О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Organlar faoliyatining nerv boshqarilishi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Organlar faoliyatining nerv boshqarilishi. Nerv sistemasining funksiyasi 
uning reflektorlik faoliyati bilan bog'liq. Har qanday ta’sirga javob reaksiyasi 
ko‘plab organlar va organlar sistemasining o‘zaro muvofiqlashgan holda reflektor 
o‘zgarishidan iborat. Masalan, qo'lning qizib turgan buyumdan tortib olinishi 
ayrim muskullaming qisqarishi, boshqalarining bo‘shashishi natijasida sodir 
bo'ladi. Bunda yurak muskullarining qisqarishi va nafas olish chastotasi ham 
reflektor tarzda o'zgaradi. Turli organlar va organlar sistemasining reflektorlik 
xususiyati markaziy nerv sistemasida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari 
bilan bog'liq. Neyronlardagi qo‘zg‘alish reflektorlik reaksiylarining paydo bo‘lishi 
va kuchayishidan, tormozlanish esa bu reaksiyalarning pasayishi yoki butunlay 
yo'qolishidan iborat. Tormozlanishning kuchsizlanishi qo‘zg‘alishning kuchayishiga 
sabab bo'ladi. Tormozlanishning butunlay yo‘qolishi esa kuchli qo‘zg‘a1ishga, nerv 
sistemasining toliqishi va kasallanishiga, ba’zan olim ga olib keladi. Shu tariqa 
qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro muvofiqlashib turishi tufayli 
organizmning tashqi va ichki muhit ta’siriga javob reaksiyasi amalga oshadi.
126


Organizmda qo‘zg‘alish va tormozlanish almashinib turadi. Nerv sistemasi 
markazlaridan birida paydo bo'lgan qo‘zg‘alish ikkinchisida tormozlanishni hosil 
qiladi. Tormozlanish qo‘zg‘alishning aksi bo‘lib, uni to‘xtatishi, kuchsizlantirishi 
yoki yuzaga chiqishiga to’sqinlik qiladi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish oVtasidagi 
o'zaro bunday bog‘lanish natijasida organlar va butun organizmning mutanosib 
ishlashi ta’minlanadi. Masalan, harakatlanish bukuvchi va yozuvchi muskullarning 
navbatlashib qisqarishi hamda muskullarning bukish va yozilish markazlarida 
navbat bilan paydo bo'lib turadigan nerv impulslari tufayli amalga oshadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling