О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Siydik ajratish sistemasi organlarini eng uchki qismidan boshlab tartib bilan 
ko'rsatmg: A - buyrak kapsulasi, В - Genie halqasi, D - ikkilamchi naychalar, E -
birlamchi naychalar, F - qovuq, G - siydik chiqarish nayi, H - buyrak jomi, I -
siydik nayi.
2. Buyrak qismlari va ular o'rnini juftlab ko‘rsating: A - po‘stlog‘i, В - mag‘iz qismi, 
D - buyrak jomi, E - darvozasi, F - nefronlari, H - so‘rg‘ichlar, G - buyrak;


1 - buyrakning nervlar, limfa, qon tomirlari o'tadigan chuqurchasi, 2 - qoramtir 
tashqi qavati, 3 - kapsula, kapillarlar chigali, birlamchi va ikkilamchi naychalar
Genie halqasidan iborat, 4 - konussimon oqish piramidalardan iborat, 5 - keng 
ichki bo'shlig'i, 6 - piramidalarning kosachalarga botib kirgan uchki qismi, 7 - bel 
sohasida umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan.
3. Nefronlar qismlari va ularga xos belgilarni juftlab ko'rsating: A - Shumlyanskiy 
kapsulasi, В - Genie halqasi, D - birlamchi naychalar, Б - ikkilamchi naychalar, 
F - Malpigi chigali, H - yig'uvchi naylar; 1 - uning ichida mayda qon tomirlari 
joylashgan, 2 - ikkilamchi naychalardan boshlanib, piramidalar so‘rg‘ichlariga 
ochiladi, 3 - mayda qon tomirlaridan iborat, 4 - buyrak mag‘iz qismida joylashgan,
5 - ularda ortiqcha suv qonga qayta shimilib, haqiqiy siydik hosil bo'ladi, 6 -
birlamchi siydik hosil boladi.
0 ‘ylab javob bering:
70 kg li sog‘lom odamda buyrak tana vaznining necha foizini tashkil qiladi?
38-§. Siydik ajratish organlarining funksiyasi
Buyrakda siydik hosil bo‘lishi. Buyrakda siydik hosil bolishi ikki faza (davr) 
ga bolinadi. Birinchi davr - fillratsiya davri, u birlamchi siydik hosil bo‘lishidan 
iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi 
filtrlanib, nefron bo‘shlig‘iga (kapsulaga) oladi. Bu jarayonning o'tishi kapillardagi 
bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past bolishiga bogliq.
Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat 
oqsil bo‘lmaydi. Chunki u kapillar qon tomirlarining devoridan filtrlanib o‘tmaydi.
Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o‘tadi. Bu kanal- 
chalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, 
suv va mineral tuzlarning ko‘p qismi, ya’ni 98,5-99,0 % vena tomirlariga qayta 
so‘riladi. Bunga reabsorbsiya jarayoni 
deyiladi. Bu siydik hosil bo‘lishining 
ikkinchi davri hisoblanadi.
Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq 
azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, ma’lum miqdorda tuz va suv boladi.
Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida 
bir sutkada o'rtacha 100 litr birlamchi siydik hosil boladi. Uning 98,5-99 litri


kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta so'riladi, qolgan 1—1,5 litri esa 
ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling