О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Ovqatlanish rejimi. Ovqatlanish rejimi bir sutkalik ovqatlanish soni va vaq- 
tini hamda ovqat ratsionini aniqlab berishdan iborat Sutkasiga 4 marta ovqatla­
nish maqsadga muvofiq, chunki shunday qilinganda ovqat hazm qilish siste­
masi bir maromda ishlaydi. 0 ‘rta yoshli aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan 
shug‘ullanadigan kishilar sutkalik ovqat ratsionining 25-30% ini ertalabki 
nonushtada, 35-40% ini tushlikda, 15% ini ikkinchi tushlikda va 20-25% ini 
kechki ovqatlanishda yeydi.
Maktab o'quvchisining ovqatlanish rejimi. 0 ‘sayotgan organizm uchun 
oqsillar juda zarur. Shu sababdan o'quvchi ertalab darsdan oldin go‘shtli, baliqli, 
tvorogli yoki sutli ovqatlar yeyishi lozim. Oqsilga boy ovqat o‘quvchining aqliy va 
jismoniy faoliyatini oshiradi. Soat l l 00 da boiadigan ikkinchi nonushta buterbrod 
yoki bulochka bilan choy yoki kofedan iborat bo'ladi. Tushlik maktab oshxonasi 
yoki uyda soat 15I)0-1600 da qilinadi. Tushlik suyuq ovqat (sho'rva), go'sht yoki 
baliq solingan garnirli quyuq ovqat, kompot, meva yoki meva sharbatlaridan iborat 
boladi. Kechki ovqat uyquga yotishdan 2 soat oldin yeyiladi. Unda o'quvchi sut 
yoki sabzavotli taomlar yeyishi kerak.
Bolalarning to‘g ‘ri ovqatlanmasligi, ular ovqati tarkibida hayvon y o g i, tez 
hazm boiadigan karbonsuvlar (non, shirinliklar)ning ko‘p bolishi, o‘simlik
105


yog‘i, sut, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning yetarli bo‘lmasligi orga­
nizmda yog‘ almashinuvining izdan chiqishiga, yurak va qon tomirlari kasal- 
liklariga olib keladi. 0 ‘sayotgan yosh bolalar organizmiga och yurish katta 
ziyon yetkazadi. Ayniqsa, bolalarni ertalab shoshib ovqatlanishi yoki nonushta 
qilmasdan maktabga borishi, o‘tirmasdan, kitob o‘qib yoki televizor tomosha 
qilib ovqatlanishi mumkin emas.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Moddalar va energiya almashinuvi bosqichlari tartibini aniqlang: A - oraliq va oxirgi 
mahsulotlar hosil bo‘ladi, В - oxirgi mahsulotlar chiqariladi, D - hazm mahsulotlari 
so‘riladi, E - ichakda ovqat hazm bo'ladi, F - organizm uchun zarur bo‘ladigan 
moddalarga aylanadi, G - hazm mahsulotlari hujayralarga yetkaziladi, H - hujayrada 
organik birikmalar parchalanadi.
2. Energiya sarfi bosqichlarini tartib bilan ko‘rsating: A - birikmalar parchalanib, 
kimyoviy energiya elektr energiyasiga aylanadi, В - issiqlik yenergiyasi tana 
haroratini doimiy saqlashga sarflanadi va atrof-muhitga tarqaladi, D - elektr 
energjyasi nerv impulslari holida axborotni nerv markazlariga va muskullarga 
uzatadi, E - energiya kimyoviy bog‘lar holida saqlanadi, F - muskullar qisqarganida 
elektr energiyasi mexanik va issiqlik energiyaga aylanadi.
3. Tushunchalarni ularga mos iboralar bilan birga juftlab yozing: A - ovqatlanish 
meyori, В - ovqatlanish ratsioni, D - ovqatlanish rejimi, E - to‘g‘ri ovqatlanish, 
F - energiyaning saqlanish qonuni, G - semirish; 1 - ovqatlanish meyori, rejimi va 
ratsioniga rioya qilinishi, 2 ovqat tarkibida organizm uchun zarur mahsulotlarning 
bolishi, 3 - bir sutkada yeyiladigan ovqat shu vaqtda sarflanadigan energiya o'mini 
qoplashi, 4 - ovqatlanish me’yori buzilishi bilan bog'liq kasallik, 5 - bir sutkalik 
ovqatlanish soni va vaqtini hamda ovqat ratsionini aniqlab berish, 6 - energiyani 
bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmasligi, faqat shaklan o‘zgarishi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling