orqali amalga oshadi. Qaltirash tana muskullarining sovuq ta’sirida ixtiyorsiz
ritmik qisqarishidan iborat.
Organizmni chiniqtirish. Chmiqtinsh - o‘zgarib turadigan boshqa iqlim
sharoitiga organizmning tez moslashishidan iborat.
Chiniqtirish mashq va orga-
nizmning issiqlik almashinuv mexanizmlarini takomillashtirish orqali amalga
oshiriladi. Organizmni chiniqtirish vositalariga suv,
havo va quyosh muolajalari
kiradi. Muolajalar sekin-asta va har kuni amalga oshiriladi. Chiniqtirish orga
nizmni kasalliklarga chidamli qiladi, sog‘liqni mustahkamlaydi, mehnat qobiliyatini
oshiradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Kuyish darajalari va ularga mos kelgan jarohatlami juftlab yozing: A
birinchi
darajali, В - ikkinchi darajali, D - uchinchi daxajali, 1
- epidermis va terining
chuqur qavatlaii jarohatlanadi, 2 - teri shishib, pufaklar bilan qoplanadi, 3
- tashqi
epidermis jarohatlanadi.
2. Teri kuyishi xillari va ularga mos kelgan tadbirlarni juftlab yozing: A - qaynoq
suyuqlik bilan kuyish, В -
kimyoviy moddalar bilan kuyish, D - kislota bilan
kuyish, E - ustki kiyim yonishi; 1 - kuygan joyni ichimlik
sodasi eritmasi bilan
yuvish, 2 - jarohatlangan joyga sovuq suv quyish, 3 - yerga yotib dumalash,
4 jarohatni 15 minut sovuq suvda yuvish.
0 ‘ylab javob bering:
1. Nima uchun tor poyabzal kiyilganda yozda oyoq qizib ketadi, qishda sovqotadi?
2. Qanday sabablar sochning to'kilishiga olib kelishi mumkin?
3. Nima sababdan sovuq havoda ko‘pincha quloq, burun yoki barmoqlarni sovuq uradi?
Do'stlaringiz bilan baham: