О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- B12 vitamini
- D vitamini.
В vitaminlari guruhi. Bu guruhga Bp B2, B6, B12 kabi bir qancha vitaminlar
kiradi. B: vitamini uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi. Shuning uchun bu vitamin yetishmaganida karbonsuvlar jadal almashinadigan organ va to'qimalar (yurak, nerv sistemasi, muskullar) ishi buziladi. Bj vitamini boshoqli va dukkakli ekinlar donida va tuxum sarig'ida, oz miqdorda ayrim sabzavot va mevalarda, ya’ni ismaloq, sabzi, karam, piyoz va olma mevasida bo'ladi. Ovqatda B] vitamini yetishmaganida beri-beri kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallikda tomir tortishib, ko‘krak qafasi, diafragma va qo‘l-oyoq muskullari shol bo‘lib qoladi. Ilgari bu kasallik Tinch okean orollarida yashovchi, ko‘p guruch iste’mol qiladigan xalqlar orasida keng tarqalgan edi. B12 vitamini biologik o'ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo'lishida ishtirok etadi. Bu vitamin tanqisligi, odatda, oshqozon-ichak kasalliklari ta’sirida umng ichak orqali so'rilishining buzilishi natijasida kelib chiqadi. B12 vitamini, asosan hayvon mahsulotlari bilan organizmga tushadi, bakteriyalar ishtirokida odam ichagida ham oz miqdorda sintezlanadi. Bu vitamindan tibbiyot, chorvachilik va parrandachilikda keng foydalaniladi. B12 vitamini yetishmasa kamqonlik paydo bo'ladi. D vitamini. Bu vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi, umuman suyaklanish jarayonida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmaganida, orga nizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi oqibatida bolalarda raxit kasalligi paydo bo'ladi. Raxit bilan og'rigan bolaning suyaklari to'g'ri shakllanmaydi, oyoqlari qiyshiq o'sadi, qorni kattalashadi. Baliq yog‘i, jigar, sariyog', baliq ikrasi, tuxum D vitaminiga boy bo'ladi. Quyosh nuri ta’sirida odam terisida D vitamini sintezlanadi. Shuning uchun yosh bolalarni ertalab va kechqurunlari ochiq havoda sayr qildirish lozim. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling