О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

0 ‘ylab javob bering:
Nafas olish organlari ishi nafas olish markazi orqali boshqariladi. Lekin odam ixti- 
yoriy tarzda nafas olishni tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki chuqurlashtirishi mum­
kin. Nafas olish organlarining bu xususiyati organizm uchun qanday ahamiyatga 
ega?
40-§. Nerv sistemasining funksiyasi
Nerv sistem asining reflektorlik funksiyasi. Organizmga neyronlar o‘zaro 
tutashib, zanjir hosil qiladi. Tashqi yoki ichki muhit ta’sirida neyronlarda qo‘z- 
g‘alish sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘alish nerv signallari holatida miyaga, miyadan esa 
organlarga uzatiladi. Nerv sistemasining qo‘zg‘alishni o‘tkazish xususiyati qo'z- 
g'aluvchanlik deyiladi. Qo‘zg‘alish sekundiga 4,4 m dan 100 m gacha tezlikda 
o‘tkazilishi mumkin. Qo‘zg£alish ta’sirida organizmda javob reaksiya - refleks 
hosil bo‘ladi.
125


Refleks — tashqi va ichki ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi 
ishtirokidagi javob reaksiyasidan iborat. Organizmning oddiy harakatlardan tortib
eng murakkab jarayonlargacha faoliyati (masalan, fikrlash, nutq, kasb-hunar 
o‘rganish) reflekslar tufayli amalga oshadi.
Refleks yoyi. Refleks hosil bo'lishida nerv qo‘zg‘alishlari o‘tadigan yo'li refleks 
yoyi deyiladi. Refleks yoyi 5 qismdan, ya’ni retseptor, sezuvchi neyron, markaziy 
nerv sistemasining bir qismi, harakatlantiruvchi neyron va ishchi organdan iborat. 
Ko‘pchilik refleks yoylari tarkibiga markaziy nerv sistemasi (orqa va bosh miya)da 
joylashgan qo‘shimcha neyronlar ham kiradi. Refleks yoyi retseptordan boshlanadi. 
Har bir retseptor muayyan ta’sir: issiq, sovuq, hid, yorug'lik, bosim va tovushni 
qabul qilishga ixtisoslashgan. Retseptorlar bu ta’sirlarni nerv impulslari, ya’ni 
nerv signallariga aylantiradi. Nerv impulslari elektr tabiatga ega bo‘lib, sezuvchi 
neyronlar orqali markaziy nerv sistemasiga yoki oraliq neyronlarga uzatiladi. 
Ulardan nerv signallari harakatlantiruvchi nervlar orqali ishchi organlarga uzatiladi.
Reflekslar xilma-xil bo'ladi. Ularning bir qismi juda oddiy (masalan, qo‘l 
kuyganda yoki o‘tkir narsa tekkanida tortib olinishi, achchiq modda ta’sirida 
ko‘zdan yosh chiqishi, nafas yo‘liga biror narsa tushib qo‘lganida aksirish yoki 
yo'talish), boshqalari esa ancha murakkab boladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling