О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

X BOB. NERV SISTEMASI
39-§. Nerv sistemasining tuzilishi.
Nerv sistemasining aham iyati. Nerv sistemasi organizmni boshqaradi va 
barcha hujayralar, to‘qimalar va organlar ishini o‘zaro muvofiqlashib ishlashini 
ta’minlaydi. Nerv sistemasining bu xususiyati tufayli organizm bir butun, yaxlit 
sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Nerv sistemasi tashqi va ichki muhit ta’sirlarini 
qabul qiladi va ularga javob beradi. Odamni kasb-hunar oVganishi, ilm olishi, 
fikrlashi, eslab qolishi, quvonchi, qayg‘usi va boshqa ruhiy hissiyotlari, tuyg‘ulari 
ham nerv sistemasi bilan bog'liq.
Nerv to‘qimasi. Nerv to'qimasi nerv hujayralari - neyronlar (63 -rasm) va ularni 
o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya hujayralardan iborat. Neyronlar - nerv 
sistemasining tuzilishi va funksional birligi hisoblanadi.
Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini nerv impulslariga aylantirish, uzatish va 
tahlil qilish xususiyatiga ega. Neyrogliya hujayralar neyronlarga nisbatan 10 baravar 
ko‘p bo‘lib, oziqlanish, tayanch va himoya funksiyasini bajaradi, neyronlarning 
o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Neyronning tanasi, bitta uzun o‘simtasi -
aksom (yun. aksos - o'simta) va shoxlangan kalta o‘simtalari — dendritlari boladi 
(yun. dendron -  daraxt). Dendritlar orqali nerv impulslari nerv hujayrasi tanasiga 
uzatiladi. Har bir nerv hujayrasida bitta akson va bir nechta dendrit bo'ladi. 
Akson bir necha o‘nlab santimetrga yetishi mumkin. Akson orqali nerv impulslari 
organlarga uzatiladi. Markaziy nerv sistemasida neyronlar 
o'zaro tutashuv hosil qiladi. Bunda bir neyronning aksoni 
ikkinchi neyron tanasi yoki dendritlari bilan tutashadi. 
Bunday tutashuv joylari sinaps (yun. sinapto - tutashish) 
deyiladi. Bitta neyron tanasida 1200-1800 ta sinaps 
boHadi. Sinaps ikki qavat membranadan va ular orasidagi 
tirqishdan iborat. Nerv impulslari ta’sirida sinaps teshi- 
giga ozroq suyuqlik - mediator ajralib chiqadi. Mediator 
ta’sirida ikkinchi hujayra tanasida qo‘zg‘alish paydo
63-rasm. Neyronning tuzilishi: 1 - neyron tanasi,
- dendritlar, 3 - miyelin qobiq, 4 - akson, J - akson uchi.


bo‘ladi. Shu tariqa nerv qo‘zg‘alishi bir neyrondan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Akson 
oqish yog‘simon moddadan iborat miyelm qobiq bilan qoplangan. MiyeLinli ana 
shunday o‘siratalar to1 pi ami bosh miya va orqa miyaning oqish moddasini hosil 
qiladi. Neyronlarning kalta o‘simtalarida oqish qobiq bo‘lmasdan, ularning to4 pi ami 
kulrang tusga ega bo‘ladi.
Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra sezuvchi, harakatlantiruvchi va oraliq 
neyronlarga ajratiladi. Sezuvchi neyronlar nerv signallarini sezgi organlaridan 
bosh va orqa miyaga uzatadi. Ularning tanasi nerv gangliylarida (yun. ganglion -  
tugun) joylashadi. Nerv tugunlari markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan 
nerv tanalari to‘plamidan iborat. Harakatlantiruvchi neyronlar nerv impulslarini 
markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi.
Oraliq neyronlar yoki interneyronlar (yun. interior -  ichki) markaziy nerv 
sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. Sinaps- 
lar yordamida qozg'alish oraliq neyron orqali sezuvchi neyrondan harakatlanti­
ruvchi neyronga o4kaziladi. Oraliq neyronlar tanasi 
va o'simtalari markaziy nerv sistemasidan chetga 
chiqmaydi.
Nervlar. Markaziy nerv sistemasi nervlar orqali 
barcha organlar bilan bog‘langan (64-rasm). Nervlar 
neyronlarning umumiy qobiq bilan o‘ralgan uzun 
o‘simtalaridan iborat. Sezuvchi, harakatlantiruvchi 
va aralash nervlar bo‘ladi, Sezuvchi nervlar sezuvchi 
neyronlarning dendritlaridan tashkil topgan. Ular 
orqali nerv impulslari sezgi organlaridan markaziy 
nerv sistemasiga uzatiladi. Harakatlantiruvchi nerv­
lar harakatlantiruvchi neyronlar aksonlaridan iborat.
Ular orqali nerv impulslari markaziy nerv sistema­
sidan muskullarga va ichki organlarga o‘tkaziladi.
Aralash nervlar neyronlarning aksonlari va dendrit-
64-rasm. Nerv sistemasi tuzilishming umumiy sxemasi:
1 -  bosh miya, 2 -  orqa miya, 3 -  periferik nervlar,
4 -  nerv uchlari.
123


65-rasm. Vegetativ (avtonom) nerv sistemasi:
1 -  parasimpatik nervlar, 2 -  simpatik nervlar.
laridan tashkil topgan. Ular orqali nerv 
impulslari bir-biriga qarama-qarshi ikki 
yo‘nalishda, ya’ni markaziy nerv sistemasiga 
va undan organlarga o‘tadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling