Ichburugvabo, ichterlama, yuqumli gepatit kabi kasalliklar mikroblari asosan 
pashshalar orqali yuqadi, Bu kasalliklar mikroblari ichimlik suvi va ba’zan bemor 
foydalangan narsalax orqali ham yuqishi mumkin. Yuqumli kasalliklarga qarshi 
kurashda antibiotik dori-darmonlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Ovqatdan zaharlanish. 
Eskirgan mahsulotlarning iste’mol qilinishi ovqatdan 
zaharlanishga sabab bo'ladi. Bunday hollarda ovqatni oshqozondan tezroq chiqarib 
tashlash lozim Buning uchun yuqorida kocrsatilganidek, sun’iy qayt qilish (qusish) 
paydo qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirishda gigiyena 
qoidalariga rioya qilinmaganida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar oziq- 
ovqat bilan birga organizmga tushib, qorin terlamasi, vabo, ichburug5 kabi xavfli 
kasalliklar paydo boMishi mumkin. Oshqozon-ichak kasalliklarining tarqalishiga 
quduq, daryo, ariq va boshqa ichish uchun foydalaniladigan suv havzalariga 
oqib tushadigan tashlandiq suvlar sabab bo‘lishi mumkin. Ichak kasalligini qo‘z- 
g'atadigan mikroorganizmlar pashshalar, bemor foydalangan sochi q, idish-tovoqlar 
va buyumlar orqali ham tarqaladi.
Odam organizmi ovqat hazm qilish yo‘llarida kasallik tug‘diruvchi mikro- 
organizmlarga qarshi himoya vositalari mavjud. Shu jumladan, so'lak tarkibi­
dagi lizotsim, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota va jigar ishlab chiqa- 
radigan o‘t suyuqligi ko‘pchilik mikroorganizmlami yo‘q qiladi. Ammo bu mod­
dalar organizmni to‘la-to‘kis himoya qilolmaydi. Kasallik tug‘diruvchi mikroor­
ganizmlar tez ko‘payib ketganida va organizmning himoya vositalariga chidamli 
mikroorganizmlar paydo bo'lganida ularga qarshi kurashish uchun turli xil dori- 
lardan foydalaniladi.
Ichak infeksiyalariga qarshi kurashda antibiotiklardan foydalaniladi. Lekin 
antibiotiklar kasallik tug‘diruvchi bakteriyalar bilan birga foydali bakteriyalar,
91


masalan, ichak tayoqchasi bakteriyasini ham o‘ldiradi. Shu sababdan antibiotik 
dorilardan faqat shifokor nazorati ostida foydalanish zarur. Ichakdagi foydali 
mikroorganizmlax kamayib qolganida ovqat hazm bo‘lishi izdan chiqishi mumkin. 
Sut-qatiq mahsulotlari, sabzavot, meva va yirik tortilgan undan tayyorlangan 
mahsulotlar foydali ichak florasini ko‘paytirib, ovqat hazm bo‘lishini izga 
tushirishga yordam beradi.
Oshqozon va ichakning parazitar kasalliklari. 
Parazit chuvalchanglarning 
tuxumlari va lichinkalari bilan zararlangan mahsulotlarning iste’mol qilinishi, 
gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik kasallanishga olib keladi. Askarida, bolalar 
gijjasi, qoramol tasmasimoni, exinokokk eng keng tarqalgan parazit chuvalchanglar 
hisoblanadi. Parazit chuvalchanglar zararlangan yoki chuvalchanglarning tuxumlari 
bilan ifloslangan sabzavot, mevalar, go‘sht va boshqa mahsulotlar, shuningdek, 
parazitlar tuxumlari bilan ifloslangan qo‘l orqali yuqadi.
Spirtli ichimliklar va chekishning ovqat hazm qilishga ta’siri. Spirt 
oshqozon 
devoridan qonga so‘rilib, oshqozon bezlari faoliyatini tezlashtiradi, shira ajralishini 
kuchaytiradi. Buning natijasida spirtli ichimlik ichgan kishining ishtahasi ochilib, 
ko‘p ovqat yeydi. Lekin keyinchalik bezlar faoliyati pasayib, shira ajralishi kamaya 
boradi. Ichishga ruju qo‘ygan kishining ishtahasi yo'qolib, organizmida ovqatning 
hazm bo'lishi va so'rilishi qiyinlashadi. Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol 
qilish oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi - gastritni paydo qiladi. Alkogol 
ta’sirida jigar hujayralari yallig‘lanib, surunkali jigar kasalligi - gepatit kelib 
chiqadi. Gepatit alkogol ta’sirida jigar sirrozi (jigar hujayralarining yemirilishi)ga 
olib keladi (57-rasm). Bundan tashqari, spirtli ichimliklar fermentativ sistema ishini 
buzib, organizmda vitamin taqchilligiga sabab bo‘lishi, oshqozonosti bezining 
yallig‘lanishi {рапкгеаЩт keltirib chiqarishi mumkin.
Ovqat hazm qilish sistemasiga tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va benzol kabi 
zaharli moddalar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar oshqozon shilliq qavatini 
yallig‘lantirib, surunkali gastrit, hatto oshqozon yarasini paydo qiladi. Chekish qon 
tomirlarini toraytinb, shira ajralishini buzadi. Tamaki tutuni og‘iz bo‘shlig‘idagi 
retseptorlaming sezuvchanligini pasaytiradi. Shu sababdan chekuvchilarning ta’m 
bilish qobiliyati va ishtahasi pasayadi.
Nos chekish ovqat hazm qilish sistemasiga yanada kuchliroq ta’sir qiladi. Nos 
tarkibida nikotin va boshqa zaharli moddalar bilan birga ohak va kul ham bo'ladi. 
Bu moddalar so‘lak ta’sirida erib, til ostidan qonga so‘riladi. Nosning bir qismi

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling