О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi va energetik qiymati
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Turli yoshdagi odamlar sutkalik ovqat ratsionidagi oziq moddalarning miqdori Odam yoshi Oziq moddalar miqdori, g
- IX BOB. TERI VA SIYDIK AYIRISH SISTEMASI 34-§. Terining tuzilishi va funksiyasi Terming ahamiyati.
- Terining tuzilishi.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi va energetik qiymati
Oziq mahsulotlari 100 g mahsulotda Mahsulotning energetik qiymati (kkal) Oqsillar Yog‘lar Uglevodlar Mol go'shti 20, 2 7,0 - 187 Tovuq go‘shti 17,2 12,3 - 185 Baliq 16,0 0,7 - 72 Tuxum (1 dona) 12,5 12, 1 0,55 175 Sut 2,8 3,5 4,5 65 107 1-jadvalning davomi Oziq mahsulotlari 100 g mahsulotda Mahsulotning energetik qiymati (kkal) Oqsillar Yog'lar Uglevodlar Tvorog ИД 18,9 2,3 230 PLshloq 22,6 25,7 - 332 Oq non 6,7 0,7 50,3 240 Guruch 6,4 0,9 72,5 332 Makaron 9,3 0,8 70,9 336 No‘xat 19,8 2,2 50,8 310 Shakar - - 95,5 390 Kartoshka 2,4 0,22 19,5 62,5 Pomidor 0,5 - 4,0 18 Bodring 0,7 - 2,9 15 Olma 0,3 - 10,8 45 2-jadval Turli yoshdagi odamlar sutkalik ovqat ratsionidagi oziq moddalarning miqdori Odam yoshi Oziq moddalar miqdori, g Oziq moddalardagi energiya, kkal Oqsil Yog‘ Uglevod 5-7 65-75 75-80 250-300 1800-2300 8-11 75-90 80-90 350-400 2400-2800 12-14 90-100 90-100 400-450 2800-3200 16-18 100-120 100-110 400-500 3200-3500 Katta yoshli 100-120 80-110 450-500 3200-3500 1 0 8 ^ IX BOB. TERI VA SIYDIK AYIRISH SISTEMASI 34-§. Terining tuzilishi va funksiyasi Terming ahamiyati. Ten tanani tashqi tomondan qoplab turadi va himoya, termoregulatsiya, nafas olish, ayirish, tuyg‘u funksiyasini bajaradi. Teri orga- nizmni ortiqcha suv yo‘qotishdan va mexanik ta’sirdan saqlaydi, kasallik tug‘di- ruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. Teri bezlari ter va yogc ishlab chiqaradi. Mo'tadil sharoitda ter bezlari orqali bir sutkada 500 ml suv va unda erigan almashinuv mahsulotlari - mineral tuzlar ajraladi. Teri ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitaminini sintezlaydi, organizmda gaz almashinuvida ishtirok etadi. Organizm uchun zarur bo'lgan kislorodning 1 % i teri orqali o‘tadi, moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan karbonat angidridning 2 % i teri orqali chiqib ketadi. Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi 1,5—2 m 2 ga yetadi. Terida bosim, og'riq va haroratga sezgir retseptorlar joylashgan. Terining tuzilishi. Teri tashqi epidermis, o‘rta chin teri (derma) va teriosti yog‘ qavatlaridan iborat (59-rasm). Terining sirtqi qavati tig‘iz joylashgan, epidermis hujayralardan iborat. Hujayralar teriga suv va mikroorganizmlar o‘ti- shiga to'sqinlik qiladi. Bu hujayralar yemirilib, yangilanib turadi va hujayralar teri sirtiga yaqinlashgan sayin muguzlanib boradi. Epidermisning hujayralari 7-11 kunda to‘liq almashadi. 59-rasm. Terining tuzilishi: 1 - soch, 2 - yog‘ bezlari, 3 - muskul tolalari, 4 - ter bezlari, 5 - epidermis, 6 - chin teri, 7 - teri retseptorlari, 8 - teriosti kletchatkasi, 9 - arteriya, 10 - yog* to'qimasi, 11 - vena. 109 Derma - chin teri qavatida qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yog‘ va ter bezlari, soch va tirnoqlarning ildizi joylashgan. Derma ustki so‘rg‘ichli va ostki to'rsimon qavatlardan iborat. Epidermis ostida joylashgan so‘rg‘ichli qavat g‘ovak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qimaning epidermisga botib kirishidan hosil bo‘lgan. So‘rg‘ichlar va ular orasidagi egatchalar barmoq, kaft, tovon va boshqa joylarda har bir odamning o‘ziga xos murakkab chiziqlarni hosil qiladi. Teri relyefidan kriminalistikada odam shaxsini aniqlashda foydalaniladi. So‘rg‘ichli qavatda joylashgan muskul hujayralari soch piyozchasiga tutashgan. Muskullar qisqarganida terida bo'rtiqlar paydo boMadi. To‘rsimon qavatdagi kollagen tolalar to‘r hosil qiladi. Bu qavatda soch ildizlari, ter vayog‘ bezlari joylashgan. To'rsimon qavatning kollagen tolalari yogc to'qimasidan iborat. Yog‘ qavati termoregulatsiyada katta ahamiyatga ega va u organizmning yog‘ deposi ham hisoblanadi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling