О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

8 4 ^


54-rasm. Ovqatning yutilishi 
sxemasi: I -  burun bo‘shlig'i, 
2 -  halqum, 3 -  ovqat luqmasi, 
4 -  hiqildoqusti tog‘ayi, 5 -  qizil 
o‘ngach, 6 - kekirdak.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Ovqat hazm qilish sistemasi bo‘limlarini tartib bilan yozing: A - ingichka ichak, 
В 
- oshqozon, 

- to‘g‘ri ichak, E - og‘iz bo‘shlig‘i, 

- qizilo'ngach, G - yo‘g‘on 
ichak, H - halqum.
2. Og'iz bo‘shlig‘ida joylashgan tishlar nomi va ular sonini juftlab yozing: A - kurak, 
В - katta oziq, D - kichik oziq, E - qoziq; 1 - 12, 2 - 4, 3 - 8.
3. Tishlaming qismlari va ularga xos belgilarni juftlab yozing: A - ildizi, В - bo'yinchasi, 
D - koronkasi, E - emali, F - pulpasi; 1 - milkdan chiqib turadigan qismi, 2 - ichki 
kovagi, 3 - jag‘ suyagi katakchasiga kirib turadigan qismi, 4 - milk o‘rab turadigan 
qismi, 5 - koronkani qoplab turadi.
0 ‘ylab javob bering:
1. Nima sababdan qotgan non oddiy nonga nisbatan shirinroq bo'ladi?
2. Nima sababdan sumalak pishirishda uiini bug‘doy maysasi shirasi bilan qorilib, 
qaynatiladi?
27-§. O v q a t h a z m q ilis h s is te m a s i o r g a n la r in in g tu z ilis h i 
v a fu n k s iy a s i
Oshqozon. Oshqozon qorin ba‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida 
joylashgan. Uning sig‘im hajmi katta yoshdagi odamlarda 2 litrdan 2,5 litrgacha. 
Oshqozon devorining shilliq pardasida oshqozon shirasi ajratib chiqaradigan 
juda ko‘p mayda bezlar joylashgan (55-rasm). Oshqozonning yuqori — kardial.
85


pastki— pilorik va chap tomonga kengaygan tanasi bor. Oshqozon shirasi tarkibida 
shilimshiq modda, fermentlar va xlorid kislota bo'ladi. Shilimshiq modda osh­
qozon devonni mexanik shikastlanishdan va fermentlar ta’siridan himoya qiladi. 
Fermentlar ovqat tarkibidagi oqsillar va yog‘lami parchalaydi, Xlorid kislota mik- 
roblami zararsizlantiradi va oshqozon shirasi fermentlari ishini faollashtiradi. 
Ovqat 4 -8 soatdan so‘ng ingichka ichakka o'tkaziladi.
Oshqozonosti bezi aralash sekretsiya bezi bo‘lib, uning Langergans orolchasi 
deb ataladigan kichik qismi ichki sekretsiya bezi funksiyasini bajaradi. Qolgan 
qismi esa o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga hazm shirasi ishlab chiqaradi. 
Uning shirasi tarkibida ichakdagi oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarni parchalovchi 
fermentlar bo‘ladi (55-rasm).
Jigar. Jigar qorin bo‘shlig‘i yuqori qismida, o‘ng tomonda, qovurg‘a yoyi ostida 
joylashgan. Jigar hujayralari o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik o‘t pufagida 
to‘plamb, maxsus naycha orqali o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga chiqariladi. ‘t 
suyuqligi yog‘larni emulsiyalab, hazm bo‘lishini tezlashtiradi. Bundan tashqari
jigar organizmni turli xil zaharli moddalardan himoya qiladi. Jigar qonni filtrlab, 
oziq moddalar bilan qonga so‘riladigan zaharli moddalardan tozalaydi.
Ingichka ichak. Ingichka ichak odam bo'yidan 3 -4 marta uzun boladi. Uning 
oldingi qismi o ‘n ikki barmoqli ichak deyiladi. ‘n ikki barmoq ichakning uzun- 
ligi 12 ta qo‘l barmoqlari kengligi - 25—30 cm ga yaqin keladi. Uning diametri 
ichakning boshqa qismlariga nisbatan kengroq. ‘n ikki barmoq ichakka osh­
qozonosti bezi va jigaming o‘t yo‘li ochiladi. Ingichka ichakning yo‘g‘on ichakka 
o‘tadigan qismida kalta ко1 richak joylashgan. Uning keyingi qismida ingichka
1

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling