О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Ter bezlari va teri hosilalari


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

35-§. Ter bezlari va teri hosilalari
Ter bezlari. Terining derma qavatida ter va yog‘ bezlari joylashgan. Ter 
bezlari ayniqsa kaft, tovon, peshanada ko‘p bo‘ladi, Bezlar nayga o‘xshash bo‘lib, 
derma qavatida joylashgan qismi kalavasimon chigalni hosil qiladi, uchki qismi 
teri yuzasiga ochiladi. Terida 2-2,5 mln. ga yaqin ter bezlari bo‘ladi. Ter tarkibi 
98-99 % suv, qolgan qismi moddalar almashinuvi mahsulotlari - mochevina. siydik 
kislota, natriy xlorid, kaliy va boshqalardan iborat. Ter ajralishi termoregulaisiya 
(tana harorati bir me’yorda saqlanishining boshqarilishi)da katta ahamiyatga ega. 
Ter orqali ko!p miqdorda zararli mahsulotlar (mochevina, siydik kislota) organizm- 
dan chiqib ketadi.
Yog‘ bezlari terining o‘rta qavatida joylashgan, ular faqat qo‘l va oyoq kaftida 
bo‘lmaydi. Bosh, peshana, chakka, ko‘krak va tana orqasida ko‘p bo‘ladi. Bezlar 
sutka davomida 20 g. gacha yog‘simon modda ajratadi. Bezlar alveolalar va kalta 
chiqarish nayidan iborat. Nay soch xaltasiga yoki teri sirtiga ochiladi. Bezlar sekreti 
soch va terini yog‘lab, elastik qiladi, terini shilinishdan saqlaydi. Yog‘ bezlari 
sekreti tarkibida xolesterin efirlari, yog' kislotalar, oqsil, gormonlar va boshqa 
moddalar bo'ladi. Teri sirtida hosil boiadigan yupqa yog‘ parda terini elastik qiladi 
va terini qurib qolishdan saqlaydi. Yog‘ ter tarkibidagi kislota bilan aralashib
teri sirtida kislotali muhit hosil qiladi. Bu muhit teriga tushgan mikroorganizm- 
larni zararsizlantirish xususiyatiga ega. Yog‘ bezlari funksiyasi endokrin sistema 
holatiga bog‘liq. Balog‘atga yetish davnda jinsiy bezlar funksiyasi kuchayishi bilan 
yog‘ bezlari ko‘p sekret ajrata boshlaydi. Yog‘ ko‘p ishlab chiqarilganida bezlarning 
teshikchalari kengayib, teri apelsin po‘chog‘iga o'xshab yaltirab turadi. Bunda 
teriga oq yoki qora husnbuzarlar toshishi, boshda qasmoq yig'ilishi (seboreya) 
mumkin, Yog‘ moddasi ter tarkibidagi kislota ta’sirida parchalanib, ishqoriy muhit 
hosil qiladi. Bunday holatda yallig'lantiruvchi mikroorganizmlarning ko‘payishi 
uchun sharoit tug‘iladi. Yog‘ bezlari funksiyasi pasayganida teri quruqlashib, 
uning tarangligi yo‘qoladi, terida mayda ajinlar paydo bo‘ladi.
I l l


Teri hosilalari. Teri hosilalari soch va tirnoqlardan iborat. Sochlar, ya’ni tuklar 
qo‘l, oyoq kafti, lablarda bo‘lmaydi, bosh va yuzda qalin o'sadi. Sochning bo‘lishi 
hamda qalinligi jins va yoshga bog'liq ikkilamchi jinsiy belgi hisoblanadi.
Sochning teri sirtiga chiqib turgan qismi soch o ‘qi, terida joylashgan qismi 
ildizi deyiladi. Soch ildizi soch xaltasi ichida joylashgan. Xaltaga sochni ko‘- 
taruvchi muskullar birikkan, unga yog' bezlari nayi ochiladi. Muskullar qisqarib
sochni ko'taradi va yog‘ bezlari sochni yog'lab turadi. Soch ildizi kengayib, soch 
piyozchasini hosil qiladi. Piyozcha hisobidan soch o'sadi. Teri epiteliysida sochga 
rang beruvchi pigment va havo pufakchalari bo‘ladi. Yosh o'tishi bilan pufakchalar 
yiriklashib, pigment sintezi to‘xtaydi, soch oqara boshlaydi. Sochlar 2—3 oydan
2-3 yil davomida almashinib turadi.
Tim oqlar barmoq uchki qismini himoya qilib turadigan muguz plastinka 
bo'lib, ildiz va tanadan iborat. Ildiz hujayralari hisobidan tirnoq har kuni 0,1- 0,2 
cm o'sadi. Tirnoq biroz bo'rtib chiqqan, silliq, tiniq va rangsiz bo'ladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling