О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Siydik ajratish organlarining kasalliklari


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Siydik ajratish organlarining kasalliklari. Siydik ayirish organlarining yal- 
lig‘lanish, siydik yo‘lida tosh hosil bo‘lish kasalliklari ko‘p uchrab turadi. Yallig‘- 
lanish tomoq, tish, og‘iz bo‘shlig‘i va boshqa organlardagi infeksiya manbai bilan 
bog‘liq bo'lishi, shamollash yoki sovqotish oqibatida yallig‘lanish kuchayishi 
mumkin. Buyrak har xil zaharli moddalarga juda sezgir bo‘ladi.
120


Alkogol, qo‘rg‘oshin, simob, naftalin, benzol, hasharotlar zahari buyrak 
orqali chiqarib yuboriladi. Tibbiyotda ayrim kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan 
sulfanilamidli dorilar va antibiotiklar ham buyrakka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Moddalar almashinuvining buzilishi ham buyrakJar yoki siydik chiqarish yo‘lida 
tosh paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday toshlar siydik yo‘lini to'sib qo'yadi, 
toshlarning qirralari siydik yo‘li shilimshiq pardasiga ta’sir qilib, kuchli og‘riq 
paydo qiladi. Buyrak kasalliklari orasida buyrak yallig‘lanishi (nefrit), qovuq 
yallig'lanishi (sistit), siydik chiqarish yo‘lining yallig'lanishi (uretrit), buyrakda tosh 
hosil bo‘lish kasalligi va prostata bezining yallig‘lanishi (prostatit) ko‘p uchraydi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Ayirish organlari qismlarini tartib bilan yozing: A - buyrak jomi, В - qovuq, D -
kapillarlar chigali, E - birlamchi tartib naychalar, F - ikkilamchi tartib naychalar
G - so'rg'ichlar, H - siydik chiqarish nayi, I - sfinktei, J - Genie halqasi, К -
kosachalar, L - siydik yo'li.
2. Siydik hosil bo‘lishi va chiqarilishi jarayonlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda yozing: 
A - birlamchi siydik hosil bo'ladi, В - 2-tartib naychalarda ortiqcha suv qonga 
reabsorbsiya qilinadi, D - siydik yig'uvchi nay orqali buyrak jomiga to‘kiladi, 
E - nefron kapsuladagi kapillarlar devoridan qon plazmasi filtrlanib, birlamchi 
naychalarga o‘tadi.
3. Buyrak qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - buyrak, В - buyrak jomi
D - qovuq, E - kapillarlar chigali, F - birlamchi naychalar, H - siydik chiqarish 
nayi, G - siydik yo‘li, I - ikkilamchi tartib naychalar; 1 - siydik to'playdi, 2 - undan 
siydik yo‘li boshlanadi, 3 - birlamchi siydik hosil qiladi, 4 - siydikni tashqariga 
chiqaradi, 5 - siydik yig'adi, 6 - haqiqiy siydik hosil qiladi, 7 - siydik hosil qiladi, 
gormonlami sintezlaydi, 8 - qonni filtrlaydi.
0 ‘ylab javob bering:
Buyragida kasallanish alomatlari topilgan odamga nima uchun shifokor og‘rigan 
tishini va anginasini davolatishni maslahat beradi?
121



Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling