О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Nerv sistemasining bo‘limlari


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Nerv sistemasining bo‘limlari. Nerv 
sistemasi joylashuviga ko‘ra markaziy va 
periferik bo'limlarga ajraladi. M arkaziy 
bo‘lim bosh va orqa miyadan, periferik 
bo‘lim ulardan ketuvchi nervlar va nerv 
tugunlaridan iborat. Nerv sistemasi funk­
siyasiga binoan somatik (yun. soma -  tana) 
va avtonom (yun. avtonomiya -  o'zini bosh- 
qarish), ya’ni vegetativ bo‘limlarga ajra- 
tiladi (65-rasm). Somatik nervlar skelet, 
muskullari, sezgi organlari ishini bosh- 
qaradi. Somatik nerv sistemasi orqali odam 
o‘z organlari faoliyatini boshqarishi, ya’ni 
ularni harakatlantirishi yoki harakatini 
to'xtatishi mumkin.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar faoliyatini boshqaradi. Avtonom nerv 
sistemasi mustaqil bo‘lib, bizning ixtiyorimizga bo‘ysunmaydi. Uning ishi o‘z- 
o‘zidan boshqariladi. Masalan, odam o‘z xohishi bilan ovqat hazm bo‘lishini, 
siydik ajralishini yoki qon aylanishini to‘xtatolmaydi.
Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi. Simpatik 
nervlar orqa miyaning ko‘krak va bel qismidan, parasim patik nervlar bosh 
miyamng quyi qismidan va orqa miyaning dumg‘aza qismidan chiqadi. Simpatik 
va parasimpatik nervlar barcha ichki organlarga boradi. Ular organlarga qarama- 
qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, simpatik nervlar yurak urishini kuchaytiradi, 
qon bosimini oshiradi, ichak muskullari qisqarishini pasaytiradi, nafas olishni 
yengillashtiradi, ter ajralishini kuchaytiradi. Parasimpatik nervlar bu jarayonlarga 
aks ta’sir ko'rsatadi.
124


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra nerv sistemasi bo‘limlari va ularning xususiyatlarini 
juftlab yozing: A - markaziy, В - somatik, D - periferik, E - vegetativ, F - simpatik, 
G - parasimpatik; 1 - ishi o‘z-o‘zidan boshqariladi, simpatik va parasimpatik 
qismlardan iborat, 2 - bosh miya va orqa miyadan iborat, 3 - bosh miya va orqa 
miyadan ketuvchi nervlar va nerv tugunlaridan iborat, 4 - skelet muskullari ishini 
boshqaradi, 5 - orqa miyaning ko'krak, bel qismidan chiqadi, 6 - bosh miya quyi 
qismi va orqa miya dumg‘aza qismidan chiqadi.
2. Nerv sistemasiga tegishli tushunchalami ularning mazmuni bilan birga juftlab 
yozing: A - neyron, В - akson, D - dendrit, E - nerv tug uni, F - nerv, G - neyrogliya 
hujayra, H - retseptor; 1 - neyronning shoxlangan kalta o'simtasi, 2 - nerv to'qimasi 
yo‘ldosh hujayrasi, 3 - neyronning umumiy qobiq bilan o'ralgan uzun o'simtalari,
4 - nerv to‘qimasining asosiy hujayrasi, 5 - markaziy nerv sistemasidan tashqarida 
joylashgan neyronlar tanasi to'plami, 6 - neyronlarning shoxlanmagan o‘simtasi, 7 -
sezuvchi nerv uchi.
3. Nervlarni ularning funksiyasi bilan birga juftlab yozing: A - sezuvchi, В -
harakatlantiruvchi, D - aralash, E - oraliq neyron; 1 - impulslarm ikki yo‘nalishda 
o'tkazadi, 2 - impulslarni sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga uzatadi,
3 - impulslarini sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o'tkazadi, 4 -
impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga uzatadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling